Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
ham yo‘q emas. Ne ajab, odam uyida ham hammani bir xil yaxshi ko‘ra olmaydi-ku. 
O‘qituvchilar orasida istambullik Naziha bilan Vasfiya degan ikkita yosh juvonni yaxshi 
ko‘rib qoldim. Bular bir-birlaridan hech ayrilmaydilar. Lekin muovina Shahnoza xonim, 
bular bilan yaqin aloqa qilmang, deb aytdi menga. Ammo nima uchunligini bilmayman. 
Bulardan boshqa yana ikkita tanishim ham bor. Biri bir mahallar markaziy rushdiyada 
meni mudofaa qilgan uzun bo‘yli, timqora ko‘zli muallima xotin. Bu yerda haftada bir 
kun dars beradi. Mudir afandining g‘ilay boqishlaridan qo‘rqmaydigan birdan-bir 
o‘rtog‘imiz shu. Aksincha, Rajab afandining o‘zi undan hayiqadi, moviy choponining 
yoqasini ushlab: “Juda fe’li yomon-da! Shundan bir qutulsam bormi, xudo haqqi, ko‘zim 
tuzalib ketadi!” deydi. Ikkinchi tanishim — tishlari otnikiga o‘xshagan, ko‘zoynaklarini 
hech vaqt olmaydigan keksa muallima. Istambulda turgan kezlarimda ko‘pincha shahar 
atrofi poezdiga birga tushib qolardik.  Go‘ztepa tomonlarida, allaqaerda muallimalik 
qilardi. Kampir meni taniganmi, yana yuzimga tikilib: 
— Xudoyo tavba! Shunchalik bir-biriga o‘xshagan odamlarni umrim bino bo‘lib ko‘rgan 
emasman. Bir mahallar poezddda bitta sho‘x maktab qizini ko‘rib yurardim. Sizga shu-
naqa ham o‘xshaydiki!.. Lekin, u nazarimda, frantsuz edi shekilli. U shunday sho‘xlik 
qilardiki, butun vagon ichagi uzilgudek bo‘lib kulardi,— deydi. 
Men ham ko‘zimni olib qochib: 
— Ehtimol, shunaqa ham bo‘ladi, — deyman. 
Maktabda bir necha erkak muallimlar ham bor. Masalan, Zohid afandi. Bu keksa kishi 
din darsi beradi. Geografiya o‘qituvchisi, iste’foga chiqqan mo‘ysafid polkovnik Umarbey. 
Ismini men bilmaydigan bir yozuv muallimi va musiqa muallimi Shayx Yusuf afandi; bu 
faqat maktabgagina emas, butun B... shahriga shuhrati ketgan kishi. Yusuf afandi 
haqiqatan ham bir mahallar Mavloviylar sulukiga shayxlik qilgan. Bechora bir necha yil 
avval qattiq og‘rib, sil kasaliga yo‘liqqan. Doktorlar joyini o‘zgartirmasa o‘lishini aytgan-
lar. Shuning uchun tul opasi bilan ikki yil avval B... shahriga ko‘chib kelgan. U hozir opa-
si bilan kichkina bir uyda turar emish. Ana shu kichkina uyni ko‘rgan-bilganlar uni 
musiqa muzeyiga o‘xshatadilar. Har cholg‘udan, har sozdan bor emish. Shayx afandi bu 
yerda mashhur bastakor sifatida ham tanilgan. Uning asarlari kuylanar, chalinar, odam 
ularni yig‘lamasdan tinglay olmas ekan. 
Men uni birinchi marta yomg‘ir yog‘ib turgan bir kunda ko‘rdim. Tanaffusda o‘quvchi 
qizlarim bilan birga boqqa chiqib, bir oz havo  olib kelmoqchi bo‘ldm. Men u yerda yangi 
to‘p o‘yinini ko‘rsatdim, birga o‘ynashdim, anchagina bahrimni ochdim. Ichkariga kirga-
nimda qora ko‘ylagim ivib ketgan edi. Joyi kelganda shuni ham aytib ketayinki, men ixti-
ro etgan muallimalik ko‘ylagi sekin-sekin boshqalarga ham rasm bo‘la boshladi. Hatto 
o‘quvchi qizlarim ham tiktirib kiyishadigan bo‘lishdi. Mudir afandi ko‘ylakning rangiga 
qo‘shilmay: 
— Musulmon qizi qora kiyishi to‘g‘ri kelmaydi! Yashil bo‘lishi kerak, — deyardi. 
Biz esa, shunisi yaxshi, kirchimol, deb unisiga unamas edik. Muallimlar bo‘lmasida at-
rofi kafelli kattakon pechka yonib turardi. Ikki devor burchagi bilan shu pechka orasiga 
kirib, ko‘ylagimni quritayotgan edim. Qo‘llarim cho‘ntaklarimga solingan edi. Shu mahal 
eshik ochilib, o‘ttiz besh yoshlardagi nozik, novcha bir afandi kirib keldi. U erkak o‘qituv-
chilarimiz singari fuqaro kiyimida edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, yuqorida ta’rif qilin-
gan Shayx Yusuf afandi xuddi shu kishi ekanligini payqadim. Maktabda uni juda yaxshi 
ko‘rishadi. Muallimlar darrov uni o‘rab olishdi, paltosini yechintirishdi. O‘zimni pechka 
panasiga olib turib, yer ostidan unga qaradim.  Yumshoq, xushmuomala odam ekan. 
Zahil yuzida ko‘pincha o‘lishga mahkum bo‘lgan kasallardagi rangsiz, nozik, tiniq oqchil-
lik bor edi. Chiroyli sariq soqoli, och ko‘k ko‘zlari menga pansiondagi olaqorong‘i dahliz-
larda mungli-mungli kulimsiragan Iso suratlarini xotirlatdi. So‘zlari tasvirdan ojiz


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin