2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari



Yüklə 56,05 Kb.
səhifə1/15
tarix13.10.2023
ölçüsü56,05 Kb.
#130140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org


2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari

2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari

Xalqning turmush madaniyati va ma’naviyatini ko‘tarishda fanning tutgan o‘rni. Xalq xunarmandchilik turlari, uning tarixi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi vaqtdagi imkoniyatlari.

 

1.O’zbek xalq amaliy san’ati turlari haqida umumiy ma‟lumot.

2.O’zbek xalq amaliy san’atining tarixi va rivojlanish bosqichlari.

3.Ganchkorlik san’atining rivojlanish bosqichlari.

4.Gilamdo’zlik san’ati tarixi.

5.Naqqoshlik san‟atining turlari

O’zbek xalq amaliy san’ati turlari haqida umumiy ma‟lumot.


  • O’zbek xalq amaliy san’ati turlari haqida umumiy ma‟lumot.


  • O‘zbekistonning barcha hududiarida xalq san‘atining o‘ziga xos markazlari bo‘lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo‘shgan. Bu qadriyatlar haqli ravishda xalq, san‘atining ramzi bo‘lib qoldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda yuzaga kelgan kulolchilik (sirkor va guldor sopol buyumlar), yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak va kandakorlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, sholchado‘zlik va chitgarlik, zargarlik san‘ati, charmga bezak tushirish san‘ati, lokli miniatyura hamda kitob miniatyurasi hozir ham mavjud. Zangori-lojuvard, cho‘g‘dek qip-qizil sopol ko‘zalar, laganlar, yog‘ochdan o‘ymakori va naqshinkori qilib yasalgan milliy xontaxtalar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, miniatyuralar, marg‘ilonlik, xivalik va toshkentlik ustalar tomonidan qizil misdan yoki tillarang jezdan yasalgan, qimmatbaho metalldek yarqirab, shaklan nafisligi hamda naqshinkorligi bilan ajralib turuvchi buyumlar va, ayniqsa, kandakori idishlar mehmon bo‘lib kelgan xorijiy davlatlar boshliqlariga tortiq qilingan, Ustalarimiz yaratgan nodir buyumlar AQSH davlat kotibi Xillari Klinton xonimga, «Temir xonim» Margaret Tetcherga, Indira va Radjiv Gandilarga, Yaponiya imperatoriga, jahondagi ko‘plab mamlakatlar muzeylariga tuhfa qilingan va ular tomonidan ardoqlab saqlanmoqda.

  • «Musavvir» xalq san‘ati ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Nigoriston» Respublika xalq san‘ati firmasi mutaxassislarining ko‘p yillik g‘ayrat-shijoati natijasida O‘zbekiston ko‘hna san‘atining o‘ttizdan ziyod turining siri qayta aniqdandi, mingdan ortiq iste‘dodli yoshlarga ushbu ko‘hna hunar o‘gatildi. Shoyi, paxta, tut po‘stlog‘idan qadimgi Samarqand shohi qog‘ozini tayyorlash, xilma-xil adras, olacha mato va shu kabi shoyi matolarni qo‘lda to‘qish, qog‘ozga, shoyiga, charmga miniatyura chizish, ip-gazlamaga gul bosish usuli qayta tiklandi. Unutilgan kandakorlik san‘ati, milliy zargarlik buyumlarini tayyorlash qayta rivojlantirildi. Tukuvchilikda, kulolchilikda, shisha hamda sirkorlik bilan bog‘liq sohalarda foydalaniladigan pishiq-puxta bo‘yoqlarni mahalliy resurslardan tayyorlash tex- nologiyasi xam aniqlandi.

  • Amaliy bezak san‘atiga bag‘ishlangan ushbu va keyingi al‘bomlarda O‘zbekistondagi barcha asosiy milliy san‘at markazlari: G‘urumsaroy va Rishtonda, Qo‘qon va Andijonda, Samarqand va Shaxrisabzda, Denov va Urgutda, Xonqa va Nukusda, Buxoro va Toshkentda, Zomin va Baxmalda ishlab turgan xalq ustalarining asarlari haqida gap boradi. Mazkur markazlarning barchasida qadimgi ustalarning an‘analari avaylab saqlanmoqda va ijodiy rivojlantirilmoqda.

Yüklə 56,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin