Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə47/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
ilovepdf merged (2)

Gigienik gimnastika


Gigienik gimnastika quyidagi vazifalarni yechishga xizmat qiladi:

  • organizmning asosiy fiziologik (mushak, asab) tizimlarini ishga tayyorlashni tezlashtirish;

  • xizmatchining hissiy tonusini koʻtarish;

  • organizmning mehnat faoliyatiga moslashish fazasi davomiyligini qisqartirish;

  • butun mehnat kuni mobaynida yuqori ish qobiliyatini saqlashga xizmat

qilish.
Gigienik gimnastika ish kunining boshida 4-10 daqiqa davomida oʻtkaziladi.
Uni faqat birinchi smenadagina emas, balki ikkinchi smenada ham oʻtkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, kechki smenadagi kirishish gimnastikasi organizmning mehnat jarayonida asosiy yuklama tushadigan organlari va tizimlari faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan boʻlishini inobatga olish kerak.
Gigienik gimnastikada mehnat jarayonida bajariladigan harakatlar xususiyatiga mos jismoniy mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuning uchun mashqlarni tanlashda mehnat jarayoni harakatlarini yaxshi oʻrganish va jismoniy tarbiya mashqlari majmuasiga shunday mashqlarni kiritish kerakki, ular organizmning aniq mehnat turi jarayonida yetakchi rol oʻynaydigan fiziologik funksiyalarini tezlashtirishga yordam bersin.
Xususan, boshlangʻich gimnastikada harakat sur’ati oʻsib boruvchi mashqlardan foydalanish lozim. Shu bilan birga, harakatlarning ishchi sur’atini tez oʻzlashtirish uchun oddiydan ancha yuqori sur’atni rivojlantirish tavsiya etiladi.
Mehnat xususiyati va shart-sharoitlariga bogʻliq holda gigienik gimnastika jismoniy mashqlari majmuasining quyidagi uchta varianti oʻzaro farqlanadi: chigal yozish mashqlari, profilaktik faol dam olish va yaxlit ta’sirli mashqlar majmuasi.
Chigal yozish mashqlari variantidan ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan ishchilar uchun majmualar tuzishda foydalaniladi. Ularga mehnat jarayonida asosiy yuklama tushadigan mushak guruhlarini ketma-ket jadal faoliyatga jalb qiladigan, koordinatsiyasi boʻyicha oddiy dinamik mashqlar kiritiladi. Mashqlarni bajarish sur’ati – oʻrtacha yoki tezkor. Mashqlar majmuasida yuklama asta-sekinlik bilan ortib boradi va majmua oxirida minimumga tushadi.
Profilaktik dam olish varianti harakatlanish stereotipi aniq qayd etilgan (masalan dastgohda ishlovchi) ishchilar uchun gigienik gimnastika majmuasi asosini tashkil etadi. Mehnat operatsiyalarida bevosita ishtirok etuvchi mushak guruhlari faoliyatini jalb etadigan dinamik mashqlardan foydalaniladi. Majmuaning oʻrtasigacha jismoniy yuklama tobora orttirilib, keyin asta-sekinlik bilan pasaytirib boriladi. Harakatlanish sur’ati – oʻrtadan yuqori. Toʻgʻri nafas olishga, mushaklarning choʻzilishiga va harakatchanligining ortishiga e’tibor qaratish kerak.
Yaxlit ta’sir koʻrsatuvchi variant mehnat faoliyati uzoq muddat kuchli diqqat-e’tiborni talab etadigan (aqliy mehnat xizmatchilari, transport haydovchilari, konveyer xizmatchilari va b.) xizmatchilar uchun moʻljallangan. Mashqlar, asosan, boʻlajak ishlab chiqarish faoliyatida bevosita band boʻlmagan mushak guruhlariga, organizmning tizim va organlariga ta’sir etadi. Bunday mashqlar murakkab koordinatsiyali boʻladi, chunki qoʻllar, gavda, oyoqlarning qoʻshimcha harakatlarini oʻz ichiga oladi va diqqat-e’tiborning jamlanishini talab qiladi. Sur’at – oldingi ishdagi singari. Mehnati aniq harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar uchun (masalan, mayda mexanizmlarni yigʻuvchi yoki transport haydovchilari) maksimal jismoniy yuklama birinchi mashqlarga toʻgʻri keladi. Qolgan kontingent uchun katta yuklama majmuaning 4-6-mashqlariga toʻgʻri keladi.
Gigienik gimnastika majmualarida quyidagi jismoniy mashq guruhlari qoʻllanadi: kerishish (choʻzilish), yon tomonga egilishlar, oʻtirib turishlar, hamla qilish, sakrashlar, sport yurishi, yugurish, oldinga egilish, boʻshashish elementlari ishtirok etgan siltanish harakatlari, orqaga egilishlar, qoʻl va yelka kamari
mushaklarini boʻshashtirish, koordinatsiyaga, aniqlikka va diqqat-e’tiborga yoʻnaltirilgan mashqlar.
Turli kasb egalari uchun boshlangʻich gimnastika majmualarini tuzishda mehnat faoliyatining quyidagi xususiyatlarini inobatga olish tavsiya etiladi:

    1. ishlash (oʻtirib, turib) holatini, gavda vaziyatini (egilgan yoki toʻgʻri, erkin yoki kuchlanishli);

    2. ish harakatlari (tezkor yoki sekin, kuchlanishli yoki kuchlanishsiz, katta yoki kichik amplitudali, simmetrik yoki asimmetrik, bir xil yoki turli xildagi harakatlar va b.);

    3. mehnat faolligi xususiyati (harakatlar aniqligi, harakatlarning takrorlanuvchanligi, reaksiya tezligi, diqqat-e’tiborning kuchliligi va konsentratsiyasi, sezish organlariga yuklama, mehnatning bir maromliligi va b.);

    4. subyektiv koʻrsatkichlar boʻyicha charchashning darajasi va xususiyati (diqqat-e’tiborning tarqoqligi, mushaklarda ogʻriq sezish, bosh ogʻrishi, asabiylashish va boshqalar);

    5. jismoniy mashqlar bilan shugʻullanuvchilar orasida salomatligida ogʻishi boʻlgan shaxslar mavjudligi (ular uchun xususiy mashqlar tanlash maqsadga muvofiq);

    6. sanitariya-gigienik omillar (yoritilganlik, shovqin, keragidan ortiq gaz mavjudligi).

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin