www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Endi asabiy harakat bilan ikkinchi qutichaning ipini uzdim. Bundan yana o‘sha xil kon-
fetlar chiqdi.
Komron hamon bir rasmiyat bilan sal egildi.
— Sizga bo‘yiga yetib qolgan qizday muomala qilish kerakligini og‘zingizdan eshiti-
shim meni nihoyatda baxtiyor qildi, Farida, — dedi. — Kitobchalar uchun sizdan uzr
so‘rash kerak, deb o‘ylamayman, chunki bu kitobchalar hazildan boshqa narsa emasligini
konfetlar ko‘rsatdi. Maqsad sizga kitob keltirishgina bo‘lganda, boya siz aytgan roman-
lardan tanlab keltirgan bo‘lardim.
Komronning bu ifodasi, bu so‘zlari, albatta, hazil edi. Shunday bo‘lsa ham, uning ol-
dimda turib aytgan bu so‘zlari, bu ovozlari menga yoqib tushdi.
Javob berishga majbur bo‘lmaslik uchun qo‘llarimni duo o‘qiyotgan kishiday bir-biriga
qovushtirib, chuqur hayratga tushgan odam rolini o‘ynay boshladim. U gapirib bo‘lgan-
dan keyin yuziga qaradim; ko‘zlarimga tushgan sochlarimni bosh harakati bilan silkib:
— Nima deganingizni eshitmadim. Konfet biram yaxshi ekanki... Xullasi, bularni ko‘rib
yarashdik. Vassalom. Ko‘p rahmat, Komronbey, — dedim.
Gapini eshitmay qolganim uchun ta’bi tirriq bo‘lganga o‘xshadi, lekin buni sezdirmas-
likka tirishdi, bir tin oldi-yu, yasama sovuqqonlik bilan:
— Nima ham derdik, agar bolalar hadyasi hushingizga yoqmasa, bundan keyin katta
odamlarga to‘g‘ri keladigan narsalar bilan ko‘rgani kelamiz, — dedi.
Men endi faqat konfetlarim bilan ovoraday ko‘rinar, javohir sandiqchani tomosha
qilayotganday qutichalarga suqlanib qarar, ichidagi shirinliklarni olib, rasmli gazeta beti-
ga terar, turib, o‘zimcha bo‘lar-bo‘lmas narsalarni gapirar edim:
— Bularni yeyish ham bir san’at, Komron. Tag‘in bu san’atni kamina ojizalari kashf et-
di. Qara, masalan, mana shu sarig‘ini qizilidan oldin yesang, hech qanday zarar
ko‘rmaysan, shunday emasmi? Lekin, ming afsus! Chunki qizili ham juda shirin, innay-
keyin, bir oz nordon ham. Buni avval yesang, sarig‘ining nozik lazzatiga, shoirona bo‘yi-
ga jabr bo‘ladi. Oh, jonim konfetlar!
Konfetning bir donasini olib lablarimga keltirdim. Qush bolasini erkalaganiga o‘xshash,
konfetni silab turib u bilan gaplashar edim.
Bo‘lam qo‘lini uzatdi.
— Uni menga ber-a, Farida, — dedi.
Unga g‘alati qilib qaradim.
— Nega endi?
— Yeyman...
— Qutichani oldingda ochib katta xato qilibmiz-u. Olib kelgan narsalaringni o‘zing
yeydigan bo‘lsang, ishimiz toza...
— Faqat shuni ber...
Chindan ham bu nima degan gap? Birov og‘ziga solgan narsadan jirkanmagach... Ni-
malar miyamga kelmadi.
Harholda bir daqiqa shoshib o‘ylanib qolgan bo‘lsam kerak, bo‘lam birdan qo‘lini uza-
tib, konfetni barmoqlarimdan yulib olmoqchi bo‘ldi. Lekin men chaqqonroq harakat qil-
dim. Konfetni og‘zimda berkitib, unga tilimni chiqardim.
— Sizning bunaqa qo‘l yugurtirish odatingiz yo‘q edi shekilli, qanday bo‘ldi? — deb
hazillashdim. — Shoshmang, men sizga bunday ajoyib konfetning qanday yeyilishini
ko‘rsatay, keyin bilganingizni qiling.
Boshimni bir oz orqaga tashlab, yana tilimni chiqardim, konfetni tilim ustiga qo‘ydim.
U sekin-sekin erigan sari kallamni ikki tomonga tebratar, tilim bo‘sh bo‘lmagani uchun,
konfet lazzatining ajoyibligini qo‘l harakatlari bilan bildirar edim.
Bo‘lam shu qadar g‘alati bir hayrat bilan og‘zimga tikilib qoldiki, o‘zimni tutolmay kula