Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish


[15.114-125, 16,70-93, 17.71-78, 18.93-95]



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə21/45
tarix11.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#131601
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Optika labaratoriya

[15.114-125, 16,70-93, 17.71-78, 18.93-95]
Ishning maqsadi: yupka plastinkadagi yorug’lik interfe­rensiyasini o’rganish va Nyuton xalqalari yordamida yorug’likning to’lqin uzunligini aniqlash.


ISH TO’G’RISIDA NAZARIY TUSHUNCHA

Ma’lumki, Nyuton xalqalari teng qalinlik interfe­rension yo’llari bo’lib, yassi plastinka va linzaning orasida hosil bo’luvchi halqasimon bo’shliq yoki biror muhit tufayli hosil bo’ladi (21-rasm).



21 - rasm
Nyuton xalqalari qaytgan yorug’likda hosil bo’lsa, marka­zida qora dog’ bo’lib, uning atrofida navbatlashib keluvchi yorug’ va qorong’i konsektrik aylanalar hosil bo’ladi. Bu manzaraning shakli linza va yassi plastinkaning sirtlari qanchalik sifatli ishlanganligiga bog’liq bo’ladi. O’tuvchi yorug’lik kuzatilganda esa oq va qorong’i dog’lar qaytgan nur­dagiga nisbatan teskari joylashgan bo’ladi. Amalda qat’iy konsentrik aylanalardan iborat manzarani olish ancha mu­rakkab vazifadir.
Yassi parallel plastinkaga yassi to’lqin tushayotgan bo’lsin. Plastinkaning sindirish ko’rsatgichi n va qalinligi d bo’lsin. Vaqtning ma’lum bir paytida to’lqin fronti B­O1 vaziyatda bo’ladi (22-rasm) deb qaraymiz.

D
22 - rasm
O1 nuqtadagi to’lqin plastinka ichiga sinib o’tadi va unda tarqala boshlaydi. Plastinkaning NN sirtidan D nuqtada qisman qaytib, O2C yo’nalishda plastinkadan chikadi. B nuqtadagi to’lqin esa, MM sirt O2 nuqtasidan qisman qaytadi va u ham O2C yo’nalish bo’ylab ketadi. Bu kogerent to’lqinlar C nuqtada uchrashguncha biri O1D+DO2 yo’lni yursa, ikkinchisi esa BO2 yo’lni bosib o’tadi. Bu nurlar qo’shilishida C nuqtada interferensiya ro’y beradi. Endi kogerent qo’shiluvchi to’lqinlarnint yo’llar farqini topaylik va ularning kuchayish va susayish shartlarini aniqlaylik. Bu to’lqinlarning geometrik yo’l farqi
(9.1)
bo’ladi. Ammo fazalar farqini hisoblashda ikki hol­ni hisobga olish kerak:
1. Birinchi to’lqin, sindirish ko’rsatkichi n bo’lgan muhitda harakat qiladi, shuning uchun ham optik yo’l farqi to’g’risida gapirish kerak bo’ladi. Birinchi to’lqinning op­tik yo’li:
(9-2)
Ikkinchi to’lqin, optik zichligi katta bo’lgan muhitdan qaytayotgani uchun O2 nuqtadan qaytganda yarim to’lqin yo’qotadi, shuning uchun ham optik yo’l farqi quyidagiga teng bo’ladi:
(9-3)
Ikkinchi tomondan O1DO2 uchburchakdan

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin