O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Alkey (m.av. 630–640 yy. tug‘.) Lesbos orolining poytaxti Mit-
ilena shahrida badavlat oilada tug‘ilgan. Shoir, taxminan miloddan 
oldingi VII – VI asrlar o‘rtasida ijod qilgan. Bu davrlarda zodagon-
lar bilan quyi tabaqa o‘rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar 
juda keskinlashib ketgan edi. Uning ijodida siyosiy kurashlar, fuqa-
rolar urushi, muhojirlar hayotini aks ettirish asosiy o‘rinni egallagan 
bo‘lsada,  muhabbat  mavzularida  ham  juda  ko‘p  jo‘shqin  misralar 
yaratgan. Lesboslik shoira binafsha soch, nozik tabassumli, Sapfo 
sharafiga ham she’rlar bitgan. 
Binafsha soch ey Sapfo,
Hushtabassum, musaffo.
Senga bir so‘z aytgim bor,
Ammo yo‘l qo‘ymaydi or.
(Erkin Vohidov tarjimasi) 
Alkey  o‘z  she’rlarida  Lesbos  taxtiga  o‘tirgan  Pittakni  tanqidga 
olganligi sababli uzoq o‘lkalarda quvg‘inda yashashga majbur 
bo‘lgan. 
Yakkaxon lirikaning vazni rang-barang, baytlari esa g‘oyatda 
nafis bo‘lgan. Shoir ixtiro qilgan turli-tuman vaznlar bilan monodik 
lirikani mislsiz yuksak san’atkorlik cho‘qqisiga ko‘tardi. Alkeydan 


57
keyin jahon she’riyatida abadiy o‘rnashib qolgan bir vazn hamon 
ulug‘ shoirning nomi bilan ataladi.
Alkey o‘z she’rlarida ertangi kuniga katta umidlar bog‘lamaydi. 
O‘zi yashayotgan polisni to‘lqinlar taloto‘pi ichra dengizda suzayo-
tgan kemaga qiyoslaydi. Shoir Siyosiy mazmundagi she’rlardan 
tashqari, quvonch va qayg‘u, muhabbat izhori, qahraton qish va 
jazirama yoz mavzularida, dasturxon atrofidagi gurung qo‘shiqlarini 
ham yaratgan. Bu qo‘shiqlar ijodkorning ulfatlari oldida o‘z tuyg‘u 
hamda  fikrlarini  bayon  etish  vositasi  bo‘lgan.  Ularning  aksariyati 
qayg‘u va alamlarni unutish uchun mayxo‘rlik qilishga undov bilan 
tugallanadi. Alkey o‘z qo‘shiqlarida “may bor joyda haqiqat bor”, 
“may-insonlar ko‘zgusi” degan iboralarni qo‘llagan. 
Qadimgi Yunonistonda Alkey  she’rlarining  g‘oyat  keng  tarqal-
ganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shoirning asarlari Aleksandriya 
olimlari tomonidan mazmuniga qarab, o‘n jildga ajratilgan. 
Manbalardan  ma’lum  bo‘lishicha, Alkeyning  she’rlari  o‘zining 
muxtasarligi, tilining ravonligi, misralarning nafis va ohangdorligi 
hamda o‘lchovlarning rango-rangligi bilan antik dunyo kishilarini 
o‘ziga maftun etgan va keyingi davrlar adabiyotiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatgan. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin