Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «energo mexanika» fakulteti «avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi



Yüklə 186,55 Kb.
səhifə2/11
tarix16.03.2023
ölçüsü186,55 Kb.
#124133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Иноятова

Boshqaruv usullari – bu xodimlarga, ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir
ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida
mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud
munosabatlardan ob’yektiv tarzda kelib chiqadi.
Funktsional tizimosti ob’yektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob’yektning
tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda
qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan ob’yekt tarkibidagi bo’limlarning maqsadlari va ularning yechimi bo’yicha zarur tadbirlar aniqlab olinadi. Bu usullar boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun qo’llaniladigan usullardir.
Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda mutaxassislar: prognoz;
extropolyatsiya; regression tahlil; modellashtirish; hujum; Del’fa; omilli tahlil;
maqsadlar shajarasi va uni yechish kabi usullarni qo’llaydi.
Tashkil qilish funktsiyasini bajarishda qo’llaniladigan boshqaruv usullarini
ishlab chiqarishdagi mavjud munosabatlarni va xodimlarning faoliyat motivlarini
hisobga olgan holda quyidagicha tasniflash mumkin(8.1-chizma).
Boshqarishning nazorat funktsiyasini bajarishda qo’llaniladigan usullar tezkor,
buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog’liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya usullari xodimlarni mehnatga undaydigan barcha usullarni, ya’ni ish haqi; rag’batlantirish tizimi; foyda taqsimotida qatnashish; ma’naviy rag’batlar; yuqori lavozimlarga tayinlash; malaka oshirish kabilarni o’z ichiga oladi.
Muammoni qo’yish bosqichida qo’llaniladigan usullar muammoni batafsil
yoritishga, muammoga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni
baholashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu
usullar tarkibiga: ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari.
- muhin voqealarni qayd qilish usullari;
- qiyoslash usullari;
- modellashtirish usullariga muhim o’rin beriladi.
Muammoni hal qilish, ya’ni yechim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham
ma’lumotlarni yig’ishda qo’llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu
usullsarni qo’llashga “Nima sodir bo’ldi”? va “Qaysi sabablar ta’siri ostida bo’ldi”? –degan muammoni hal qilishga emas, balki “Muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo’llash lozim” degan savolga javob toppish nuqtai nazaridan yondashiladi.
Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me’yorlarini shakllantirishga
e’tibor beriladi. Bu yerda so’z ko’pincha maksimumlashtiradigan yoki
minimumlashtiradigan maqsadli funktsiya to’g’risida boradi. Odatda bunday tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish mezonlariga:
a) foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish;
b) xarajatni, qo’nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni minimumlashtirish.
Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash bo’yicha tadbirlar qaror
qabul qilinib, tasdiqlangandan so’ng tuziladi. Bu boshqichda qarorlar shajarasi
tuzilib, unda maqsadga erishishning barcha yo’nalish va yo’llari aniqlanadi.

Yüklə 186,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin