Yo‘qol, ey, jimjimador adabiy inja so‘zlar, Tarqal yolg‘onu yashiq, g‘iybatlarning to‘dasi. Nurin sochib maftunkor nafisu shahlo ko‘zlar, Sarxush etadi meni sevgining ilk bo‘sasi. Xayol tasavvurga asir qofiyabozlar, Yetar chuchmal tuyg‘ular va ohanglar chashmasi. Sovuq sonetlaringiz – bachkana ehtiroslar, Sizga tanishmas jonbaxsh sevgining ilk bo‘sasi. «Sevgining ilk bo‘sasi» she’ridan olingan ushbu parchada lirik
qahramon jamiyatning illatlarini tanqid ostiga oladi. Bachkana
ehtiroslardan xoli bo‘lgan porloq tuyg‘ular jarchisiga aylanadi. Yoki
«Bosh suyakdan qilingan kosadagi yozuv» she’ridagi ushbu satrlar
inson umrining o‘tkinchiligi haqidagi falsafiy fikrlarni ifodalashga
intiladi.
Qo‘rqma: men oddiy suyakman, xolos, So‘ngan qalbimni eslab, qilma xumori. Endi bu kosadan chiqolmas paqqos U tirik boshlarning shum kirdikori. Men senday yashadim, sevdim va ichdim, Endi-chi, jonsizman, to‘ldirib may quy! Mastlik jinniliging ranjitmas, kechdim, Qurtlar chaynagandan shu menga ma’qul. Xullas, Bayron she’riyati mavzu jihatdan g‘oyat rang-barang.
Unda mavjud tartiblarga qarshi isyonkorlik ruhi kuchli bo‘lib, davrn-
ing shiddatkor voqeligini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zidan keyingi jahon adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Bay-
ron o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. Uning qator she’r va doston-
lari Hamid Olimjon, Shukrullo, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad
Ali, Maqsud Shayxzoda, Rauf Parfi, Abdulla Sher, Sulaymon Rah-
mon tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.