Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
boshladim. 
— Endi kerakli narsani o‘rganib olganingiz uchun bitta konfet hadya qilaman, — de-
dim. 
Komron hazil aralash qilib qutini irg‘itdi. 
— Xohlamayman, hammasi o‘zingga qolsin, — dedi. 
— Buning uchun ham ko‘p rahmat. 
O‘rtamizda gapiriladigan gap deyarli qolmagan edi.  Odob yuzasidan uydagilarning 
sog‘-salomatliklarini so‘rab, ularga salom aytganimdan so‘ng qutichalarni qo‘ltig‘imga 
qisdim-u, chiqishga tayyorlandim. 
Birdan dahliz yonidagi xonada pastak sharpa eshitildi. Mushuk singari quloqlarimni 
dikkaytirib turdim. 
Maktab lavhalari va xaritalar osib qo‘yiladigan bu xonaning eshigi bir oz avval ochil-
gan edi. Keyin lavhalardan birining yiqilganiga o‘xshash bir tovush eshitildi. Hozir ham 
o‘rtadagi oynali eshik orqasida  sichqon tiqiridan farq qilmaydigan bir tovush, harakat 
borligi sezilib turardi. 
Bo‘lamga bildirmasdan eshikka razm soldim, o, nimalarni ko‘rdim! Xira oyna orqasida 
kattakon bosh soyasi... Darhol sirga tushundim — Mishel edi u. Biron xaritaga ehtiyoj 
tug‘ilganini laqma murabbiyaga aytgan-u, dahliz yonidagi bu xonadan bizni poylagani kel-
gan. 
Soya yo‘qoldi. Lekin oyna tagidagi kalit teshigidan u qiz bizga qarab turgani shubhasiz 
edi. Nima qilishim kerak? Komron ikkalamiz bir-birimizga ko‘ngil qo‘ygan kishilar bo‘lgani-
miz uchun u bizdan boshqacha narsalarni kutar edi. Bo‘lamga: “Bor endi, xudo yo‘lingni 
ochiq qilsin, uydagilarga salom ayt”, — deb apil-tapil eshikdan chiqib ketsam, sirni tushu-
nib qoladi, yo‘lakda boshimni qo‘llari orasiga olib siqadi-da, sochlarimni to‘zg‘itib: “Xo‘p 
menga hangoma aytgan ekansan-da?!” — deb kuladi. 
Bu qo‘rquv o‘sha onda menga quvlik yo‘lini ochib berdi. Yaxshi narsa emas harholda, 
lekin nachora? Modomiki, rolni o‘ynay boshlagan ekanmiz, endi uni oxirigacha o‘ynashi-
miz kerak. 
Mishel ham maktabdagi dugonalarimning ko‘pchiligi singari turkcha bilmas edi. Shu-
ning uchun har qanday safsatadan hadiksirashga o‘rin yo‘q edi. Ishqilib, ovoz, harakatlar 
oshiq-ma’shuqlar harakatiga o‘xshamasa bas... 
— Esimdan chiqishiga sal qolibdi, — dedim Komronga, — enagangning nevarasi chor-
bog‘damidi? 
Enaganing nevarasi necha yillardan beri chorbog‘da yurib o‘sgan yetim bola edi.  
Komron savolimga hayron bo‘ldi... 
— Albatta, chorbog‘da... Qayoqqa ketardi? — dedi.  
— Albbatta... Bilaman... Faqat... Qaydam... o‘zim... Shu bolani biram yaxshi ko‘ra-
manki... 
— Bu yana nimasi? — dedi. — Yuziga qayrilib qaraganing ham yo‘q edi-ku bechora-
ning... 
G‘alati bir harakat bilan: 
— Yuziga qaramaganim nimani isbot qiladi, yaxshi ko‘rmaganimnimi? — dedim.  
— Bu qanday tentaklik? 
— Ha, men u bolani shu qadar yaxshi ko‘ramanki... 
Men “yaxshi ko‘raman” so‘zini “Gul tutgan ayol” rolini o‘ynagan artist harakati bilan 
bo‘ynimni bukib, qo‘llarimni ko‘ksimda qovushtirgan holda aytdim, ko‘z qirim bilan esa 
eshikka razm soldim. 
Mishel olti og‘iz turkcha so‘z bilsa, bularning uchtasi mutlaqo “yaxshi ko‘rmoq, sevgi, 
savdo” kabi so‘zlar bo‘lishi kerak. Mabodo shu taxminimda yanglishgan taqdirimda ham, 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin