Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə26/45
tarix11.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#131601
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Optika labaratoriya

ASBOBNING TAVSIFI

SU-4 saxarimetrining optik sistemasini batafsilroq ko’rib o’taylik. 29-rasmda: 1-okulyar, 2-burilish burchagini ko’rsatuvchi okulyari, 3-kamera qopqog’i, 4-filtr, 5-­yoritish lampasi, 6-kalit, 7-asos taglik, 8-okulyarni ko’rish maydoniga fokuslovchi vint, 9-ponani siljituvchi friksi­on gildirak dastasi, 10-yoritilganlikni sozlovchi rezistor dastasi, 11-analizator va pona o’rnatilgan korpus, 12­-polyarizator.


Saxarimetrda polyarizator 2-ta prizmadan: katta P prizma va shu yerning o’zida, katta prizma orqasiga o’rnatilgan P1 prizmadan tashkil topgan bo’ladi (27-rasm).
M manbadan chiqqan yorug’lik (27-rasm) asbobning D doira­simon tirqishiga tushadi, tirqish L linzaning fokusiga joylashganligi uchun linzadan o’tayotgan yorug’lik parallel nurlar dastasini hosil qiladi.
L linzadan o’tayotgan yorug’lik P prizmadan o’tgandan so’ng muayyan tekislikda yassi qutblanadi. Bu qutblangan yorug’lik nurlarining bir qismi tekshirilayotgan eritma quyilgan T trubkadan o’tib, A analizatorga tushadi. Yorug’likning ikkinchi qismi bu trubkaga tyshishdan oldin kichik P1 prizmadan o’tadi, shuning uchun bu yorug’likning qutblanish tekisligi bir oz burilgan bo’ladi. Analizator yorug’lik das­tasining bir qismini to’liq o’tkazmaydigan holatga kelti­rilganida ham undan yorug’lik dastasining ikkinchi qismi qisman o’tadi. Natijada doirasimon ko’rish maydonining ikkita yarim doiraga ajratilgani kuzatiladi. P prizma­ning qirrasi bu ikki yarim doiraning ajratiltan chizig’i bo’ladi. Analizator optik aktiv modda quyilgan T trubka o’rnatilganiga qadar va u o’rnatilgandan keyin ko’rish maydo­nini birday yoritilganligiga erishilguncha to’g’rilanadi.
Analizatorning burilish burchagi shu analizator bilan bog’liq bo’lgan konusning qo’zg’olmas limb ustida siljishi­ga qarab aniqlanadi. O’lchashlarni bajarishdan oldin sa­xarimetrning solishtirma burilish doimiysini aniqlab olish kerak. Buning uchun konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan eritma tayyorlanadi va φ=[] Sl/100 ifodadan [] aniqlanadi.
Kerakli asbob va materiallar: SU-4 saxarimetri, trub­kalar, kolba, probirkalar, ariometrlar, qand eritmasi, distillangan suv.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin