www.ziyouz.com kutubxonasi
150
— Yusuf, aylanay bolam, hech bo‘lmasa bir marta ko‘zingni och! Ko‘rmay o‘lib ket-
sang, men yana battar azobda qolaman!
Achinganimdan yuraklarim ezilar, og‘irligimni ko‘tara olmagandek oyoqlarim bukilib
borar edi. Karavotning bosh tomonidagi stolga o‘xshash bir qora narsaga suyanib tur-
gandim. Keyin uning organ ekanligini bilib, titrab ketdim. Qalbim bu bechora ko‘zlarni
so‘nggi marta ocha biladigan mo‘’jiza shu organ bo‘lishi mumkinligini shivirladi. Miyamga
kelgan o‘y balki bir jinoyat, balki undan ham kattaroq gunohdir, lekin bu organ ham,
chekkasidan qaraganlarni o‘ziga tortuvchi jarlar singari, meni o‘ziga tortmoqda edi. Ix-
tiyorsiz oyog‘imni bosdim, barmog‘imni klavishlardan birining ustiga qo‘ydim...
Organ yarali ko‘ngil singari mungli-mungli ingradi. Uyning qorong‘i burchaklari, devor-
lariga uzun-uzun soyalari tushib turgan sozlar yashirin fig‘on bilan titray boshladi.
Haqiqatmi yo mening yoshlar bilan to‘silgan ko‘zlarim vahmimi, nima ekanligini aytol-
mayman, lekin kasal shu ovozdan so‘ng moviy ko‘zlarini oxirgi marta ochganday bo‘lib
ketdi!
Opasi ko‘rpaga yuzini tiqib faryod urib yig‘lar edi.
Bir muqaddas vazifa o‘tayotgandek, jasad ustiga engashdim, hayotning so‘nggi nafas-
lari bilan boqiy ko‘ringan ko‘zlariga lablarimni tegizdim. Evoh, nahotki birinchi bo‘sam
o‘likning yumuq ko‘zlariga nasib qilgan bo‘lsa?!
* * * B..., 2 no-yabr. Bu oqshom B...dagi uyimda o‘tadigan so‘nggi kecham. Ertaga sahar jo‘nab ketaman.
O‘sha voqeadan so‘ng, albatta, bu yerda qola olmas edim. Shaharda hamma meni ga-
piradi, menga qiziqadi. Maktabga borayotgan yo qaytayotgan kezlarimda necha bor
odamlar orqamga tushdi; yuz pardamni ikki qavat qilib olganimga qaramay, yuzimni
ko‘rish uchun necha bor yo‘limni to‘sishdi. Ba’zilar ovozlarini picha pastroq qilishni ham
ep ko‘rmay: “E, Ipak qurti-ku, bu! Bechora Shayx!” deb qichqirganlarini ham bir necha
bor eshitdim.
Dugonalarim oldida og‘iz ochishdan uyalar, sinfga kirganimda esa lavlagiday qip-qiza-
rib ketganimni his etardim.
Bu ahvol shunday davom eta olmas edi. Shuning uchun maorif mudiriga uchrashishga
majbur bo‘ldim. Bu yerning havosi mijozimga yoqmayotganligini aytib, boshqa yerdan
dars berishlarini iltimos qildim. Mish-mishlardan u ham xabardor bo‘lsa kerak, istagimga
qarshi chiqmadi. Lekin boshqa yerdan darrov o‘rin topish oson emasligini aytdi. Men oy-
ligi ozroq bo‘lib, kichikroq maktab bo‘lsa ham rozi ekanligimni aytdim. Ishqilib,
uzoqroqda bo‘lsa bas, dedim.
Ikki kun avval buyruq keldi: Ch... rushdiyasiga ta- yin qilishibdi.
Bechora Choliqushi shamolga uchragan kuz yaprog‘iga aylandi!..
Uchinchi qism
Ch..., 23 ap-rel.
Bugun Xizr Ilyos kuni. Uyda yolg‘izman. Yo‘q, faqat uydagina emas, butun shaharcha-
da bir o‘zim bo‘lsam kerak. Uylar bo‘sh, do‘konlar yopiq. Butun aholi oziq-ovqatlarini sa-
vatlariga solib, qo‘zi kabobi yegani saharlab tolzorga jo‘nashdi. Ko‘chamiz burchagida
hamisha bir shol gado o‘tirardi. U ham bunday vaqtichog‘likdan qolgisi kelmay, xuddi
aravaga minayotganday, bir hammol yelkasiga kerilib mindi-da, odamlar to‘piga qo‘shilib