www.ziyouz.com kutubxonasi
208
— Yo‘q, nishonli xonim, bu qarib qolganligimni pesh qilish bo‘ladi. Ha, taqdir oramizga
o‘ttiz besh-qirq yilni suqib qo‘yib, katta xato qilgan, lekin buning ahamiyati yo‘q. Asl
yoshlik — ko‘ngil yoshligidir. Sen menga qarama. Men yigirma yoshli yigitlardan ham
bardamman. Innaykeyin, seni yasangan-tusangan kelinchak holingda ham ko‘rgim kela-
di. Men beva erkak hisoblanaman, shuning uchun orzum ichimda ketmasin. Senga Iz-
mirdan alomat kelinlik sarpolari olib kelaman.
Men ro‘paramga qarab, indamay turdim. Xayrullobey so‘zini davom ettirdi:
— Innaykeyin, senga ko‘rmana sovg‘asi beraman, shunaqayam alomat sovg‘a bo‘ladi-
ki! Qani top-chi: baldoq, uzuk, marjon, inju, qaysi biri? Yo‘q, topolmaysan, bularning
hech bittasi emas. Boshingni qotirma, topolmaysan. Men senga bitta yetimxona sovg‘a
qilaman!
Ajablanib yuziga qaradim. U xursand bo‘lib kular edi.
— Ko‘rdingmi, senga yoqadigan narsani topganimni,— dedi. — Olajaqoyadagi chor-
bog‘imizni o‘ttiz-qirq kishilik yetimxonaga aylantiraman. Tevarak-atrofdagi yetim-esirlar-
ni to‘playmiz. Men doktorlik qilaman, sen bo‘lsang muallimalik, ham onalik qilasan.
* * * Bu satrlarni tuzala boshlagan kunlarimda yotgan xonam derazasi oldida yozmoqda-
man. Bog‘da shoxlardan sira tinmay quruq xazon yomg‘iri yog‘ayotir.
Daraxtlarning shoxlarini yalang‘ochlab to‘kilayotgan bu xazonlardan ba’zilarini shamol
derazadan uchirib kiradi, daftarimning sarg‘aygan sahifalariga sochib ketadi.
Qari do‘stimning so‘niq moviy ko‘zlaridagi shafqat, marhamat, pok va g‘arazsiz otalik
muhabbati ko‘nglimda so‘nggi yashil yaproq kabi yashar edi. Unga er deb qarashga maj-
bur bo‘lgan kunimdan beri bu so‘nggi yaproq ham sarg‘aya boshladi. Hayot shunday
bo‘lgandan keyin qo‘limizdan nima ham kelardi? Bunga ham bo‘yin egishim kerak.
Chumoli oyog‘i singari ingichka yozuvlar bilan to‘lgan xotira daftarimning oxirgi
sahifasiga keldim. Qanday mungli tasodif! Sarguzashtlarim bilan birga daftarim ham tu-
gayotir. Yangi hayotim uchun yangi daftar tutishning hojati yo‘q, aytar narsalarimni ay-
tib bo‘ldim... Axir ertaga boshqa haqqim bormi, qanday jasorat qilaman? Indinga ertalab
birovning xonasida uyg‘onadigan yosh juvonning hayoti qisman sho‘xlik, qisman ko‘z
yoshlaridan iborat bo‘lgan Choliqushi bilan qanday aloqasi bo‘lsin?
Choliqushi bugun o‘zining ko‘z yoshlari bilan ivitgan daftar sahifalariga to‘kilgan kuz
yaproqlari orasiga abadiy ko‘miladi.
Ayriliqning bu so‘nggi soatida haqiqatni yashirib o‘tirishning nima keragi bor? Sen
o‘qimaydigan bu daftarimni faqat sen uchun yozganman, Komron! Ha, nimaiki degan
bo‘lsam, nimaiki yozgan bo‘lsam, hammasi sen uchun edi. Yanglishganimni, nihoyatda
katta xatoga yo‘l qo‘yganimni mana bugun bo‘ynimga olaman. Men hech bir narsaga
qaramay, sen bilan baxtiyor bo‘la olardim. Ha, hech nimaga qaramay sevilardim, sevil-
ganimdan ham bexabar emas edim, lekin bu meni qanoatlantirmadi. Xohlardimki, meni
ko‘p, yana ham ko‘p sevsinlar, men sevgan darajada bo‘lmasa ham (chunki buning
imkoni yo‘q), loaqal shunga yaqin bir sevgi bilan sevsinlar. Shunchalik sevilishga mening
haqqim bormidi? Yo‘qdir, deb o‘ylayman, Komron. Men kichkina, johil qizman. Sevish-
ning, o‘zini sevdirishning usuli bor, shunday emasmi, Komron? Holbuki, men bu narsani
hech, hecham bilmas edim...
Sening “sariq guling” kim bilsin, qanday jozibali xotin edi ekan! Bu so‘zlarni senga ta’-
na qilish uchun aytayotganim yo‘q, Komron. Ishon, agar u seni baxtiyor qilgan bo‘lsa,
xayolimda u bilan yarashishga tayyorman. Kim bilsin, u senga qanday chiroyli so‘zlar
aytgan, qanday chiroyli xatlar yozgan ekan? Men esam, balki sening bolalaringga, bola-
larimizga yaxshigina ona bo‘la olardim. Faqat shugina.
Komron, men seni qanchalik sevganimni sendan ayrilganimdan keyingina bildim.