38
Koʻpgina xavfli moddalar umumiy toksik ta’sirga ega.
Bularga aromatik uglevodorodlar va ularning amido-nitro
hosilalari (benzol, toluol, ksilen, nitrobenzol, anilin va boshqa-
lar) kiradi. Simoborganik birikmalar, tetraetil qoʻrgʻoshin, fos-
fororganik moddalar, xlorli uglevodorodlar (toʻrt xlorid uglerod,
bixleretan va boshqalar) juda zaharli hisoblanadi.
Kislotalar, ishqorlar, shuningdek, xlor, ftor, oltingugurt va
azot oʻz ichiga olgan birikmalar (fosgen, ammiak, oltingugurt va
azot oksidi, vodorod sulfidi va boshqalar)
yalligʻlantiruvchi ta’-
sirga ega. Kontaktda ular yalligʻlanish reaksiyasini keltirib chi-
qaradi va nafas olish organlari, teri va koʻzning shilliq pardalari
birinchi navbatda ta’sirlanadi.
Sensibilizatsiya qiluvchi moddalarga inson tanasiga nisba-
tan qisqa ta’sir koʻrsatgandan soʻng, uning ushbu moddaga oʻta
sezgir boʻlishiga olib keladigan moddalar kiradi. Keyinchalik,
hatto qisqa muddatli ushbu modda bilan aloqa qilish bilan, odam
oʻtkir reaksiyalarni boshdan kechiradi, bu koʻpincha terining
oʻzgarishiga, astmatik hodisalarga va qon kasalliklariga olib
keladi. Bunday moddalar simob, platina, aldegidlarning (formal-
degid) ba'zi birikmalaridir.
Kanserogen moddalar Inson tanasiga kirgandan keyin xatarli
oʻsmalarning rivojlanishiga sabab boʻladi. Bularga polisiklik
aromatik uglevodorodlar, 7,12-dimetil benzoatratsen, 3,4-benzo-
piren, 1,2-benzatratsen, aromatik aminlar, asbest changlari kiradi.
Mutagen faollikdagi zaharlar organizmning pusht va soma-
tik hujayralarining genetik apparatiga ta’sir qiladi. Etilenamin,
uretan, organik peroksidlar, xantal gazi, etilen oksidi, formalde-
gid, gidroksilamin va boshqalar mutagen faollikka ega.
Dostları ilə paylaş: