O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 5. Nafas a’zolarining shaxsiy himoya vositalari



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

6. 5. Nafas a’zolarining shaxsiy himoya vositalari 
Nafas olishdagi havo orqali ta’sir qiluvchi xavfli va zararli 
ishlab chiqarish omillaridan kishi nafas olish a’zolarini himoya 
qiluvchi moslamalar toʻrt xil boʻladi: gaz niqoblar, resperatorlar, 
havo shlemlari va havo niqoblari. Bular kishining ish joyidagi 
havoda aralashgan har xil iflosliklardan (bugʻ, gaz, aerozollar, 
changlar) va kislorod yetishmasligidan samarali himoya qilishi 
kerak. Ularni tanlashda sexdagi havo muhitining tarkibi va 
holatini, ishlab chiqarish jarayoni va boshqa mehnat sharoitlarini 
hisobga olish kerak. Nafas a’zolarining shaxsiy himoya 
vositalari ishlash prinsipi boʻyicha ikki turli – filtrlovchi (F) va 
ixotalovchi (I) boʻladi.
Filtrlovchi turlari sex havosida kislorod miqdori yetarli 
(18%dan koʻp) boʻlganda va zararli moddalar miqdori kam 
boʻlganda qoʻllaniladi. Ixotalovchi himoya vositalari esa zararli 
moddalar sex havosida chegaralanmagan va kislorod esa yetarli 
miqdorda boʻlmagan hollarda ishlatiladi. Oʻz navbatida 
filtrlovchi himoya vositalari konstruksiyasi boʻyicha – ichakli, 
nafas olish uchun havoni toza zonadan olib beruvchi va avtonom 
nafas olish uchun shaxsiy manbai boʻlgan turlarga boʻlinadi.
Filtrlovchi resperatorlar ham gazniqoblar singari sex 
havosidagi aerozol, bugʻ va gazlarda kislorod miqdori 18 foizdan 


82 
kam boʻlmagan hollarda ishlatilib, ular uch turli boʻladi: aerozol-
lardan himoyalovchi, gazlardan himoyalovchi va universal. AT 
sanoati korxonalarida asosan changlardan himoyalovchi turi 
ishlatiladi.
a b 
6. 8-rasm. Resperatorlar turlari.
a-bir marta ishlatiladigan. b-koʻp marta ishlatiladigan.
Ishlash muddati boʻyicha resperatorlar bir marta ishlatishga 
yaraydigan (“lepestok”, “Kama”, U-2K, 5. 5a-rasm) va koʻp 
marta ishlatiladigan (6. 8 b-rasm) turlariga boʻlinadi.
Filtrning ishga yaroqsiz boʻlib, toʻlib qolganligining belgisi 
nafas olishning qiyinlashganidan bilinadi. Bu yengil va oʻrta 
ogʻirlikdagi ishlarda nafas olishga qarshilik 100 Pa dan, ogʻir 
ishlarda esa 70 Pa dan boshlab seziladi. Bunday holat yuzaga 
kelganda filtrlar almashtiriladi yoki changdan tozalanadi (rege-
neratsiya qilinadi). Buning uchun filtrga oʻtirib qolgan changni 
silkitib qoqib tashlanadi, bunda yaxshi tozalanmasa, qarama-
qarshi tomondan siqilgan toza havo bilan puflab tozalanadi, 
bunda ham yaxshi samara bermasa, uni almashtiriladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin