O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Sapfo (m.av 612-yili tug‘ilgan) Alkeyning zamondoshi va vatan-
doshi  bo‘lgan  shoira  Sapfo  zodagon  oilasida  tug‘ilgan.  Mitilana 
hukmroni Pittak davrida bir necha yil Sitsiliya orolida quvg‘inlikda 
bo‘lgan.  Vataniga  qaytib  kelgach,  maktab  ochib,  bu  yerda  yosh 
qizlarni  turli  bilimlarga:  musiqa,  ashula,  raqs  va  she’r  to‘qishga 
o‘rgatadi. Maktabda nafaqat Yunonistonning uzoq-yaqin yerlaridan
hattoki boshqa mamlakatlardan kelgan qizlar ta’lim olgan.
Qadimgi  manbalarda  Sapfoning  o‘nta  kitob  yozgani  haqida 
ma’lumotlar keltirilgan. Biroq bularning barchasi, nasroniy ruhoni-
ylarining amriga ko‘ra, IX asrda yondirib yuborilgan. Alkey ijodi 
uchun asosan ijtimoiy-siyosiy voqealar zamin bo‘lgan bo‘lsa, Sapfo 
she’riyati asosiy mavzusi shaxsiy kechinmalar, yurak tuyg‘ulari bi-
lan  chegaralangan;  deyarli  yagona  mavzu  –  sevgi  va  go‘zallikdir. 


58
Bizgacha yetib kelgan she’riy parchalarda muhabbat nash’asi, yor 
vasliga yetish shodliklari haqida hikoya qiluvchi misralar bor. Lekin 
Sapfoning aksariyat baytlaridan xotin kishining yurak dardlari – rad 
etilgan muhabbat, ayriliq, hijron, rashk va intizorlik sadolari eshiti-
ladi, shoira o‘zining muhabbat yo‘lida chekkan iztiroblari, dog‘u 
hasratlari haqida nola qiladi. Antik davr kishilari ulug‘ shoirani faqat 
dardmand ma’shuqa sifatida taniganlar.
Sapfoning ikkita she’ri to‘la holda yetib kelgan. Afroditaga atal-
gan mazkur she’rlardan birida, shoira sevgi ma’budasiga iltijo qilib, 
ishq dardida o‘rtangan qalbiga tasalli berishini, musibatli damlarda 
ko‘makdosh  bo‘lishini  so‘raydi.  Ikkinchi  she’rda  esa  Sapfo  mah-
buba  husnining  sehrli  jozibasini  ta’riflaydi. Antik  dunyoda  o‘tgan 
qalam ahli orasida ishq sharorasini bunchalik jo‘shqin ifodalagan 
birorta shoirni topib bo‘lmaydi.
Tangri ulkim, sening jamoling,
Husn ichra buyuk kamoling
Ko‘z oldida erur har zamon.
Bahra olur takallumingdan,
Lazzat topur tabassumingdan,
Muhabbating mulkiga sulton.
Sening chehrang, go‘zal dilrabo,
Ko‘z oldimda bo‘lganda paydo
Ko‘ksim yonur, tilim bo‘lur lol.
Goh muz titroq chirmashar tanga,
Goh vujudim chulg‘ar alanga,
Men behudman, men oshuftahol.
Borlig‘imda otash hayajon,
Ko‘z oldimni qoplab zimiston,
Oyog‘imda turolmam xasta.
Boshlarimdan quyar sovuq ter,
So‘lgan o‘tman, tortar meni yer,
Nafasim yo‘q, so‘naman asta...
(Erkin Vohidov tarjimasi) 


59
Ishqiy  she’rlardan  tashqari  Sapfo  epitalamalar  (nikoh  to‘yi 
qo‘shiqlari) ham ijod qilgan. Qadimda o‘zimizning “yor-yor”lar qa-
bilidagi bunday qo‘shiqlarni qiz-juvonlar, yigitlar aytib kelinchakni 
kuyovning uyiga kuzatib borganlar.
Sapfo  ijodining  butun  mohiyati,  olamshumul  tarixiy  ahamiyati 
she’riyatda insonning ichki hissiyot dunyosini, go‘zallik olamini 
ochganligidadir.
Shoiraning yunon she’riyatining vazn doiralarini yanada kengay-
tirishi natijasida lirikaning ravon va ohangdor bo‘lishiga keng yo‘l 
ochildi. Sapfo she’rlari atoqli shoir E.Vohidov tomonidan o‘zbek ti-
liga o‘girildi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin