partalarni, surat ramkalarini hassasinig uchi bilan to‘qillatib urib ko‘rardi.
— Azizim, katta rejalarim bor. Hammasini buzib yangidan quraman. Pokiza binolar so-
laman. Talab qilgan mablag‘larimni berishmasa, ahvollariga voy! Ishni tagidan puxta qil-
dim. Istambul matbuotini o‘t ochishga tayyor turgan batareya deyaver, mendan kichik
bir ishora bo‘lsa bas — paq-puq!.. Dahshatli bombardimon boshlanadi. Bildingmi, yo bu
kalla ichidagi dunyo haqiqatga aylanadi, yo men mansabimni tashlab ketaman.
Bu chiroyli so‘zlarning hammasi men uchun, bir bechora qishloq o‘qituvchisining
ko‘zlarini qamashtirish uchun aytilayotganiga hech shubha yo‘q edi. Mudir yakka ko‘zoy-
nagini yana tuzatib:
— Qancha o‘quvchingiz bor? — dedi.
— O‘n uchta qiz, to‘rtta o‘g‘il bola, afandim.
— O‘n yettita bola uchun bitta maktab! G‘arib dabdaba! Sen binoni ko‘rasanmi, Mum-
toz?
— Mol maydonda, ko‘rish nima hojat!
Maorif mudiri g‘oyat zo‘r rejasi haqida gapirib turganda injenerning yer ostidan menga
razm solayotganini sezdim. Axiyri, meni tushunmasin, deb sherigiga nihoyatda buzuq
frantsuz tilida:
— Hoy, azizim, biron bahona bilan shuning yuzini ochtirsang-chi. Chehrasi yuz pardasi
ostida ham o‘tday yonib turibdi. Qaerdan kelib qolibdi-ya bu yerga? — dedi.
Maorif mudiri menda qoldirgan taassurotiga o‘xshamas ekan. O‘rtog‘ining bu so‘zlari-
dan ta’bi tirriq bo‘ldi-yu, frantsuzchani undan ham beshbattar buzib:
— Iltimos qilaman, azizim, maktabdamiz, og‘ir bo‘ling, — dedi.
Mudir iyagining ostida xaltaday osilib turgan terisini rezinkaday cho‘zib bir nimalar
o‘ylar edi. Birdan menga o‘girilib, qarorini e’lon qildi:
— Afandim, men bu maktabni yoptiraman.
Men hayron bo‘lib so‘radim:
— Nega endi, afandim, bir nima bo‘ldimi?
— Afandim, bunday rasvo joyda bola tarbiya qilib bo‘lmaydi. Innaykeyin, o‘quvchilar
ham oz. Viloyatdan ketgunimcha qishloqlarning ko‘pida arzon, lekin chiroyli, toza, mo-
dern, ya’ni yangi tartibdagi maktablar barpo qilish uchun butun kuchimni sarf qilaman,
tirishaman. Endi, marhamat qilib, mening savollarimga javob bersangiz.
Bonjurining* cho‘ntagidan chiroyli qo‘yin daftar oldi. Maktabga oid ba’zi ma’lumotlarni
yozib bo‘lgandan so‘ng:
— Sizga kelsak, afandim, — dedi, — sizni boshqa biron munosib o‘ringa tayin etar-
man. Maktabni yopish to‘g‘risidagi buyruqni olganingizdan keyin B... ga kelarsiz, o‘yla-
shib ko‘ramiz. Marhamat, ismingiz?
— Farida.
— Afandim, Yevropada yaxshi bir odat bor. Otasining ismini ham qo‘shib aytadilar.
Unda ism yana ham aniqroq bo‘ladi. Siz, o‘qituvchilar, bu yangiliklarni zo‘r berib tur-
mushga oshirishlaringiz kerak. Faraz etaylik, siz sinf jurnaliga o‘quvchingiz Malohat Ali
xo‘ja qizi deb yozasiz. Yo‘q. Malohat Ali deb yozavering, shuning o‘zi kifoya. Tushundin-
gizmi, afandim? Padaringizning ismi?
— Nizomiddin.
— Afandim, sizni Farida Nizomiddin deymiz. Bu narsa sizga dastlab erish tuyulishi
mumkin, lekin ko‘nikib ketasiz. Qaerda o‘qigansiz?
Maktabimni aytmadim. Chunki frantsuzcha bilishim oshkor bo‘lsa, injener boyagi
so‘zlari uchun balki bir oz xijolat tortar. Shuning uchun: “Xususiy tahsil ko‘rganman,