Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi va uni t1
Yevro kursi
Yevroning so‘mga nisbatan rasmiy kurslari hafta davomida faqatgina 21−22 aprel kunlari ko‘tarildi.18 aprel uchun yevro kursi 135,46 so‘mga pasayib, 12 219,19 so‘m deb baholandi. Hafta davomida ushbu valyuta kursi 53,13 so‘mga qadrsizlandi.21 aprelda Markaziy bank asosiy stavkani (hozirda 17%) o‘zgartirmaslikka qaror qildi, chunki asosiy savdo-hamkor davlatlarda iqtisodiy vaziyat shu jumladan, valyuta kurslarining ma’lum darajada muvozanatlashuvi kuzatilayotganiga qaramasdan, barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rta muddatli istiqbolda noaniqlik va xatarlar darajasi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.
Ekspertning fikricha, mamlakatda narxlarning barqarorligini ta’minlash umumiy makroiqtisodiy barqarorlik va aholini ijtimoiy himoya qilish nuqtai nazaridan muhim bo‘lib, iqtisodchilarning 15-16 foiz atrofidagi inflyasiya darajasi O‘zbekiston uchun dahshatli emas, degan dalillari nihoyatda ajablanarli.
– Har bir mamlakatda narxlarning bir me’yorda saqlanishi barqaror iqtisodiyotning muhim omili hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi inflyasiya oqibatlari, inflyasion targetlash, uning o‘ziga xos xususiyatlari va O‘zbekistonda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini tushuntirishdan iborat.
Xalqaro ekspertlar va hamjamiyat tomonidan tavsiya etilganidek, rivojlangan mamlakatlar uchun 2-3 foizdan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 3-5 foizdan o‘rtacha inflyasiya darajasi makroiqtisodiy barqarorlikka katta xavf tug‘dirmaydi. Biroq, inflyasiya darajasining bundan yuqoriligi jiddiy iqtisodiy ta’sirga ega.Inflyasiyadan kelib chiqadigan to‘rtta asosiy o‘zaro bog‘liq muammolarni keltirib o‘tamiz:
Birinchi muammo - valyutani sotib olish qobiliyatining pasayishi. Binobarin, bunday "inflyasion soliq" aholini ushbu pul birligida aktivlarni saqlashdan voz kechishga majbur qiladi va ushbu tendensiya uzoq muddatli istiqbolda salbiy oqibatlarga olib keladi.
Ikkinchi muammo - aholi va biznesning "inflyasion ajablanishi" bo‘lib, ma’lum bir tomonlarning sotib olish qobiliyatidagi kutilmagan farq kelib chiqishiga olib keladi. Bunday "ajablanish"ning oqibatlari ikki xil bo‘lishi mumkin: qarzdorlar uchun yaxshi, kreditorlar uchun esa aksincha.
Uchinchi muammo - inflyasiyaning tez-tez o‘zgarib turishi iqtisodiy agentlar (biznes, aholi va boshqalar) o‘rtasida o‘ziga xos "noaniqlik" yaratishi mumkin. Bu o‘z o‘rnida, tomonlarning iqtisodiy rejalashtirishni murakkablashtirishi va kelajakda spekulyativ muhit yaratishi mumkin. Binobarin, bunday xaotik (tartibsiz) iqtisodiy xatti-harakatlar har ikki tomonga zarar yetkazadi.
To‘rtinchi muammo - inflyasiyaning notekis kelib chiqishi bilan bog‘liq. Umuman olganda, inflyasiya - bu narxlar oshishining o‘rtacha ko‘rsatkichi. Ya’ni, individual narxlar har xil darajada ko‘tarilishi mumkin.
Bu o‘z o‘rnida, ikkita muammoni keltirib chiqaradi:
1) narxlar o‘zgarishining bunday shakllanishi tovar va xizmatlarning nisbiy kamligini yetarli darajada aks ettirmasligi va shu bilan sotuvchilar va xaridorlarga noto‘g‘ri signallarni berishi mumkin;
2) narxlar o‘zgarishining bunday shakllanishi inflyasiyani bashorat qilishni va iqtisodiy agentlar orasida iqtisodiy rejalashtirishni qiyinlashtiradi.
Inflyasiyaning past darajasi ish bilan ta’minlashni hamda ishlab chiqarish quvvatini oshirishga va natijada yuqori o‘sishga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, inflyasiyaning iqtisodiy o‘sishga ta’sir qilishi korxonalardagi kapital mahsulotlarning real narxini oshishi bilan va buning natijasida investitsiyalarning kamayishi bilan bog‘liq. Korxonalar “real balansining” qisqarishi yangi kapital tovarlar sotib olishning xarajatlarini oshiradi.Bu yerda inflyasiya, investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligini aniq tushunish juda zarur. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sish, investitsiyalarning oshishi va inflyasiyaning yuqori darajada bo‘lishining imkoni ham nazariy jihatdan, ham amaliy jihatdan mavjud emas.
Xulosa Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar.
Xalqaro valuta-kredit munosabatlari – bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi
va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’plab omillar ta’sirida xalqaro valutakredit munosabatlarimurakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’zining o’ta
beqarorligi bilan ahamiyatlidir.Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar vasubsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.)xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kreditmunosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaroto’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta – bumamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliybozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi.
Xalqaro valuta munosabatlari – valutaning jahon xo’jaligida amal qilishi
borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyati natijalarining o’zaro
almashuviga xizmat ko’rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitaliing xalqaro miqyosida harakati bo’lib, bu
harakat tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlik, muddatlilik va xaq to’lashlik asosida berish bilan bog’liqdir.Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati, iqtisodiy rivojlanish darajalari,moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish sifatlari va hajmining o’sishi, ishlab chiqarish infratuzilmasining tarakqiyoti ko’p jihatdan xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bog’liq.Shunigndek, xalqaro valuta-kredit munosabatlari jamiyatda moddiy vanomoddiy ishlab chiqarish sohalariga maqsadli va asoslangan investitsiyalar jalbetishni o’zida aks ettiradi. U yoki bu davlatning zamonaviy xalqaro valuta-kreditmunosabatlari iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, qishloq xo’jaligini ko’tarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholini ish bilan ta'minlash, fan va texnikani rivojlantirish va shuningdek, ekologik muammolarni hal etish bilan ajralib turadi.
O’zbekistonda islohotlarning hozirgi bosqichida Xalqaro valuta-kredit
munosabatlarining bosh maqsadi – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni,
modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun korxonalar
va kompaniyalarning investitsion faolligini yanada kuchaytirish, iqtisodiytoni
raqobatbardoshligini ta’minlash, markazlashmagan investitsiyalarni ko’paytirish,
iqtisodiyotga ko’proq investitsiyalarni jalb qilishdir.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, xalqaro valuta-kredit munosabatlarida
strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan
mamlakatlarga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan
mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va
xorijiy investorlarni birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas,
balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. Qolaversa, ular eng avvalo mintaqalarning emas, balki mamlakatning xatarlilik darajasini hisobga oladi.