3. Har ikkala qismi ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilgan juft otlar: g‘ala-g‘ovur, lash-lush, ikr-chikir, g‘idi-bidi.
Juft otlar vositasida ifodalangan ma’no har xil bo‘ladi: a) ma’no umumlashadi va kengayadi: qovun-tarvuz, qozon-tovoq, qo‘y-echki; b) ma’no umumlashadi va jamlanadi: o‘g‘il-qiz, ota-ona, aka-uka.
Bundan tashqari, boshqa turkumga mansub so‘zlar juftlashib, otga ko‘chishi ham mumkin. Bunday juft so‘zlar quyidagi turkumlarga doir so‘zlarning ma’no ko‘chishi asosida yuzaga keladi: issiq-sovuq, oq-qora, kam-ko‘st sifatdan; kam-ko‘st, kam-ko‘p ravishdan; yurish-turish, yeyish-ichish, yozuv-chizuv, keldi-ketdi, bordi-keldi, ur-yiqit fe’ldan; adi-badi, qiy-chuv kabi taqlid so‘zlardan.
Dostları ilə paylaş: |