4.2- jadval Mahsulotni yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni hisoblash Ko‘rsatkich nomi A xo‘jalik V xo‘jalik Transport xarajatlari
50so ‘m/km*500km=25000
so‘m
70so‘m/km*300km=21000
so‘m
Tushirish xarajatlari
600so‘m/soat*0,5soat=300
so‘m
600so ‘m/soat* 10soat=6000
so‘m
Jami xarajatlar:
25300 so‘m
27000 so‘m
Shunday qilib, barcha shart-sharoitlar bir xil bo‘lganda V xo‘jalikdan ko‘ra A
xo‘jalikdan xarid qilish ma'qul, chunki bu har bir yetkazib berishda 1700 so‘m tejash
imkonini beradi.
4.5. Xarid logistikasida «aniq muddatga» yetkazish tizimi «Aniq muddatga» yetkazish tizimi, logistik tizimning biror-bir bo‘g‘inida qandaydir
mahsulotga o‘tkir ehtiyoj paydo bo‘lmasa unga hyech qanday mahsulot kirib bormasligiga
asoslangan. Masalan: o‘g‘itlarni aynan sepiladigan vaqtiga yetkazish yoki yem-xashakni
aynan chorva iste'mol qiladigan vaqtga yetkazish.
Bu tizimning mohiyati shundaki, uning har bir bo‘g‘inidagi talab zanjirning so‘ngi
bo‘g‘ini talabi bilan aniqlanadi. Agarda zanjir oxirida talab paydo bo‘lmasa mahsulot
ishlab chiqarilmaydi va yig‘ilmaydi. Bundagi mahsulot harakati xuddi daryoga o‘xshaydi.
Talab daryoning pastki nuqtasidan oqimga qarshi uzatiladi, unga javoban moddiy oqim
qaytariladi. Talab kamaysa oqim tezligi pasayadi, va aksincha. (4.3-rasm)
Bu tizimga qarama-qarshi bo‘lib talabni kutgan holda mahsulotlarni omborlarda
yig‘ish tizimi chiqadi. (4.3a-rasm).
4.3- Rasm. Bozor talabini qondirishning ikki varianti Ushbu tizimning odatdagi ta'minotdan prinsipial farqi 4.4-rasmda ko‘rsatilgan.
4.4- Rasm. Oddiy ta'minot bilan «aniq muddatga» tizimi bo‘yicha ta'minot