Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Soliq-budjet siyosatining barqarorligi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

8.9. Soliq-budjet siyosatining barqarorligi.
Daromadlar va xarajatlar tahlili
Oxirgi yillarda iqtisodchi-olimlar orasida soliq-budjet siyosatining 
barqarorligi masalasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qanday holatlarda 
soliq-budjet siyosatini nobarqaror deb hisoblash mumkin? Siyosiy qaror 
qabul qiladigan shaxslar ma’lumoti uchun qanday operatsion indikatorlar 
ishlab chiqish lozim? Hozirgi paytgacha soliq-budjet siyosatining 
barqarorligiga yagona ta’rif ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik 
mutaxassislar tomonidan joriy va kelgusi budjetlar kamomadi YaIMga 
nisbatan tez sur’atlarda oshib borsa, olib borilayotgan soliq-budjet 
siyosati barqaror emas, deb qabul qilingan. Shunday qilib, 
barqarorlikning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qarzning YaIMga 
nisbati va uning o‘sish sur’atlaridir.
Barqarorlik ko‘rsatkichlari. 
Quyida keltirilgan soliq-budjet 
siyosatining barqarorlik indikatorlari to‘lovga qobiliyatlikni ta’minlash 
uchun qarzning YaIMga nisbatini qanday darajada o‘zgarishi lozimligini 
belgilashga xizmat qiladi. Bunda emission daromadning doimiy darajasi 
o‘zgarmas deb qabul qilinadi: 

kapitalning sof ijobiy qiymati


asosiy uzilish


o‘rta muddat bashoratlaridagi soliq bo‘yicha uzilish
.
Daromadlar tahlili. 
Daromadlar va tushumlarning dinamikasiga 
baho berishda asosiy e’tibor daromadlarning YaIMga nisbati va bu 
ko‘rsatkichni iqtisodiyoti o‘xshash bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan 
taqqoslashga qaratiladi.
Soliq tizimini baholash. 
Mutaxassislar har bir mamlakatning soliq 
tizimiga baho berishda uning qo‘yilgan vazifalarga qanchalik javob 
berishi va tizimni islohot qilish imkoniyatlarini hisobga olishilari kerak. 
Soliqqa tortish tizimining asosiy vazifasi daromadlarni to‘plash bo‘lishiga 


81 
qaramasdan, u ko‘pincha boshqa maqsadlarda, masalan, bozor 
xo‘jaligining kamchiliklarini tuzatish va daromadlarni qayta taqsimlashga 
ko‘maklashish maqsadlarida ham foydalaniladi. Yuqoridagi maqsadlarni 
hisobga olgan holda soliq tizimining samaradorligiga baho berish uchun 
bir nechta me’yorlar ishlab chiqilgan. Mamlakatning soliq tizimini tahlil 
qilishda 
Tanzi diagnostik testidan
foydalanish mumkin.
Daromadlar tushumining samaradorligiga baho berish uchun Vito 
Tanzi 8 ta miqdoriy diagnostik testdan foydalanishni taklif qilgan: 
1. 
Konsentratsiya indeksi. 
Yalpi daromadlarning katta qismi nisbatan 
kam soliqlar soni va soliq stavkalari hisobiga tushadimi? 
2. 
Dispersiya indeksi. 
Faqat noqulaylik tug‘diradigan kam miqdorda 
tushumli soliqlar soni ozmi (yoki umuman yo‘qmi)? 
3. 
Eroziya indeksi. 
Haqiqiy soliqqa tortish bazasi potensial baza bilan 
maksimal tarzda mos keladimi? 
4. 
Yig‘imlarni kechikish indeksi. 
Soliq to‘lovchilar soliqlarni aytarlik 
kechikmasdan va qanchalik o‘z vaqtida to‘laydilar? 
5. 
Muayyanlik indeksi. 
Soliq tizimi muayyan stavkali kam sonli soliq 
turlariga asoslanganmi? 
6. 
Obyektivlik indeksi. 
Ko‘pchilik soliqlar obyektiv o‘lchash mumkin 
bo‘lgan soliqqa tortish bazasidan olinadimi? 
7. 
Soliqlar yig‘ishni ta’minlash indeksi. 
Soliqlar samarali yig‘imi 
to‘laligicha ta’minlanadimi? 
8. 
Soliqlar yig‘ishdagi xarajatlar indeksi. 
Soliqlar yig‘ishda budjet 
xarajatlari minimumga keltirilganmi? 
Yuqoridagi savollarning barchasiga ”ha” javobi berilsa, Tanzi testiga 
ko‘ra, soliq tizimi tushumlarning samaradorligi nuqtai nazaridan eng 
yuqori bahoga sazovor bo‘ladi.
Xarajatlar tahlili. 
Davlat xarajatlari davlat idoralarining faoliyatini 
moliyalashtirishga ketgan xarajatlari bo‘lib, unga davlat idoralari 
tomonidan tovar bilan ta’minlash va xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish 
va transfertlar kiradi. Davlat tovar va xizmatlarni ikki ko‘rinishda taqdim 
qiladi: bevosita aholi individual yoki kollektiv tarzda iste’mol qiladigan 
(masalan, jamoat transporti va milliy parklar) tovar va xizmatlar; ishlab 


82 
chiqarish omillaridan yanada samarali foydalanishga xizmat qiladigan 
tovar va xizmatlar (masalan, sanoat va port inshoatlari).
Ko‘pchilik xarajat turlari, masalan, infratuzlmaga xarajatlar va 
yo‘llar ikkala kategoriyani qamrab oladi. Pensiya va ishsizlik nafaqasi 
kabi ba’zi xarajatlar bevosita uy xo‘jaligi va tijorat korxonalariga 
transfertlar ko‘rinishida taqdim qilinadi.
Davlat xarajatlarining darajasi va tarkibiga baho berishda tahliliy 
yondashish talab qilinadi. Bunday tizimli yondashish beshta elementdan 
iboratdir: 
makroiqtisodiy yondashishiga mos keladigan yalpi xarajatlar darajasi 
va budjet balansi; 
ba’zi tovar va xizmatlarni taqdim qilishda xususiy sektordan oqilona 
foydalanish (davlat tomonidan moliyalashtirish zarur bo‘lgan hollarda 
ham u birinchi navbatda ijtimoiy tovarlarni taqdim qilish, tashqi samarani 
ta’minlash 
va 
aholini 
ijtimoiy 
muhofaza 
qilish 
tizimidan 
foydalanuvchilarga nafaqa berish, ya’ni xususiy bozor bajarmaydigan 
yoki yetarli darajada bajarmaydigan vazifalarni hal qilishga yo‘naltirishi 
kerak); 
xarajatlarni taqsimlash ham bitta dastur doirasida, ham boshqa 
dasturlar bilan o‘zaro bog‘langan holda olinadigan qaytimga asoslanishi 
lozim; 
ushbu dasturga yoki sektorga joriy xarajatlar va kapital 
qo‘yilmalarning puxta tahlili boshqa dasturlar va sektorlarga xarajatlarni 
oqilona taqsimlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi; 
xuddi shunday puxta tahlil budjet institutlariga nisbatan ham talab 
qilinish lozim. Bunda yalpi xarajatlarni cheklash, samaradorligini oshirish 
va adolatlikni ta’minlash uchun rag‘batlantirish va qo‘llanmalardan 
foydalanish talab qilinadi.
Davlat xarajatlarining turlari. 
Davlat xarajatlarining asosiy 
kategoriyalari bo‘lib ish haqi, tovar va xizmatlar, subsidiyalar, transfertlar, 
foiz to‘lovlari va kapital qo‘yilmalarga xarajatlar hisoblanadi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin