24
1. 8. Mehnatni muhofaza qilish sohasida standartlashtirish
Standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarishda faol rol
oʻynaydi. U texnik jarayonni jadallashtirish, mehnat unumdorli-
gini oshirish va mahsulot sifatini
yaxshilashga qaratilgan
majburiy qoidalar va talablarni belgilash va qoʻllash boʻyicha
organlar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyani ifodalanadi.
Standartlarga rioya etilishi va bajarilishi ustidan nazoratni
Davlat standarti organlari, kasaba uyushmalari va tashkilotlarining
texnik mehnat inspeksiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
1993-yil
28-dekabrda
Oʻzbekiston Respublikasining
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi va kuchga
kirdi.
Respublikada standartlashtirish boʻyicha ishlarni tashkil
etish, muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash quyidagilar tomo-
nidan amalga oshiriladi:
• milliy iqtisodiyot tarmoqlarida - Oʻz standarti:
• qurilish, qurilish industriyasi, shu jumladan loyihalash va
qurish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura
va qurilish qoʻmitasi (Davlatarxitektura qurilishi):
• tabiiy resurslardan
foydalanishni tartibga solish, atrof-
muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish
sohasida – Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
davlat qoʻmitasi (Davlat qoʻmitasi):
• tibbiyot buyumlari, tibbiyot texnikasi,
dori vositalari
sohasida, shuningdek respublika sanoatida ishlab chiqariladigan,
shu jumladan import orqali yetkazib beriladigan mahsulotlar
tarkibidagi inson uchun zararli moddalarni aniqlash masalalari
boʻyicha – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Oʻzbekiston Respublikasida toifalarni standartlashtirish
uchun quyidagi normativ hujjatlar qoʻllaniladi:
• xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
25
• OʻzR
standartlari;
• sanoat standartlari;
• texnik shartlar;
• korxona standartlari;
• xorijiy davlatlarning milliy standartlari.
Xoʻjalik subyektlari tomonidan standartlarning majburiy ta-
lablariga va standartlashtirish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari-
ga rioya etilishi ustidan davlat nazorati “Oʻzstandart”, “Davlatar-
xitekqurilish”, “Davlat tabiatqoʻmitasi”, Sogʻliqni saqlash vazir-
ligi va ularning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Standartlarning majburiy talablariga rioya
etilishi ustidan davlat
nazorati quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
standartlarni nazorat qilish boʻyicha viloyatlar, shaharlar
bosh davlat inspektorlari:
- Oʻzbekiston Respublikasi standartlarni nazorat qilish
boʻyicha bosh davlat inspektorlari:
- standartlarni nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari.
Dostları ilə paylaş: