Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə43/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
ilovepdf merged (2)

Tayyorgarlik qismi 15-20 daqiqa. Vazifasi - oʻquvchi uyushtirish, dars vazifasini tushuntirish, shugʻullanuvchilar organizmini boʻlajak jismoniy harakatga va mashqlarni bajarishga tayyorlash. Mazmuni-saflanish elementlari, gimnastik qayta saflanishlar, qoʻllar, oyoqlar, gavda bilan qoʻshimcha harakatlar qilib yurish, yugurish, sakrash, umumrivojlantiruvchi va raqs mashqlari hamda oʻyinlardan foydalaniladi.
Asosiy qism - 55-60 daqiqa. Vazifalar - darsning asosiy vazifalarini xal etish- yangi materialni oʻrganish, oʻtilgan materialni bajarishni takomillashtirish maqsadida takrorlash, oʻquvchilar harakat, malaka va koʻnikmalarini egallashlari, ularda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni rivojlantirish koʻzda tutiladi.
Asosiy qismdagi mashqlar tayyorgarlik qismidagi mashqlarning izchil davomi boʻlishi lozim. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu yerda ham oʻrtacha fiziologik samaraga erishish hamda boshqa mashq turlariga tayyorlash uchun qoʻllaniladi. Buyumlar bilan bajariladigan va qad-qomatni shakllantiruvchi mashqlar darsga xususiy vazifani xal etish - bu harakat turlarini oʻrganish uchun kiritiladi.
Oʻquvchilarga har tomonlama ta’sir koʻrsatish va ular tomonidan koʻp miqdordagi harakatlarni egallashlari uchun darsning asosiy qismiga uchtadan toʻrttagacha jismoniy mashq kiritiladi. Oʻquvchilardan harakatchanlikni talab qiluvchi oʻyinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish va oshib oʻtish) oʻtkaziladi.
Mazmuni - muvozanat saqlash mashqlari, toʻplar bilan bajariladigan mashqlar, akrobatik mashqlar, koʻp harakat qilib bajariladigan oʻyinlar va h.k. Darsning asosiy qismiga mazkur bosqich dasturida berilgan har qanday material kiritilishi mumkin.
Organizmni zoʻriqtiradigan mashqlar yengil mashqlardan soʻng oʻtkaziladi.
Bu bilan yuklamani asta-sekin koʻpaytirish qonun-qoidalariga rioya qilinadi.
Yakunlovchi qism - 5-10 daqiqa. Vazifalari - darsning asosiy qismidagi mashgʻulotlarda yuzaga kelgan taranglik va koʻzgalishdan sekin-asta nisbatan xotirjam xolatga oʻtish, darsni yakunlash, uyga vazifa berish, uyushgan xolda yangi faoliyatga oʻtish.
Jismoniy tarbiya darsi asosiy qismining toʻgʻri oʻtkazilishi tufayli oʻquvching barcha a’zolarida biroz qoʻzgʻalish yuzaga keladi, ularning tomir urishi, nafas olishi tezlashadi. Endi oʻquvchi boshqa faoliyat turiga tayyorlash uchun ular organizmini vazmin xolatga keltirish zarur. Mazmuni - saflanish, yurish, ritmik va raqs
mashqlari, nafas olish mashqlari, tinch oʻyinlar, oʻqituvchining yakunlovchi suzi, uyga vazifa.
Dars oʻquvching uyushgan xolda zaldan (maydondan) chiqib ketishlari bilan tugaydi. Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari deganda oʻqituvchi rejasiga muvofiq oʻquvchi mashqlarni bajarish uchun uyushtirish usullari tushuniladi.
Frontal (yoppasiga) shugʻullanish usuli - mashqlarni barcha oʻquvchilar bir vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi koʻproq oʻquvchi qamrab olishda, darsda yuqori zichlikka va katta jismoniy ogʻirlikka erishilishidadir, oʻquvchilar oʻqituvchi farmoyishi yoki jamoasini baravariga bajarsalar, yoppasiga shugʻullanish usuli mashqlarni jamoa xolda bajarishning yaxshi namunasi boʻla oladi.
Mazkur usul oʻquv muassasalarining barcha bosqich oʻquvchilari bilan olib boriladigan ishlarda, ayniqsa, oʻquv materiali bilan tanishtirishda keng qoʻllaniladi.
Oqimli usulda oʻquvchilar bitta mashqni navbat bilan, ketma- ket tuxtovsiz oqim tarzida bajaradilar. Bunday oqimlar sharoitga qarab ikkita, uchta boʻlishi mumkin.
Ikki yoki uch oqimda dars zichligi, binobarin ogʻirligi ham oshadi. Oqim usuli akrobatika mashqlari, uzun argʻamchi bilan bajariladigan mashqlar, skameyka va gimnastika devoriga tirmashishda, uni oshib oʻtishda, muvozanat saqlashda, tayanib sakrash, uzunlikka hamda balandlikka sakrashda qulaydir.
Oqim usulining bir turi shuki, oʻquvchilar bir necha xil mashqni navbat bilan bajaradilar. Masalan, oʻquvchilar dastlab skameykada yuradilar, soʻng yogʻochdan oshibutadilar, undan keyin plankadan sakraydilar. Bu usul oʻqituvchiga oʻquvchilar tomonidan bajarilayotgan barcha mashqlarni kuzatish imkonini bermaydi, shuning uchun u juda zarur boʻlgan joyda turadi.
Oqim usuli koʻproq malaka va koʻnikmalarni takomillashtirish maqsadidagi mashqlarni oʻtishda, shuningdek ogʻirlikni oshirishda qoʻllaniladi.
Guruh usuli shundan iboratki, unda oʻquvchilar guruhlarga boʻlinadilar, har bir guruh oʻqituvchi topshirigʻiga binoan mustaqil shugʻullanadi. Mashq uchun jihoz va inventar yetishmaganda shu usulga murojaat qilinadi. Vaqtdan oqilona
foydalanish maqsadida bir vaqtda ikkita-uchta mashq turi oʻrganiladi. Guruhlar ma’lum bir vaqtdan soʻng joy almashadilar. Har bir guruhga oʻquvching mashgʻulot paytidagi harakatini kuzatib turish uchun boshliq tayinlanadi.
Guruhlarga boʻlinish ikkitagacha, uchtagacha sanash yoki bir qator kolonnadan ikki, uch qator kolonnaga qayta saflanish va har bir qatorni tegishli joyga burib olib borish orqali amalga oshiriladi.
Darsda guruhlar bir-biriga xalaqit bermaydigan tarzda joylashadi.
Guruhli usul barcha oʻquvchilar mustaqil mashgʻulotlarga yetarli darajada tayyor boʻlganlaridan soʻng qoʻllanilishi mumkin.
Individual usul shundan iboratki, bunda har bir oʻquvchi mashq bajaradi, qolganlar esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda qoʻllaniladi. Bu oʻqituvchiga har bir mashq bajarilgandan soʻng yakun chiqarishga, oʻquvchilar e’tiborini mashqni yaxshiroq bajarishga, kamchilik va xatolarga karatishga imkon beradiki, bu ta’lim va tarbiya jixatdan juda muxim.
Aylanib yurib shugʻullanish usuli - darsning ma’lum bir vaqtida oʻquvchilar 4-8 kishilik bir necha guruhga boʻlinib, oʻqituvchi koʻrsatmasiga binoan turli snaryad yoniga yoki mashgʻulot joyiga boradilar va oʻqituvchi signali boʻyicha mashqlarni mustaqil bajara boshlaydilar. Ma’lum bir vaqt oʻtgach (30-40 sek), oʻqituvchi yangi signal beradi va oʻquvchilar boshqa snaryad yoki mashgʻulot urniga uyushgan xolda oʻtadilar. Barcha oʻquvchilar dars rejasida kuzda tutilgan ham mashqlar bilan shugʻullanib boʻlmagunlaricha shu tarzda davom etaveradi.
Oʻquvchilar bir snaryaddan ikkinchisiga oʻtib va barcha mashqlarni bajarib, guyo mashqlar doirasini tugallaganlari uchun bu usul aylanma usul deyiladi. Bu usulnishuning uchun ham trenirovka deb ataydilarki, uning asosiy maqsadga yoʻnalganligi shugʻullanuvchilarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasini oshirish va organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan iboratdir. Bunga mashqlarni muayyan izchillikda, ixtiyoriy yoki berilgan sur’atda, muayyan vaqtda yoki ma’lum miqdorda koʻp martalab takrorlash orqali erishiladi.
Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari qoʻyilgan vazifalar, sharoit, oʻquvchilar soni va ularning tayyorgarligiga bogʻliq. Bundan tashqari turli
usullarning qoʻllanishi oʻquvching darsga boʻlgan qiziqishini va darsning samaradorligini oshiradi. Oʻqituvchi darsga tayyorlanishda jismoniy ogʻirlik bilan bogʻliq masalalarni xal etadi. Jismoniy ogʻirlik deganda butun dars jarayoni va jismoniy mashqlarning shugʻullanuvchilar organizmiga koʻrsatadigan muayyan ta’siri tushuniladi. Jismoniy ogʻirlik ma’lum darajada jismoniy mashqlarning me’yori bilan, ya’ni mashqlar miqdori, ularning takrorlanishi, mashqlarni bajarishga ajratiladigan vaqt, shuningdek, ularni bajarish sharoitlari bilan belgilanadi.
Barcha jismoniy mashqlar shugʻullanuvchilar organizmiga ta’sir koʻrsatadi: ba’zilari koʻproq, ba’zilari ozroq. Koʻp miqdordagi mashqlardan iborat dars ancha ogʻir boʻladi. Shuning uchun darsdagi ogʻirlik har xil boʻladi, oʻqituvchi uni mutanosiblashtirib turishi shart. Oʻquvchilarga tushadigan ogʻirlik oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Bu oʻquvchi toliqtiradi va ularning ish qobiliyatiga yomon ta’sir etadi. Shu Bilan birga mashgʻulot yengil ham boʻlmasligi kerak, chunki unda mashqlarning organizmga ta’siri kamlik qiladi.
Oʻqituvchi har bir darsda oʻquvchilar organizmiga yetarlicha ogʻirlik berishi kerak. Bu ta’limiy vazifalar bilan birga organizmning zarur funksional faoliyatini yaxshilashni ham ta’minlaydi. Buning uchun jismoniy mashqlardan moxirona foydalanish va ularning shugʻullanuvchilar organizmiga qanday ta’sir etishini bilish kerak.
Jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini aniqlaydigan koʻplab usullar mavjud. Ularga qoʻyidagilar kiradi: qon bosimi, tana harorati va pulsni oʻlchash, qon tarkibini tekshirish va boshqalar. Oʻqituvchi koʻrsatilgan usullardan koʻproq pulsni oʻlchashdan foydalanadi.
Yugurish, yurish bilan yugurish, almashlab toʻsiqlarni oshib oʻtish yoki boshqa mashqlar boshlanguncha, oʻquvchining pulsi oʻlchanadi. Soʻng mashqlar oʻtkaziladi, shundan keyin puls qayta oʻlchanadi mashqlargacha va mashqlardan keyingi puls taqqoslanadi. Agar tezlashgan puls 3 daqiqa davomida mashq boshlanishigacha boʻlgan koʻrsatkichga sekinlashmasa, bu noxush signal sifatida qaraladi, ya’ni katta yuklama yoki oʻquvchining yurak-tomir tizimi faoliyatidagi
kamchilikdan darak beradi. Oʻqituvchi har ikkala xolga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.
Oʻquvchilar xolatini koʻrsatuvchi koʻplab tashqi belgilar mavjud: qoʻl va oyokning qaltirashi, yuzning toliqqan koʻrinishi, qad-qomatning boʻshashuvi, faollikning susayishi, yuzning oqarib ketishi, xolsizlik, mashqlarni bajarish sifatining yomonlashuvi, oʻquvching toliqishdan shikoyati va hakozo. Yuqoridagi barcha belgilar xaddan ziyod jismoniy ogʻirlik tushganining koʻrsatkichi hisoblanadi va oʻqituvchidan mashqlar miqdorini va suratini kamaytirishini yoki butunlay toʻxtatishni talab qiladi.
Oʻqituvchi jismoniy ogʻirlikni oldinroq, dars rejasini tuzayotganda belgilaydi, dars jarayonida esa kuzatishlarga muvofiq ba’zi bir tuzatishlar kiritadi. Bunda ogʻirlikni asta-sekin ravishda oshirib borishga intilish lozim. Katta ogʻirlik dars asosiy qismining oʻrtasida berilishi kerak. Oʻquvchilarga tushadigan ogʻirlik xaddan oshib ketmasligi uchun qiyin mashqlarni bir oz osoni bilan, tanish mashqlarni esa notanish mashqlar bilan almashtirib turish kerak.
Ogʻirlikni mutanosiblashtirishni koʻp miqdordagi, turli jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻquvching bir vaqtda shugʻullanishi qiyinlashtiradi. Mashgʻulotni oʻrtacha jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻquvchilarga muljallash kerak.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin