Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə8/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

So‘zingni sharpasi tekkanda olam bob-bob kuygay,
Dengizlar, daryolar,hxattoki ko‘llarda hubob kuygay.
Muqanna
Kamondek qoshlaring kipriklaringdan o‘q, otar doim,
Guloyin
Sening yoding bilan tinmay, hama nozu itob kuygay.
Muqanna
Yonib ishqingda qalbim kulga aylansa ajab ermas,
Ko‘zing osmonga tushganda lovullab oftob kuygay.
Guloyin
Olay toqatni qaydin ko‘zlaringga hech qarolmayman,
Muqanna, Guloyin
Tushibdir uchquning bag‘rimgaki, go‘yo kitob kuygay.


G‘azaldagi dastlabki bayt Guloyinga tegishli ekanida katta hayotiy mantiq bor. Unda qiz tilidan Muqannaning erk yo’lidagi otashin so‘zlari olamni kuydirishi mubolag‘ali yo‘sinda arz etiladi. Muqanna tilidan berilgan misrada suluv qizga mahliyo yigitning iqrori bor, xolos. Ikkinchi baytning ikkinchi misrasida Guloyin haqiqat va uning ifodachisi yo‘lida hamma narsasini kuydirganini ta’kidlaydi. Uchinchi shoxbayt Muqanna tilidan bitilgan. Unda Guloyinning chiroyi mubolag‘aning gulu darajasida ifoda etiladi. Ya’nikim, qizning ko‘zi osmonga tushib qolsa, suluvning jamolidan ko‘kdagi oftobning lovullab kuyib ketishi mumkinligi tasvirlanadi. Bu she’rda bir-biriga muhabbat kuygan yoshlarning qalb izhori ulkan san’atkorlik bilan aks ettirilgan.
G‘azalda ikki otashin qalb tuyg‘ulari tasvirida shoirning poetik mahorati, inson hissiyoti tovlanishlarini inja rang-barangligi bilan bera olish saloxiyati yorqin namoyon bo‘lgan. Shoirning mahorati sabab aslida ikki qalb tug‘yonining poetik ifodasi bo‘lmish she’r bir kishining yaxlit hissiyoti, kechinmasi tasviriday taassurot qoldiradi. Baytlardagi biri-biridan kelib chiquvchi ko‘p bosqichli tasvir silsilasi sababli bu g‘azal oshiqning ma’shuqaga murojaati tarzida qabul etiladi. Chin sevgi uchun tuyg‘uning egasi emas o‘zi muhim bo‘lganidek, g‘azal misralaridan biri Muqannaga, boshqasi Guloyinga tegishli ekani ham deyarli sezilmaydi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Hamid Olimjonning she’riyati kurashchan mohiyat kasb etdi. Shoirning o‘shanday asarlaridan biri 1942 yilning may oyida yozilib, «Qizil O‘zbekiston» gazetasining 29 oktabr sonida bosilib chiqqan «Sevgi» she’ridir. She’rda frontga ketayotgan yigit va sevgilisini kuzatayotgan qiz holati aks etgan. Ma’lumki, muhabbat joy ham, vaqt ham tanlamaydi. U jamiyatdagi vaziyat, odamlar orasidagi munosabatlar bilan hisoblashib o‘tirmaydi. Binobarin, urush ham sevgiga to‘siq bo‘lolmaydi. Lekin muhabbat zabt etgan ko‘ngil egasi ham sevgi bilan, ham urush bilan hisoblashishi kerak.
She’rning birinchi bandida oshiqning hayrlashuv onidagi so‘zlaridan o‘zini yo‘qotgan ma’shuqa holati aks ettiriladi. Yigitning: «Butun yoshligimiz jangdadir bu kun, Jangda yechilmoqda sevgi qismati» so‘zlari uning shaxsiyatiga xos belgilarni aks ettiradi. Odatda urushni kattalar boshlashadi, lekin uning azobini yoshlar tortadi. Shu ma’noda, yuqoridagi ikki misrada xam urushning, ham hayotning mohiyati ifoda qilingan deyish mumkin. Tasvirning samimiyati shundaki, dunyoda adolat o‘rnatmok uchun urushga otlangan yigitning ko‘zlarida nam ko‘rinadi. Bu — tabiiy hol. Chunki uning ko‘nglida: «Agarda qaytmasam shu mendan yodgor» tarzida naqd xavotir turibdi.
She’rda tasvirlanishicha, ma’shuqa oshig‘ining gaplariga darhol javob bermaydi. Ehtimol, o‘zbekning qiziga xos tortinchoqlik bunga yo‘l bermagandir. Lekin qizning kunglidan o‘tayotgan o‘ylar tasviri juda salmokli, tuyg‘ular xassos: «Sensiz ololmasman aslo men nafas, O’limdan og’irdir sendan ajralshi». Qizning ruhiy xolati aks ettirilgan to‘rtinchi band she’riy kashfiyotga to‘laligi bilan ajralib turadi. Qizning: «Torgina qalbimga keng dunyo qafas» iqrorida teran ma’no yashiringan va unda ulkan she’riy joziba bor. Dunyoning kengligi, qalbning kichikligi ma’lum tushunchalar. Lekin torgina qalbning keng dunyoga sig‘mayotgani, dunyoning unga qafas bo‘lib ko‘rinayotgani ifodasi – badiiy kashfiyot.
She’rning keyingi bandlarida oshig‘i ortidan jangga jo‘nagan ma’shuqa holati:
Orqangdan qolmasdan jo‘nadim jangga,
Qo‘zi ketgan kabi qo‘yning izidan.
Go‘yo quyosh oyni kuzatganiday,
O‘t bo‘lib orqangdan kezmakdaman man.
She’rda qiz qo‘llagan o‘xshatishlar xalq dostonlari va qo‘shiqlaridagi obrazlarga o‘xshab ketadi. Qo‘zi qo‘yning izidan yurishi bir umr jonliqlar bilan shug‘ullangan har bir o‘zbekka tanish. Shuningdek, kelishgan va ko‘rkam yigit-qizlarni oyu quyoshga o‘xshatish ham o‘zbekning didga xos jihatlardir.
She’rning oltinchi bandidagi juda nozik ruhiy tovlanishlar tasvir etilgan. Unda jang qilayotgan yigit elini o‘ylashi aytilgani holda qizning holati: "Men ham qasos olib to’kmakdaman qon, Elim va yorimning nomi dilimda" tarzida ifodalanadi. Bu satrlarda chiroyli estetik effekt bilan birga, kuchli hayotiy mantiq ham bor. Yigit suyukli qizni alohida tilga olmaydi. Chunki u el deganda sevgilisini ham nazarda tutadi. Sababki, qizning frontda ekanidan habarsiz yigitning nazarida ma’shuqasi ham eli bilan birga, yiroqlarda qolgan. Erkaklar qatori jang qilib, dushmandan qasos olayotgan qiz esa suyganining jangda ekanini yaxshi biladi. Binobarin, u yorining nomini dilida tutishi tasiri ishonarli va asosli. She’rning quyidagi misralarida muhabbat va urush timsollari qorishib ketgan holda tasvir etiladi:
Senga yuborganim otashin bo‘sa,
Yengil shabbodadek uchar havoda.
Jang bo‘lgan joylardan labingni izlar
Va ba’zan darbadar kezar samoda.
Bu misralarda urush davridagi muhabbat ham mavjud sharoitga mos harbiy qiyofada aks ettirilganini ko‘rish mumkin. «Sevgi»ning qahramoni – qalbiga ulkan ezgu tuyg‘ular hokim shaxs. Shuning uchun ham uning:
Dunyoda albatta bir o‘lmoq bor-ku,
Hech ajab emasdir o‘lsak jang aro.
Yov bilan kurashda oqsa qonimiz
Bo‘lmay el oldida yuzimiz qaro –
degan ko‘tarinki so‘zlari kishiga sun’iy tuyulmaydi. Ishqqa maskan yurak ko‘tarinki romantikaga to‘liq bo‘lishi ma’lum. Yuksak insoniy fazilatlarga ega kishilar uchun sharaf bilan o‘lish, tubanlik bilan yashashdan afzal ekani ajablanarli emas. Shunday insonlargina o‘limdan keyin ham o‘lmaslikka erisha oladilar. Shunday odamlargina qat’iy ishonch bilan:
Jismimiz yo‘qolur, o‘chmas nomimiz,
G‘alaba to‘yida bo‘larmiz biz ham.
Aziz do‘stlar bilan uchrashib xandon,
Qadrdon ellarga qo‘yarmiz qadam
deya oladilar. Yuqoridagi misralardan asl odam uchun jismning tirikligidan ko‘ra, ruhni pokiza saqlash muhim ekani anglashiladi. She’rning qahramoni begona joylar uchun borgan janglarda shahid bo‘lishi mumkin. Lekin u ruhan bo‘lsada, qadrdon ellar», ya’ni o‘z ota makoniga qaytishni, «aziz do‘stlar» bilan uchrashishni orzulaydi. Sevgiday o‘ta intim, faqat ikki kishigagina tegishli tuyg‘uni ezgulik, haqiqat, adolat, ozodlik singari yuksak ijtimoiy tushunchalarning qaror topishiga esh holda tasvir eta bilish shoir mahoratining ulkanligidan dalolatdir.
Xullas, otashin shoir, so‘zni olovlantiruvchi publitsist, mohir dramaturg, teran olim, usta tarjimon, tengsiz tashkilotchi, o‘tli notiq bo‘lgan Hamid Olimjonning birgina she’riyat olamiga qilingan xolis ilmiy safar undan bugungi milliy ma’naviyat va badiiy tafakkurimiz uchun kerakli bo‘lgan nodir jihatlar topish mumkinligini ko‘rsatadi. Binobarin, Hamid Olimjon badiiy tariximizda qolib ketgan ijodiy siymo emas, balki biz bilan yashayotgan va yashay oladigan harakatdagi adabiy ko‘rkamlikdir.

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin