Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Daromadlar va xarajatlar tasnifi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
8.7. Daromadlar va xarajatlar tasnifi.
Budjet balansi tushunchasi 
Umuman olganda, davlat boshqaruv idoralari bajaradigan barcha 
operatsiyalar daromadlar va xarajatlar turlari bo‘yicha tasniflanadi. 
Asosiy tasnif iqtisodiy xarakterga ega bo‘lib, yalpi daromadlar va yalpi 
xarajatlar, joriy va kapital daromadlar va xarajatlarning yig‘indisi sifatida 
aniqlanadi. Bu kategoriyalarning ichida soliqlar xo‘jalik faoliyatining 
soliqqa tortiladigan turiga ko‘ra guruhlansa, xarajatlar – ularning nima 


79 
maqsadlarga mo‘ljallanganligiga ko‘ra, masalan, mudofa va maorif 
guruhlariga ajratiladi. Budjetni tahlil qilishda iqtisodiy tasnif funksional 
tasnifga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega.
Budjet balansining an’anaviy tushunchasi. 
Agar davlat idoralarining 
operatsiyalariga naqd pul harakati nuqtai nazaridan qaralsa, yalpi tushum 
har doim yalpi to‘lovlarga teng bo‘ladi va shuning uchun davlat 
idoralarining budjet hisoblari qaysidir ma’noda doimo balanslashgan 
bo‘ladi. Ammo, agar tahlil va qarorlar qabul qilish zarurligidan kelib 
chiqsak, bir tomondan asosiy e’tiborni tushumlar va grantlar, ikkinchi 
tomondan sof kreditlashni inobatga olgan holda xarajatlar orasidagi 
tafovutga qaratish maqsadga muvofiqdir.
8.8. Budjet tahlili. Budjet disbalansini hisoblash. 
 Kamomadni moliyalashtirish.
Budjet kamomadini aniqlashda DMSdagi umumiy kamomad 
to‘g‘risidagi ta’rifdan keng foydalanilsada, budjet balansini o‘lchashda 
barcha kamchiliklardan holis yagona bir usul hozirgacha o‘ylab 
topilmagan. Oldimizda turgan maqsadlardan kelib chiqib, turli tahliliy 
me’yorlarga 
asoslangan 
balans 
tushunchasining 
boshqa 
konsepsiyalaridan foydalanish mumkin. Ko‘pincha budjet holatiga baho 
berishda budjet kamomadining (profisitining) YaIMga foizlardagi 
nisbatidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich budjet sohasining holatiga baho 
berishda ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan eng maqbul deb tan olingan. 
Biroq, bu an’anaviy usul ham ushbu qo‘llanmada berilgan qo‘shimcha 
choralar bilan to‘ldirilishi mumkin. U choralar soliq-budjet siyosatining 
soliqqa tortish va xarajatlar kabi tizimiy qirralarini hisobga olishi lozim.
Balansning talablarga javob beradigan tushunchasini aniqlashda 
quyidagi omillarga e’tibor berish zarur: disbalansning turi, qamrab olish 
darajasi (markaziy hukumat, davlat boshqaruvi yoki davlat sektori), 
buxgalteriya hisobi usuli (kassa yoki o‘tkazish usullari) va har qanday 
shartli majburiyatning holati.
Quyida budjet balansini o‘lchashning turli usullarini ko‘rib chiqamiz: 

davlat sektorining qarz mablag‘lariga bo‘lgan talabini aniqlash


budjetning joriy balansi (joriy operatsiyalar hisobining balansi);

birlamchi yoki foizsiz balans;

operatsion balans. 
Kamomadni moliyalashtirish.
Davlat budjeti kamomadining makroiqtisodiy holatga ta’siri 
kamomadni moliyalashtirish xarakteri bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqorida 


80 
ko‘rsatilganidek, kamomadni quyidagi to‘rtta manba hisobiga 
moliyalashtirish mumkin: Markaziy bankdan qarz olish yoki emission 
moliyalashtirish, bank sektoridan qarz olish, bank bo‘lmagan sektordan 
qarz olish, tashqi dunyo sektoridan qarz olish yoki valuta zahiralaridan 
foydalanish.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin