www.ziyouz.com kutubxonasi
81
— Kundoshim bu yerda erimni sehrlab, boshini bog‘lab qo‘ygan. Bechoraning tilini,
og‘zini bog‘lab qo‘ygan. Lekin Monastir jodugarlari bu yernikidan kuchli, amali zo‘r. Ko‘p
emas, uch majidiya* bersam bas, erimni o‘sha alvastining qo‘lidan qutqazib, o‘zimga
qaytarib berishardi.
Ana shundan keyin qo‘shnim rumelilik** jodugarlar to‘g‘risida uzundan-uzoq izohlar
bera boshladi:
— Bizda Orif Xo‘ja degan bir alban bor. Shu kishi duo o‘qib, to‘ng‘izning qulog‘ini dur-
binga aylantirib yuborgan. Har qanday xotin ana shu durbinni ko‘ziga tutib eriga bir
qarasa bo‘ldi: eri har qancha buzuq bo‘lsa ham darrov tuzuk bo‘lib qoladi. Nimaga de-
sang, boshqa xotinlar unga to‘ng‘izday ko‘rinib qolar ekan. Innayke-yin, Orif Xo‘ja gohi
mahallar sovundan jindek kesib olar ekanu, igna sanchib, duo o‘qigandan so‘ng yerga
ko‘mib qo‘yar ekan. Sovun tuproqda erigan sayin odamning dushmani ham turgan yeri-
da erib, ignaday ingichka bo‘lib qolar ekan.
Boyoqish xotin jodugarlar haqida shu xil hikoyalar qilib o‘tirib, tunuka tamakidonini
qo‘ldan tushirmas, ustma-ust tsigarkalar o‘rab chekar edi.
Naqadar bema’ni, ayanch so‘zlar! Ayniqsa, sovigandan so‘ng og‘riy boshlaydigan yara
haqidagi gaplari! Ajabo, shunday bo‘lishi mumkinmi? Men u zolimni hech sog‘inib,
sarg‘ayyapmanmi? Uni hech o‘ylayapmanmi?
Monastirlik qo‘shnim yuziga chaplab tashlangan bo‘yoqlari, satil soplariga o‘shagan
qoshlari, cho‘kik ko‘zlari atrofida qo‘rqinchli bir halqa tashkil etgan surmalari oldin men-
da jirkanch hissi uyg‘otgan edi. Lekin bular erini qaytarib keltirish uchun qilingan hiyla,
vosita ekanini sezganimdan keyin yuragim achishib ketdi.
Bechora xotin hamon:
— Erginamning ko‘ziga issiq ko‘rinish uchun, hatto bolalarim rizqini kesib elik, xina,
surma sotib olsam, kelinchakday yasanib-tusansam ham bo‘lmayapti. Hali aytdim-u, jo-
du qilib qo‘yishgan, — derdi.
O‘sha kundan beri eshigim g‘itillab ochildi deguncha, kirib kelayotgan qo‘shnim ekani-
ni qayrilib qaramasdanoq bilib turaman, kiradi-yu:
— Bo‘shmisan, singiljon? Picha o‘tiray, maylimi?— deydi.
Yolg‘izlik shunchalar jonimga tegdiki, uning ovozini eshitsam, suyunib ketadigan bo‘lib
qoldim. Qalamimni uloqtiraman-da, toliqqan barmoqlarimni bir necha bor ochib-yuma-
man, keyin qo‘shnimning menga allaqachon yod bo‘lib qolgan badbaxt ishqi hikoyasini
zavq bilan eshitishga tayyorlanaman.
* * * Derazamdan baland qir ko‘rinib turadi; dastlabki kunlar uning manzarasi bahrimni
ochar edi. Endi bu ham me’damga tega boshladi. Agar odam bu tumanli yonbag‘irlar
shabadasida sochlarini to‘zg‘itib yurmasa, etaklarini shamol uchirmasa, tik qoyalarda
uloqday sakrab yayramasa, uning nima keragi bor?
Oh, uydan boshimni olib chiqib ketib, dalalarda soatlarcha kezgan, bog‘ tevaragidan
panjaraga kaltak urib, daraxt shoxlariga tosh otib qushlarni cho‘chitgan kunlarim qani,
qaerda? Holbuki, Anatoliyaga kelishimdan maqsad ham shu edi!
Qizaloqligimdan beri rasm chizishni juda yaxshi ko‘raman. Maktabda hamisha to‘la
baho olib kelgan darsim shu edi. Chorbog‘da top-toza uy devorlariga, maktabdagi hay-
kallarning marmar supalariga oddiy yo rangli qalamlar bilan chizgan rasmlarim uchun
qanchalar ozor ko‘rgan, jazolar tortgan edim. Istambuldan jo‘nayotganimda chamado-
nimga birtalay rasm qog‘ozi bilan rangli qalamlar solib olgan edim.
Musofirxonadagi yolg‘izlik kunlarimda yozuv-chizuvdan siqilsam rasm solardim, bu
mening uchun yaxshigina tasalli bo‘lardi. Hatto Hoji xalfaning bitta qora qalam, yana bit-