Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Birovga ta'zim qilib o'rindan turish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

447-bob. Birovga ta'zim qilib o'rindan turish haqida 
1006. Abu Miljaz aytdilar: "Muoviya (r.a.) chiqqan-larida Abdulloh ibn Omir va Abdulloh 
ibn Zubayr (r.a.) o'tirgandilar. Ular orasida Ibn Zubayr (r.a.) vazminroq, jidtsiyroq odam 
edi. Ibn Omir (r.a.) o'rni-dan turdi, Ibn Zubayr (r.a.) esa o'tiraverdi. Shunda Muoviya 
(r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.): "Allohning banda-laridan kimki o'zining amriga muntazir 
bo'lib oldi-da (hurmat bilan) tik turishlarini yaxshi ko'rsa, u odam do'zahdan uy 
hozirlayversin!" - degandilar", dedi". 
448-bob. Salomning boshlanishi haqida 
1007. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh taolo 
Odam (a.s.)ni yaratdi, uning bo'yi 60 ziro'1 edi. Alloh unga: "Bor, anavi bir guruh 
maloikalarga salom ber va ularning javoblarini eshitib ol, bu sening va zurri-
yotlaringning salomi bo'ladi", dedi. U (Odam (a.s.) farishtalarga): "Assalomu alaykum", 
dedi. Farishtalar: "Assalomu alayka va rahmatulloh", deb javob berdilar. 
449-bob. Salomni keng yoyish, oshkora qilish haqida 
1008. Baro ibn Ozib r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Salomni 
oshkora qilinglar (orangizda yoyinglar), salomat bo'lasizlar". 
1009. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.) dedilar: "Jannatga kirolmaysiz 
mo'min bo'lmaguningizcha, mo'min bo'la olmaysiz to bir-birlaringizni yaxshi 
ko'rmaguningizcha. Bir-biringizni yaxshi ko'radigan bir narsa o'rgataymi?" - dedilar. 
"Albatga, ey Allohning Rasuli", deyishdi. Ul zot: "Oranshzda salomni oshkor qiling (keng 
yoying)", deya marhamat qildilar". 
1 Ziro' - uzunlik o'lchovi; bir ziro' 75 santimetrga teng.  
1010. Abdulloh ibn Amr^ (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Rahmonga ibodat kdling, 
(qorni ochlar-ni) taomlantiring, salomni keng yoying, jannatga kirasiz", dedilar". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin