9. Transport logistikasi 9.1 Transport logistikasining mohiyati va vazifalari Transport - bu odamlar va yuklar tashishni amalga oshiruvchi, moddiy ishlab chiqarish
tarmog‘idir. Jamiyat ishlab chiqarishi tuzilmasida, transport moddiy xizmatlar ishlab chiqarish
sohasiga mansubdir.(9.1 rasm)
Moddiy oqimning birlamchi xom-ashyo manbaidan oxirgi iste'molchigacha bo‘lgan
harakati davomidagi logistik operatsiyalarning anchagina qismi, turli xil
transport vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarning xarajatlari, umumiy logistik
a xarajatlarining 50%gacha tashkil etishi mumkin. Transport ishlab chiqarish va savdo jarayonlariga juda yaxshi kirib borgan. Shuning uchun ham transport, logistikaning ko‘pgina masalalarida ishtirok etadi. Shu bilan birga logistikaning yetarlicha mustaqil bo‘lgan transport sohasi ham mavjud. Unda transport jarayoni ishtirokchilari orasidagi kelishuvlar, ularga mos moddiy oqim harakatining ishlab chiqarish -
ombor bo‘limlariga aloqasi bo‘lmagan tarzda ko‘rib chiqilishi ham mumkin.
9.1-Rasm. Transportning jamiyat ishlab chiqarishidagi o‘rni Transport logistikasi vazifalariga, birinchi navbatda, o‘z yechimi bilan, transport jarayonining bevosita ishtirokchilari harakatlarini o‘zaro kelishilganligini kuchaytiruvchi, vazifalar kiradi. Bunday vazifalarni yechishning dolzarbligi, transport ishlari alohida bir sohaga aylanganida paydo bo‘ladi. Transport jarayonlarini tashkil etishga logistik yondashuv xususiyatlarini, aralash tashishdagi transport zanjiri bo‘g‘inlarining o‘zaro ta'siri misolida 9.2-Rasm. Bir necha transport turlari ishtirokida tashishning ana'naviy tashkil etilishi