Reproduktiv funksiya (naslning reproduktiv funksiyasi) ga
ta’sir qiluvchi moddalarga benzol va uning hosilalari, uglerod
39
disulfidi, xloropren, qoʻrgʻoshin, surma, marganets, zaharli kim-
yoviy moddalar, nikotin, etilenamin, simob birikmalari va bosh-
qalar kiradi.
Inson tanasiga ta’sir qilish darajasiga koʻra, barcha zararli
moddalar 4 sinfga boʻlinadi:
- favqulodda xavfli moddalar (3,4-benz (a) piren, simob,
qoʻrgʻoshin, ozon, fosgen va boshqalar);
- oʻta xavfli moddalar (azot oksidi, benzol, yod,
marganets, mis, vodorod sulfidi, oʻyuvchi ishqorlar, xlor va
boshqalar);
- oʻrtacha xavfli moddalar (aseton, ksilen, oltingugurt
dioksidi, metil spirti va boshqalar);
-kam xavfli moddalar (ammiak, benzin, skipidar, etil spirti,
uglerod oksidi va boshqalar)
Moddaning xavflilik klassi ish joyining havosidagi ruxsat
etilgan chegaraviy konsentratsiyaga (REChK, mg/m
3
), qarab
belgilanadi.
Xavf sinfini baholashda hal qiluvchi omil inqiroz sharoitida
xavfning eng katta darajasini koʻrsatadigan koʻrsatkichdir.
Sanoat changi juda keng tarqalgan va zararli sanoat
omilidir.
ATKda chang emissiyasi avtomobillarga kundalik texnik
xizmat koʻrsatish, metall va yogʻochni qayta ishlash, avtomobil-
lar va agregatlarni demontaj qilish, transport vositalari va agre-
gatlarni boʻyash, termik va galvanik ishlov berish va boshqa
texnologik jarayonlar bilan bogʻliq.
Kelib chiqishi boʻyicha chang organik va noorganik turla-
riga boʻlinadi.
Organik chang tarkibiga oʻsimlik changlari (yogʻoch, zigʻir,
un), hayvonlar (jun, soch, maydalangan suyaklar), kimyoviy
(plastmassa, kimyoviy tola va boshqa organik mahsulotlar) kiradi.
|