www.ziyouz.com kutubxonasi
205
dan, cho‘ponlardan gap ochdim. Tinmay gapirar, kular, hatto bir mahallardagi, eski
maktabimdagi singari ora-sira hushtak ham chalib qo‘yardim.
Xayrullobey ta’rif qilib bo‘lmaydigan darajada suyundi. Uning xursandligini ko‘rgan sa-
rim ko‘nglim ochilib bordi.
Nihoyat, ko‘nglimdagi gapni aytish payti keldi. Doktorning kursisini derazaga yaqin
keltirib qo‘ydim, tizzalarini issiq narsa bilan yopdim, o‘zim esa deraza tokchasiga o‘tirib
oldim.
— Sizga aytadigan gaplarim bor edi, doktorbey, — dedim.
Xayrullobey ko‘zlarini qo‘li bilan to‘sib:
— Ayta qol, lekin pastga tush. Xudo ko‘rsatmasin, yiqilib-netib ketma, — dedi.
— Xavotir qilmang, doktorbey, mening yoshlik chog‘larim daraxt shoxlarida o‘tgan.
Hozir sizni xursand qiladigan bitta gap aytaman. Ko‘ryapsizmi, men qanday og‘irman?
Kecha kechasi muhim bir qarorga keldim.
— Nima qilmoqchisan?
— Yashamoqchiman..
— Bu nima deganing?
— Tushunmayapsizmi? O‘zimni o‘zim o‘ldirmayman deganim-da! Chunki bir necha
kun avval chindan ham shunday qarorga kelgan edim.
Bu so‘zlarni hazillashayotgan bola tili bilan, kulib turib aytdim. Qari doktor vahimaga
tushib, o‘rnidan sakrab turib ketdi.
— Nima deb laqillayapsan, zing‘archa! Bu nimasi? Agar sening o‘rningda men o‘tirgan
bo‘lsam, vahmdan pastga yiqilib chalpak bo‘lib ketardim. Bas, tush pastga, xudo xay-
ringni bersin, tusha qol. Yana biron falokat bo‘lib-netib qolmasin...
Men kulib yubordim.
— Yashamoqchi bo‘lganimni aytganimdan keyin ham yiqilib ketishimdan qo‘rqish
g‘alati emasmi, a, doktorbey? Nima uchun yashashga qaror qilganimni bilasizmi? Hozir
aytib beraman. Anchagina sabablari bor. Avvalo, o‘zimni o‘ldirishga yuragim dov ber-
maydi. Siz mening hadeb o‘limdan gapirishimga parvo qilmang. Har nima bo‘lganda ham
o‘lishdan juda qo‘rqaman. O‘lishdan boshqa chora qolmasa ham, baribir, qo‘rqaman,
doktorbey.
Bu so‘zni qo‘llarimni uzatib, bo‘ynimni egib turib, samimiyat bilan aytdim.
Xayrullobey hayajon bilan qo‘limdan ushladi, tortib tushirib bir kichkina kursiga
o‘tqazdi.
— Hech tushunib bo‘lmaydigan maxluqsan-da, Farida! Bir qarasang — mushtumday
kichkina bolasan, bir qarasang — donishmandlarga o‘xshaysan, g‘alati odatlaring, odam
ishona olmaydigan dovyurakliging bor... Juda soz, ayt, Farida, qulog‘im senda.
— Siz birdan-bir do‘stim, ayni zamonda otamsiz. Xo‘p, yashayman. O‘zimni o‘ldira ol-
masligimni tushunganimdan keyin yashamay nima ilojim bor? Lekin qanday yashayman?
Menga yo‘l ko‘rsating. Biron ma’qul narsa o‘ylab topsangiz, qanday yaxshi bo‘lardi!
Xayrullobey qoshlarini chimirib, o‘ylanib qoldi. Bir ozdan keyin:
— Farida, — dedi, — bu narsalarni men ham o‘ylovdim. Faqat o‘zingga kelguningcha
aytish fikrim yo‘q edi. Modomiki, o‘zing o‘zingni tetik seza boshlabsan, xo‘p, qizim, ayt-
sam ayta qolay. Eng avval muallimalik qilishdan butunlay umid uzishing kerak. Bo‘lib
o‘tgan voqea to‘g‘risida bugun senga ba’zi tafsilotlarni berishim mumkin. Bundan o‘n kun
avval viloyatdan bir inspektor keldi. Morjniki singari og‘zidan so‘yloq tishlari turtib
chiqqan, badbashara bir nusxa! Ana shu nusxa raisligi ostida bir tekshirish komissiyasi
tashkil qilishgan ekan. Arizangga binoan bo‘shatishdan avval seni tergab ko‘rishmoqchi
bo‘lishibdi. O‘sha kechasi o‘nboshi keltirgan qog‘oz chaqiriqnoma edi. O‘ylab ko‘r-a, Fari-
da, sen shunday bir hay’at oldiga qanday qilib borarding? Qabihlarning og‘zidan chiqqan