O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə15/24
tarix21.10.2017
ölçüsü1,92 Mb.
#8185
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24

TAYANCH IBORALAR:


  1. Jan Rey bo`yicha yonish, R.Boylp, ximiyaviy xossalar,reaktsion qobiliyat,Alximiya,Flogiston.


. Hozirgi zamon Kimeyo fanining tarkibi (anorganik va organik kimyo) va vazifalari. Kimyoviy elementlarning muayyan tizimga solinishi va davriyligini belgilovchi omillar.Tabiatda uchraydigan kimyoviy elementlar va ularning xalq xopjaligida, sanoatda ishlatilishi.

Farg`ona vodiysining kimyo tarixi.

Inson aqlini tanibdiki, extiyojlarini qondirish borasida faoliyat ko`rsatadi. Fanlarni har xil bo`lishi ham ana shu ehtiyojni har xilligidan kelib chiqqan.

Kimyo fani xuddi ana shu ehtiyoj fanlardan biri. Insonlar juda qadimdan to`yimli yuqori bo`lgan oziq- ovqat maxsulotlarini, dori-darmonga boy o`simliklarni bilishgan. SHuningdek, teri oshlashni, tolalar ajratib olishni, metallar suyuqlantirishni kashf etganlar. SHubhasiz ular nomaplum kimyogarlardir.

Farg`ona vodiysidagi arxeologik ashyolarning ko`pchiligi avlodlarimizni kimyoning sirlaridan juda qadimdan voqib bo`lganligini bildiradi.

Ko`xna Farg`ona miloddan avvalgi bir asrda koshonalar saltanati tarkibiga kirgan bo`lib, uning hududida dexqonchilik, chorvachilik va ipakchilik bilan birga metallurgiya, shishasozlik, kulolchilik, yapni sopol buyumlarni sirlash rivojlangan. Bu davrda surmadan tayyorlangan vaza va shunga o`xshash buyumlar yuqori baholangan. Maplumki, sopol idishlarini sirlashda surma oksididan foydalaniladi. SHuningdek, bu yerlarda yashagan xalqlar surma birikmasidan (surma yaltirog`i) ko`z kasalliklarni davolashda foydalanishgan bo`lishi kerak. Bu birikma “Surma” deb atalib, u keyinchalik pardoz moddasi sifatida ishlatilgan. Xuddi ana shunday pardoz buyumlari janubiy Farg`onada olib borilgan arxeologik va kontsentratsiya qidirish ishlari paytida ayollar dafn etilgan qabrlardan bir necha marta topilgan.

Koshonalar saltanati yemirilgandan so`ng Farg`ona Yettisuv cho`llaridan tarkib topgan turklar davlat tapsirida bo`lgan. Ularni o`troq xalqlar bilan yaqindan munosabatda bo`lishi, bu yerlarda fan madaniyat va sanxati yanada rivojlanishiga olib keladi. Aksikent, Novkent, Kuba (hozirgi Quva) kabi shaharlar vujudga kelib, ularda ayniqsa shishasozlik surma birikmalaridan foydalaniladigan keramika sanoati yanada taraqqiy etdi. Balki mahsulot shu davrda Farg`onaning qadimgi “surmoq”, “surkash” kabi so`zlardan kelib chiqqan. Xalq tilidagi “surma” turkiy tilga, so`ng boshqa tillarga o`tib, keyinchalik rus tilida “surma” elementni nomini olgan bo`lsa kerak.

Surma va uning birikmalaridan Vodiy shaharlarida foydalanishi janubiy Farg`ona tog`larida surma konlari mavjudligini juda qadimdan bilganligidan dalolat beradi. Buni yana bir isboti shundaki, Isfayram daryosining irmog`i, shu yerdagi tog` tizimlaridan birini Surmatosh deb atalishidir. SHuningdek, Farg`onada juda qadimdan surma haqida qo`shiqlar to`qilgan bo`lib, go`zal qizlarga Surmaxon ism qo`yilib kelinadi.

Hozirgi kunda dunyo bo`yicha eng sifatli metall Farg`onaning Qirg`izton huddida joylashgan Qadamjoy surma kombinatida olinadi. Xuddi shu joylashgan tog`lardan juda qadimdan simob suyuqlantirib olinadi.

Farg`onani butun olamga tanitgan 797-861 yillarda yashab ijod etgan buyuk vatandoshimiz Axmad Farg`oniy o`z davrida jahon ilm faniga beqiyos xissa qo`shgan entsiklopedist olimlardan biridir. Uning kashfiyotlari ming yildan ortiq vaqt o`tibdiki, dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Axmad al Fag`oniy buyuk matematik, astronom bo`lishi bilan birga barcha astronomik asboblarning mohir ustasi ham bo`lgan. U astrologiya asosiy asbobi shunday takomillashtiradiki, hozirgi kungacha o`zgarishsiz ishlatilib kelinmoqda. Albatta bu asboblarni yaratishda, ularni takomillashtirishda juda mustahkam metall kotishmalaridan foydalanilgan. Axmad al Farg`oniy yaratgan Bog`dod va Damashiqdagi rasadxonalari, Nil daryosi suvini doimiy kuzatib turish imkoniyati beruvchi inshoat (nilmetr)ni yaratishda foydalanilgan tog` jinslari, minerallari, metall va boshqa qotishmalar uni o`sha davr kimyogarlari qatoriga kiritish mumkinligini ko`rsatadi. Buni isboti shundaki, hozirgi kunda uzoq vaqt suvning yemirish kuchiga teng tsement yaratilgani yo`q.

Keyingi davrdagi Farg`ona vodiysida yaratilgan memorchiliklarda foydalanilgan bo`yoqlar, qurilish materiallari, zargarlik buyumlari, temir va uning qotishmalaridan tayyorlangan asbob-uskunalar, pichoq-xanjar, teri oshlash va boshqalar kimyoviy ishlab chiqarishini takomillashib borganligidan dalolat beradi.

Farg`onada hozirgi zamon kimyo sanoati 1930 yillarda boshlangan. 1931 yilda Farg`ona yog`-moy zavodi maxsuot bera boshladi; keyinchalik Qo`qon moy zavodi ishga tushirildi. O`zbekistonda birinchi bo`lib, yuz xildan ortiq turdagi o`simliklarning danagidan yuqori sifatli moy qoldiq mahsulotidan gasipol va yuqori sifatli oqsil ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi, shuningdek, bu yerda paxta moyini gidrogenlashda yangi katalizatorlarning qo`llanilishi ishlab chiqildi. Bunda 220 gradus temperaturadan 170 gradusdan 160 gradusgacha tushurish iqtisodiy foyda keltirildi. 1935 yilda Qo`qon o`g`it aralashtirish zavodi ishga tushirilib, keyinchalik u fosforli o`g`itlar zavodiga aylantirildi.

1938 yilda Quvasoy tsement ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu yerda dunyo praktikasida birinchi marta yangi tsement ishlab chiqildi. Bu yuqori, sifatli tsement portlanttsement asosida juda katta suv omborlari va kanallar qurish uchun zamin yaratildi.

1947 yilda Fag`ona from birikmalari ximiya zavodi 1959 yilda yirik Farg`ona azotli o`g`itlar zavodi, Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi kimyoviy mahsulot bera boshladi. SHu yillarda Farg`ona neft tarkibida oltingugurt saqlovchi xalqali uglevodlarning ko`p bo`lishi aniqlandi. 1963 yilda Farg`ona kimyoviy tolalar zavodi va boshqa qimyo ishlab chiqarish zavodlari qurildi.

SHu yillarda farg`ona Moskvadagi plastmassa ilmiy-tekshirish institutining filiali ish boshladi. YU,Ostrovolkov, YU.Mamatovlar yaratgan “Ferganiy-1” o`ta chidamli qoplama mahsulot, 1972 yilda Leyptsigda o`tkazilgan xalqaro yarmakada yuqori baxolandi.

SHu 1960 yildan boshlab S.Teshaboev va uning shogirdlari tomonidan Markaziy Farg`onaning tuprog`i, suvi va o`simliklarining mikroelement tarkibini o`rganish boshlandi.


20-asrda anorganik kimyo fanining shakllanish va rivojlanish tarixi.
Insonning madaniy hayotga birinchi bor qadam qo`yishi yonish hodisasi, yapni olov bilan bog`langan. Atmosfera havosida yuz bergan chaqmoqning quruq daraxt va o`tga tapsiridan olov paydo bo`lishi ibtidoiy odamlarni dastlab xayratga solgan va qo`rqitgan, sekin-asta ularning o`zlari ham olov xosil qilishga o`rganganlar.

O`rta asrning buyuk allomalari Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Inb Sino va Abu Rayxon Bruniylar o`z davrlarida kimyoning ham nazariy ham amaliy jihatdan rivojlanishiga kata hissa qo`shdilar.

Abu Nasr Farobiy (870-950 yillar) tasavvurida jamiki moddiy dunyoning asosida birlamchi materiya yotadi. U biz idrok etadigan moddiy dunyo to`rt “ildizdan”, yapni to`rtta boshlang`ich elementdan - o`t, havo, suv, va yerdan tashkil topganligi haqidagi qadimgi dunyo faylasuflarining fikrini tasdiqlaydi. Farobiy mashxur shifokor sifatida amaliy kimyoni rivojlantirishga katta hissa qo`shdi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) amaliy kimyoning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan, lekin alkimyogarlarning temirni oltinga aylantirish yo`nalishidagi ishlarini asossiz, amalga oshirib bo`lmaydigan jarayon deb qaragan. Abu Ali ibn Sino bu haqda “bir xil metalni ikkinchi bir metallga aylantirish imkoniyati menga tushunarli emas. Aksincha men buning imkoniyati yo`q deb hisoblayman, chunki bir metall jismni ikkinchi metall jismga aylantirishning iloji yo`q. Oddiy jism o`zidan boshqa jismni ajratmasligi kerak”, deb yozgan edi. SHunday qilib, Abu Ali ibn Sino asarlarida anorganik kimyoning dastlabki kurtaklari paydo bo`lgan edi.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yillar) o`zining “Mineralogiya” deb nomlangan mashhur asarida o`sha davrda maplum bo`lgan metallar, ulardan tayyorlanadigan qotishmalar, metallarning rudalari, rudalarni kovlab olish va ularga ishlov berish, rangli metallar va qimmatbaho toshlarning xossalarini o`rganish, ayniqsa minerallarning soltishtirma og`irliklarini aniqlash yuzasidan olib borgan ishlari kimyo fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. “Xindiston” deb nomlangan asarida u “rivojlanish - bir narsaning ikkinchi boshqa narsaga aylanishidir, butun borliq doimo o`zgarishda va rivojlanishda - tabiatning kuchi aynan shudir” degan mhim ilmiy xulosaga keladi. Abu Rayxon Beruniy o`zining shu asarida har bir narsani o`rganish shu narsani tashkil qilgan tarkibiy qismlarni (elementlarni) o`rganishdan boshlanadi deb yozgan edi.

Aytilganlar shundan dalolat beradiki, o`rta asrda SHarq mamalakatlarida, xususan O`zbekiston Respublikasi hududida kimyoviy fikr va ilmiy dunyoqarash yuqori darajada bo`lgan, amaliy kimyo ancha rivojlangan.

Buning isboti sifatida 9-12 asrlarda Markaziy Osiyo hududida mis(Zarafshonda,Asfaratt tog`larida,Soxda, Oloyda, Novkentda, Olmaliqda, Oqtoshda, Oqsuv atrofida), qo`rg`oshin va kumush (Oltintopgan,qo`rg`oshin kon), simob (CHovoy,Xaydarkon,Laylak), oltin (Oltinqozg`on,Obiraxmat), qalay (Turkston tog`larida), temir (CHirchiq, Sayram, SHahrisabz) rudalari topilib, ulardan metall olish yo`lga qo`yilganligini eslatib o`tish yetarlidir.

Keyingi yillarda O`zbekiston kimyo fani va kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. O`zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishda ayniqsa, akademiklardan S.YU.YUnusov, O.S.Sodiqov, M.N.Nabiev, X.U.Usmonov, K.S.Axmedov va boshqalarning xizmatlari kattadir. Siz kimyo kursining tegishli mavzularida ularning ishlari bilan tanishib borasiz.

O`zbekiston kimyo sanoatida yiliga 2 mln. tonnadan ortiq mineral o`g`it, 120 ming tonnadan ortiq o`simliklarni kimyoviy muhofaza qilish vositalari, 1,35 mln.tonna sulfat kislota, 50 ming tonna kimyoviy tolalar, 90 ming tonnadan ortiq bo`yoqlar, 120 ming tonnadan ortiq plastmassa va sintetik smolalar ishlab chiqarilmoqda. SHuni aytish kerakki, O`zbekiston kimyo fanini bundan keyin rivojlantirish, respublikaning boy xom ashyo zaxiralarini o`rganish va ulardan xalqnng farovonligini oshirish yo`lida foydalanish yuzasidan juda katta ishlarni amalga oshirish zarur. Bu ishlar sizlarni kutmoqda.

Tayanch iboralar:

1. Abu nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Axmad al Farg`oniy, CHovoy, Xaydarkon, Batkan, Obiraxmat, curma (surma).

Nazorat uchun savollar:

1. Buyuk olimlarning asosiy kimyo faniga kiritgan yangiliklari.

2. Kimyo ro`zg`orimizga qanchalik kirib borganligini ko`rsating.

3. Fag`ona vodiysida birinchi kimyoviy bilimlar qanday bo`lgan.

4. Surma elementi xaqidagi fikrlar.

5. Kimyo sanoatining O`zbekistonda rivojlanishi.

6. Farg`ona vodiysida shu yillarda qilingan yangi kashfiyotlar.




6-mavzu. Biologiya fanining predmeti, tarkibi va rivojlanish bosqichlari


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Mapruza rejasi



1 Tabiatdagi opsimlik va hayvonot dunyosining taprifi. 2 Tiriklikning opziga xosligi, mohiyati va darajalari. 3 Tiriklikning zamonaviy ilmiy taprifi. 4 Hujayra va uning tarkibi. 5 hujayrada oqsil sintezi va genetik kod.

6 Genetika fanining zamonaviy yutuqlari. Molekulyar genetika va biotexnologiya.

7 Klon tushunchasi va uning biologiya fanidagi tutgan oprni.


O`quv mashg`ulotining maqsadi:Talabalarga Biologiya hayot haqidagi fan. Hujayraning tuzilishi va Genetika fapnining vazifasi, metodlari haqida tushuncha hosil qilish.

pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalar tabiatshunoslikni fizika fani bilan bogploqligi xaqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy maplumotlarni konspektlashtiradilar.



Taplim usullari

BBB – texnologiyasi, Mapruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Taplim vositalari

Slaydlar, jadval va mavzuga oid rasmlar

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol - javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi



Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchining

Talabaning

1 - bosqich

1.1. O`quv xujjatlarini to`ldirish va talabalar davomatini tekshirish (5 daq).

1.2. O`quv mashgpulotiga kirish (10 daq.)


1. Biologiya hayot haqidagi fan..Genetika fapnining vazifasi, metodlari xususida tushuncha hosil qilish va maplumotlar beriladi. O`quv mashgpulotiga kirish davomida dastlab talabalarga BBB jadvali taklif etiladi va uning grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng mapruza boshlanadi.

Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Mavzu bo`yicha dastlabki tushunchalarini ifodalovchi maplumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 - bosqich

Asosiy 50 daq.



1. Biologiya hayot haqidagi fan.

2. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari.

3. Muammolari.

4. Axamiyati.

5.Hujayraning tuzilishi.

6.Genetika fapnining vazifasi, metodlari




Konspekt yozishadi, tinglashadi, Mavzu rejasi bo`yicha doskada sxema va jadvallar tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.

3 - bosqich. Yakuniy natijalar 15 daq.

3.1. Mavzu bo`yicha xulosa qilish va umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

3.2. Talabalarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi va o`quv mashg`ulotining maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3. Mavzu yuzasidan uyga vazifasi beriladi.


O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan maplumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.


Tayanch so`zlar va iboralar.
Biologiya, taqqoslash,biosfera, modellashtirish,ekologiya, ekspriment,qizil kitob, organ, to`qima, tirik tabiat.

Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno frantsuz olimi J.B. Lamark va nemis olimi G.R. Terviranus tomonidan fanga kiritilgan bo`lib, yunoncha bios – hayot, logos – fan, yaoni hayot haqidagi fan, degan mahnoni anglatadi. Biologiya qisqacha aytganda hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to`g`risidagi fandir.

Biologiyaning tekshirish obhekti bo`lib, o`simliklar, hayvonlar, zamburug`lar, mikroorganizmlar, odamlar, ularning organ, to`qima hujayra va hujayra komponentlarining tuzilishi, funktsiyalari, kimyoviy tarkibi, ularda kechadigan jarayonlar hamda shaxsiy tarixiy rivojlanishi, jamoalari, ularning o`zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi.
Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, muammolari, ahamiyati.
Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.

Kuzatish metodi organizmlar va ularning atrofidagi muhitda ro`y beradigan hodisalarni tasvirlash va tahlil qilish imqonini beradi. Bu metod biologiya fanining ilk rivojlanish davrida keng qo`llanilgan. Hozirgi paytda ham bu metod o`z mavqeini yo`qotgani yo`q. U botanika, zoologiya, ekologiya va biologiyaning boshqa ko`pgina sohalarida keng qo`llaniladi.

Turli sistematik guruhlar, tirik organizm jamoalari, organizmlar, ularning tarkibiy qismlaridagi o`xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida aniqlanadi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya va shu singari fanlarda keng foydalaniladi. Bu metod orqali hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o`zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan. Turli sistematik guruhlar organizm, uning organlarining tarixiy jarayonda paydo bo`lish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Mazkur metod yordamida organik dunyoning evolyutsion taplimoti yaratildi. Eksperimental metod orqali tirik tabiatdagi, organizmlardagi voqea-hodisalar boshqa metodlarga nisbatan chuqur o`rganiladi. Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan ham foydalanilmoqda. Modellashtirish metodining mazmuni tirik tabiatdagi biror voqea-hodisa yoki uning muhim jihatlarini model tarzida qayta tiklab o`rganishdan iborat. Tasvirli model matematik belgilarga aylantiriladi va mahlum vaqtdan keyin unda qanday o`zgarishlar, hodisalar ro`y berishi mumkinligi elektron hisoblash meshinasi yordamida aniqlanadi. Modellashtirish metodining afzalligi shundaki, u tirik tabiatda kelgusida ro`y beradigan voqea- hodisalarni oldindan bilish imqonini beradi. Biologiyada boshqa fanlardagi kabi ko`p muammolar, o`z yechimini kutayotgan tabiat sirlari mavjud.

Muammolar. Bu muammolar, birinchidan molekulalarning tuzilishi va funktsiyasini aniqlash; ikkinchidan, bir va ko`p hujayrali organizmlarning rivojlanishini tartibga solish mexanizmlarini bilish; uchinchidan, organizmlar shaxsiy rivojlanishijagi irsiyat mexanizmlari yahni oqsil biosintezidan hujayra hosil bo`lgunga qadar tabaqalanishni oydinlashtirish; to`rtinchidan, organizmlar tarixiy rivojlanishini aniqlash; beshinchidan, Yerda hayotning paydo bo`lishi muammosini yechish va tajribada isbotlash; oltinchidan, insonlarning tabiatga ko`rsatadigan ijobiy va salbiy tahsirini bilish; yettinchidan odamning paydo bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan bahzi muammolarni hal etishdan iborat.

Biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyati. YUqorida qayd etilgan muammolarni yechish biologiya oldida turgan asosiy vazifadir. Lekin biologiya fani nazariy muammolarni yechish bilan cheklanib qolmaydi. U juda muhim amaliy ahamiyatga ega bo`lgan muammolar yechimida ham faol ishtirok etadi. Mahlumki, jahon aholisining soni yildan-yilga ortib bormoqda. SHu tufayli ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan tahminlash zarur. Binobarin, sermahsul hayvon zotlari, o`simlik navlarini yetishtirish hozirgi paytda nihoyatda dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu masala bilan selektsiya fani shug`ullanadi. Genetika va evolyutsion taplimot selektsiyaning nazariy asosi hisoblanadi.

O`simliklardan mo`l hosil yetishtirishda tuproq nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish monokulg`turadan voz kechish, almashlab ekishni joriy etish, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi ko`rashda biologik metodlardan keng foydalanishni talab etiladi. Insonlar uchun foydali tabiiy sharoitda tarqalgan o`simlik va hayvonlardan foydalanish uchun ularning biologiyasini, yahni rivojlanishi, urchish tezligi, hosil berish darajasini bilish kerak. O`rmon xo`jaligini yuritish, ovchilik, mo`ynachilik bilan shug`ullanish ham biologik bilimlarga asoslanadi. CHunki har bir hayvon, o`simlik to`rini tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini bilmasdan turib, undan foydalanish mumkin emas.

Keyingi paytlarda suv, havo, tuproq ifloslanib ketdi, ular o`simliklar, hayvonlar, odam hayotiga xavf tug`dirmoqda. SHunga ko`ra tabiat muhofazasi bilan har bir shug`ullanishi kerak degan fikrlar keng tarqalmoqda. Sog`lom avlod yetishtirish, tabiatni muhofaza qilish bilan uzviy bog`liqdir. Tabiat muhofazasi bilan amalda shug`ullanish uchun tabiatda har bir turning biotik va abiotik aloqalari ustida kuzatishlar olib borish, undagi sabab va oqibatni aniqlash kerak. Bu masalani biologiya, xususan ekologiya fanisiz hal etib bo`lmaydi.
Mustahkamlash uchun savollar.
Biologiya atamasining lug`aviy mahnosini tushuntiring.

Biologiya fani nima to`risida bahs yuritadih

Biologiya fanida qanday ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladih

Biologiya fanining nazariy ahamiyati nimah

Biologiya fani oldida yechimini kutayotgan qanday muammolar borh

Biologiya fanini o`rganishning ahamiyatini tushuntiringh

Biologiyani o`rganishning amaliy ahamiyati nimalardan iborath
HUJAYRA VA UNING TUZILISHI.

Tayanch sopz va iboralar: hujayra, membrana, sitoplazma, yadro, vakuola, protoplast, ribosoma, mitoxondriy, Golji apparati, endoplazmatik topr, plastida, leykoplast, xloroplast, xromoplast, nukleoplazma, xromosoma, amitoz, mitoz, meyoz, gametofit, sporofit, genotip, fenotip.
Hujayraning tuzilishi va uning faoliyati topgprisidagi fan sitologiya deyiladi. Hujayra bu opsimlik tanasining mustaqil koppayuvchi elementar strukturali va funksional birligi bo`lgan bir qismidir.

Hujayrani dastlab ingliz olimi R. Guk 1665 yilda kashf etgan. U buzina opsimligining qoplovchi topqimasi – probkani koprayotib, unda bopshliqlarni kuzatdi va ularni “kletka” deb atadi. probka, asosan oplik hujayralardan tuzilganligi sababli dastlab hujayra popsti va uning tirik qismi orasidagi bogpliqlik topgprisida notopgpri tasavvur hosil bopldi. Faqat XIX asrga kelib olimlar hujayraning ichki qismini jiddiy oprgana boshladilar. 1833 yil ingliz botanigi R. Broun unda yadro borligini, 1839 yil chex fiziologi Ya. purkine esa sitoplazmani kashf etdi. Hujayra shirasi haqida to`plangan materiallar nemis botanigi M. Shleyden va zoologi T. Shvannlarga 1838-1839 yillarda hujayra nazariyasini yaratish imkonini berdi. Uning mohiyati shundan iboratki, barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan. Hujayra nazariyasi opsimlik va hayvonlar umumiy kelib chiqishga ega ekanligini isbotladi. F. Engels bu kashfiyotni XIX asrda yaratilgan 3 buyuk kashfiyotning (energiyaning saqlanish qonuni, Ch. Darvinning eqolyusiya nazariyasi) biri deb atadi.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib hujayra nazariyasini boyituvchi yangi ixtirolar qilindi. Aniq eksperimental tadqiqotlar yordamida hujayraning boplinishi, hujayralar orasida esa sitoplazmatik bogplanish mavjudligi isbotlandi. Shu asr oxiriga kelib sitologiya mustaqil fan sifatida shakllandi. Elektron mikroskopning kashf etilishi bilan esa hujayraning asosiy komponentlarini oprganish imkoniyati tugpildi.

Joylashgan oprni va bajaradigan vazifasiga qarab hujayraning shakli va o`lchamlari turlicha bopladi. Aksariyat hollarda u kopp qirrali bopladi. Erkin holatda esa sharsimon, yulduzsimon, silindrsimon shakllarda bopladi. Tashqi koprinishiga qarab ularni 2 guruhga: parenxima va prozenxima hujayralariga ajratish mumkin. parenxima hujayralarining bopyi eniga teng yoki 2-3 marta uzun, prozenxima hujayralarida esa u bir necha marta uzun bopladi. Yuksak opsimliklar hujayrasining uzunligi oprtacha 10-100 mkm bopladi. Lekin ayrim opsimliklar, masalan, tarvuz, limon va kartoshkada ular bir necha mm gacha etadi va oddiy kopz bilan koprish mumkin. Boshqa opsimliklarda bundan ham yirik boplishi mumkin. Masalan, zigpirning prozenxima hujayrasi 40 mm, chayon optiniki 80 mm, raminiki 200 mm gacha etadi. Bir vaqtning opzida ayrim bakteriyalarning hujayrasi shunchalik kichikki ( atigi 0,5-5mkm), ular yorug`lik mikroskoplarida arang koprinadi.



. Tiriklikning opziga xosligi, mohiyati va darajalari. Tiriklikning zamonaviy ilmiy taprifi. Hujayra va uning tarkibi. hujayrada oqsil sintezi va genetik kod..

Hujayra, asosan 3 qismdan: tashqaridan oprab turuvchi hujayra popsti, markazida joylashgan vakuola va hujayra shirasi – protoplastdan iborat. Hujayra popsti va vakuola uning oplik qismi, protoplast esa tirik qismidir. protoplast opz navbatida sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. protoplastning faoliyati tufayli hujayra popsti va hujayra shirasi ishlab chiqariladi. Hujayra shirasi turli organik va mineral moddalarning suvdagi eritmasidir.

Hujayraning har bir qismi organoid deb ataladi va maplum bir vazifani bajaradi. Uning tirik boplmagan qismi (popsti va shirasi) ham tegishli vazifani bajaradi.

SITOpLAZMA bu shilimshiq, rangsiz suyuqlikdir. Uning tarkibida 90 % gacha suv boplsada, asosan murakkab organik birikmalar, koppincha oqsillardan tashkil topgan. Shuningdek unda nuklein kislotalar (DNK, RNK) va moysimon moddalar – lipidlar, uglevodlar, fermentlar, gormonlar, alkaloid va boshqa organik hamda mineral moddalar bopladi.

Sitoplazmada, shuningdek, anorganik birikmalar: uglerod (10%), kislorod (70%) va vodorod (10%) bopladi. Bulardan tashqari kalsiy, kaliy, azot, fosfor, oltinguturt, kremniy, xlor, temir va boshqa kopplab ximiyaviy elementlar bor.

Sitoplazmaning ximiyaviy tarkibi turgpun emas. Modda almashinuvi jarayonida oddiy moddalar birikib murakkab moddalar hosil qiladi. Hosil bo`lgan moddalar bapzan zahira holida topplanadi, bapzida esa qaytadan oddiy moddalarga parchalanadi.

Yosh hujayralarda sitoplazma uni butunlay topldirib tursa, qari hujayralarda esa vakuola (vakuum – bopshliq) deb ataluvchi bopshliqlar bopladi.

Sitoplazmaning hujayra devoriga taqalgan qavati plazmolemma, vakuolaga taqalgan qavati esa tonaplast deyiladi.

plazmolemma bilan tonoplast yopishqoq parda bo`lib, plazmatik membrana deb yuritiladi. U hujayraga moddalar tushishi, yapni tanlab optkazishni boshqaradi, hujayraning oziqlanishi uchun muhnm rol opynaydi.

Sitoplazmaning asosiy massasi – gialoplazma ancha bir xil tuzilgan. Uni kopplab mayda kanalcha, naycha, pufakchalarnini rivojlangan topri teshib optadi. Ularning devori ham plazmatik membranadan tuzilgan. Tarmoqlangan bu topr endoplazmatik topr yoki endoplazmatik retikulum deb ataladi.

Endoplazmatik topr sitoplazma kanalchalarini yadro va qopshni hujayralar bilan bogplaydi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari ham shu sistema bopylab tarqaladi va hujayraning turli qismlariga oqib boradi.

Hujayraning diktiosoma yoki Golji apparati deb ataladigan alohida organoidlari ham endoplazmatik topr bilan funksional bog`langan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo`lib, gopyo devorlari plazmatik membranadan tuzilgan yassi sisternalar paketiga opxshaydi. Golji apparatida organik moddalar vaqtincha topplanadi va keyin hujayraning boshqa qismlariga tarqaladi.

Elektron mikroskopda qaralganda, endoplazmatik topr kanalchalarining tashqi yuzasida va bevosita sitoplazma qavatida yumaloq mayda tanachalarni koprish mumkin. Bular ribosomalar deb ataladi. Ular ribonuklein kislotaning (RNK) spiralsimon shaklli bir nechta molekulasidan tashkil topgan. RNK spirali oprami orasida oqsil mulekulalari joylashadi va ular oqsil moddalarini sintezlab, muhim vazifani bajaradi. Oqsil sintezlanishi uchun ribosomalardagi RNK molekulalari hujayra yadrosidagi DNK molekulalaridan ajraladigan informasion RNK ning alohida molekulalari tomonidan aktivlashtirilishi kerak.

Muayyan organizm oqsillarining opziga xos xususiyati ribosomalar tufayli kelib chiqadi, chunki “kodlangan” tegishli axborot muayyan tarkibga ega bo`lgan oqsillar sintezi uchun matrisa bo`lib xizmat qiladi. Ribosomalar tomonidan sintezlangan oqsillar endoplazmatik toprga optadi va hujayraning turli qismlariga tarqaladi.

Opsimliklar hujayrasining sitoplazmasida kalta tayoqchalar shaklidagi mitoxondriyalar bopladi. Ularning bopyi 0,2-2,0 mkm gacha bo`lib, koppincha 0,6-0,8 mkm orasida opzgarib turadi. Mitoxondriyalarning soni hujayrada juda kopp bo`lib, oprta hisobda 2-2,5 mingtani tashkil etadi.

Mitoxondriyalar 60-70% oqsil moddalar, 25% gacha lipidlar, kam miqdorda RNK va anorganik birikmalardan tuzilgan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo`lib, tashqi tomonida ikki qavat membranasi bor. Membrananing tashqi qavati mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib turadi, membrananing ichida esa kristallar deb ataladigan juda kopp qirrali opsiqlar chiqadi. Bular mitoxondriyaning ichki yuzasini birmuncha kattalashtiradi. Uning ichki kamerasi tarkibida eruvchan oqsillar bo`lgan ancha bir xil suyuq massa bilan topla bopladi.

Mitoxondriya bu hujayraning energiya manbaidir. Bunda moddalar almashinuvi turli xil mahsulotlarining achishi natijasida ajralib chiqadigan energaya hisobiga adenozintrifosfat kislota (ATF) sintezlanadi. Bu ATF opziga xos energiya akkumulyatoridir. Keyin u bir qancha ximiyaviy opzgarishlarga uchraydi, oqibatda kopplab energiya ajralib chiqadi va u kechadigan turli xil jarayonlarga sarflanadi.

Mitoxondriyalar, odatda harakatda bopladi. Ular yadro, xloroplast va boshqa hayotiy prosesslar tez kechadigan organoidlar atrofida topplanadi. Mitoxondriya opsimlik va hayvon hujayrasining boplishi lozim bo`lgan tarkibiy qismidir.

pLASTIDALAR faqat opsimlik hujayralarida bopladi. Ular tashqaridan ikkita membrana bilan qoplangan. Beradigan rangiga qarab plastidalar 3 xil bopladi. Bular xloroplast, xromoplast, leykoplast.

Xloroplast yashil pigmentli xlorofill, qopngpir rangli karotin va sariq rayagli ksantofillarni opzida tutadi. Xloroplastning asosiy vazifasi aynan xlorofill bilan bogpliq. U fotosintez jarayonida qatnashib, anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Shu sababli xloroplastlar opsimlikning faqat yer usti, quyosh nurini qabul qiladigan qismida uchrab, uning hisobiga opsimlik yashil rangda bopladi.

Yuksak opsimliklarda xloroplastlar, koppincha linza shaklida bopladi, ularning diametri 4-6 mkm, qalinligi 1-3 mkm. Ularning soni hujayrada 1-50 tagacha bopladi va, odatda sitoplazmaning devor qavatida joylashadi. Yorug`lik kam tushganda ular quyoshga yassi tomoni, kopp gushganida esa qabariq tomoni bilan opgirilib turadi.

Xloroplastlar ichida bir xil tarknbga ega bo`lgan moddalar – stromalar bor. Ular yassi xaltachalar koprinishida bo`lib, parallel joylashgan membranalar tuzilishidan ibrrat va tilakoid yoki lamellalar deyiladi. Stromada DNK molekulalari, ribosomalar, lipid, kraxmal donalari va boshqalar joylashgan.

Xloroplastda kraxmal fotosintez jarayoni natijasida hosil bopladi. Fermentlar yordamida bu kraxmal shakarga aylanadi va glyukoza koprinishida bargdan boshka organoidlarga harakatlanadi.

Leykoplastlarda fermentlar boplmaydi. Ularning oplchami xloroplastlardan ancha kichik va turgpun shaklga ega emas. Leykoplastlar, koppincha topqima va organlarning quyosh nuri tushmaydigan yer ostki qismida , yapni ildiz, guganak va urugpida bopladi.

Leykoplastlarning ichki membrana tizimi xloroplastlardagiga nisbagan kam taraqqiy etgan. Ularning stromalarida ham DNK molekulalari va ribosomalar bor.

Leykoplastlarning asosiy vazifasi – zapas oziq moddalar, birinchi navbatda kraxmal, bapzan oqsil va kam hollarda yogplarni sintez qilishdan iborat.

Xromoplastlar opzida karotinoidlar guruhiga mansub qizil, qopngpir va sariq pigmentlar tutadi. Oplchamiga kopra ular xloroplastlardan ancha kichik va turli-tuman shakllarda bopladi. Xromoplastlar, odatda ayrim opsimliklarning gul opramida, pishgan mevalarn va kuzgi barglarida bopladi. Ularning modda almashinuvi jarayonidagi vazifasi haligacha aniqlanmagan. Ularning bilvosita vazifasi esa gullarning changlanishi va urugplarning tarqalishi jarayonida hasharot va qushlarni jalb qilishdan nborat.

Evolusiya jarayonida plastidalardan dastlab xloroplast, ulardan esa opsimlik tanasining qismlarga ajralishi bilan leykoplast va xromoplastlar paydo bo`lgan. Ontogenez jarayonida esa plastidalarning barcha turlari bir-biriga aylanib turadi. Koppchilik hollarda leykoplast xloroplastga (masalan, urugplangan tuxum hujayrasidan urugpmurtak hosil boplishida) va xloroplast — xromoplastga (masalan, barglarning kuzda sargpayishi) aylanadi. Faqat xromoplast tabiiy sharoitda, odatda, boshqa plastidalarga aylanmaydi.

YADRO VA UNING TUZILISHI. Yadro bu irsiy belgilarni saqlaydngan va oqsil snntezini boshqaradigan markazdir. Hujayra yadrosiz yashay olmaydi, agarda uni hujayradan ajratib olinsa darhol nobud bopladi. Odatda hujayrada bitta, ayrim suv optlari va zamburugplar kopp yadroli hujayralar bopladi. Bakteriya va kopk-yashil suv optlarida shakllangan yadro boplmasdan, uning tarkibiga kiruvchi moddalar sitoplazmada, yapni ularning yadrosi sochma yoki diffuziya holatida bopladi.

Yadroning shakli turli-tuman, odatda hujayra shakliga mos bopladi. parenxima hujayralarida sharsimon, prozenxima hujayralarida linza yoki ipsimon shaklda bopladi. YAdroning oplchami ham turlicha: yopiq urugpli opsimliklar vegetativ organlari hujayrasi yadrosining diametri 10-25 mkm ga teng bo`lgani hodda ayrim zamburugplarniki 1-2 mkm, xaralar turkumidagi suv optlariniki 2,5 mkm.

Yadro quyidagi qismlar: yadro popsti, nukleoplazma, xromosoma va yadrochadan iborat.

Yadro popsti yadroni sitoplazmadan ajratib turadi. U ikki qavat membranadan tuzilgan. Tuzilishi va tarkibiga kopra yadro popsti endoplazmatik toprga yaqin. Yadro popstida maxsus teshikchalar – poralar bopladi. U juda murakkab tuzilishga ega bo`lib, diametri 80-90 mkm ga teng. poralar orqali makromolekulalar nukleoplazmadan gialoplazmaga va teskari tomonga optib turadi. Yadro popsti yadro va sitoplazma orasidagi modda almashinuvini boshqarib turadi, shuningdek oqsil va lipidlar sintezlash qobiliyatiga ega.

NUKLEOpLAZMA bu kolloid qorishma bo`lib, unda xromosoma va yadrocha joylashgan. Nukleoplazma tarkibiga turli xil fermentlar, nuklein kislotasi kiradi.

Xromosomalar ikki xil holatda boplishi mumkin. Ishchi holatida ingichka ipga opxshash bo`lib, modda almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Ularni faqat elektron mikroskop yordamida koprish mumkin. YAdroning boplinish davrida ular maksimal darajada yigpilib qisqa va yopgpon bopladi va yorugplnk mikroskopida ham koprish mumkin bopladi. Ular genetik axborotlarni boplishtirish va tashish vazifasini bajaradilar va modda almashinuvi jarayonida qatnashmaydilar. Ximiyaviy tarkibi esa DNK va oqsildan iborat nukleoproteiddan tarkib topgan. DNK molekulalarining tarkibiy qismi – nukleotidlardir. Nukleotidlar 3 komponentdan: fosfat kislotasi, dizoksiriboza shakari va 4 ta azot birikmalari: adenin, guanin, timin, sitozinning biridan iborat.

Nukleotidlar uzun zanjirli xiralangan tartibda birikadilar. DNK molekulasining hujayraning maxsus oqsilini sintezlovchi qismiga gen deyiladi. Har bir organizm uchun opziga xos bo`lgan DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligi irsiy kod deyiladi. DNK tarkibini 1953 yilda ingliz olimlari Dj. Uotsoi va F. Kriklar aniqlashgan va bu juda yirik kashfiyot hisoblanadi. Bu kashfiyot irsiyatning molekulyar mexanizmini tushuntirib berdi.

Hujayrada DNK miqdori doimiy, lekin hujayra har gal boplinganda yangi DNK molekulalari hosil bo`lib, ular ona hujayradan qiz hujayraga optadi. Xozirgi tasavvurlarga kopra DNK molekulasida hujayraning, binobarin, undan paydo bopladigan organizmning ham barcha irsiy axboroti “kodlangan” bopladi.

Yadro ichidagi yadrocha, odatda sfera shaklida bo`lib, ancha quyuqligi bilan ajralib turadi. Ularda RNK bor va ularning oplchami 6eqapop. YAdrochalar hujayrada muhim vazifani bajaradi, ularda keyinroq sitoplazmaga optadigan ribosomalar hosil bopladi va u RNK kislotalari sintezida hamda yadroning boplinish prosessida ishtirok etadi. SHunday qilib, yadro hujayraning muhim qismi hisoblanadi. Hujayrani ikkiga bo`lib bir qismi yadrosiz qoldirilsa shu qismi tezda opladi. U hujayra qobigpining hosil boplishida ham ishtirok etadi. Hujayra boplinayotganida dastlab yadro boplinadi.

YADRO VA HUJAYRANING BOpLINISHI. Hujayra oddiy usulda, yapni boplinib koppayadi. Bunda bitta ona hujayradan 2 ta qnz hujayra hosil bopladi.

Hujayralar uch xil: topgpri, yapni amitoz, notopgpri, yapni mitoz va reduksion, yapni meyoz yopl bilan koppayadi.

AMITOZ boplinish ayrim tuban opsimliklarda (bakternyalar va zamburugplar) sodir .bopladi. Uning mohiyati shundan iboratki, dastlab hujayraning yumaloq yadrosi chopzilib, uzunchoq shaklga kiradi. Keyin belidan ingichkalashib ikkiga boplinadi. Sopngra sitoplazma ham xuddi shunday boplinadi.

MITOZ (kariokinez) vegetativ hujayralarga va koppgina tuban opsimliklarga xosdir. U toprt faza: profaza, metafaza, anafaza va telofazaga boplinadi.

profazada tinim holatidagi yadro boprtib kattalashadi. Undagi xromosomalar bu davrda ip shaklida bopladi, Xromosomalar xromatik moddalar (DNK molekulalarining oqsil bilan birikmasi) protofibrillalardan hosil bopladi. profaza oxirida yadroning hamma moddasi xromosoma va yadro shirasiga ajraladi. Bunda har qaysi xromosoma opzining yonida xuddi opziga opxshagan xromosoma sintezlaydi.

Metafazada yadro popsti erib ketib, yadro shirasi bilan sitoplazma ajralib ketadi. Xromosomalar yopgponlashib, kalta tortadi va opsimlik opziga xos shaklga kiradi. Xromosomaning har bir jufti hujayraning oprtasida nchiga botiq tomonlari bilan joylashadi. Shuningdek, hujayrada axromatin duk deb ataluvchi bir qutbdan ikkinchi qutbga chopzilgan rangsiz iplar hosil bopladi. Xromosomalar ana shu dukning oprtasida joylashib duklarning bir qismi hujayralarga birikadi. Metafaza oxirida xromosomalar ikkiga ajraladi va ularning soni ikki marta ortadi.

Ajralgan qiz xromosomalar anafazada xromatin dukning ikki uchiga shunday tarqaladiki, bunda hujayraning qutblarida hujayra boplinayotgan davrdagi xromosomalar soniga teng miqdorda xromosoma bopladi.

Hujayraning qutblariga borib joylashgan xromosomalar telofazada kam seziladi, chunki ular xromatik moddaning protofibrillalariga ajraladi, YAdrocha, yadro popsti qayta tiklanib, hujayra popsti rivojlana boshlaydi, Demak, telofaza profazaning aksidir.

MEYOZ bir yillik opsimliklar hayotida bir marta, kopp yillik opsimliklar hayotida har yili gullash davrida sodir boplishi bilan mitozdan farq qiladi. Tashqi koprinishidan meyoz mitozga opxshaydi, lekin reduksion boplinishda bir-biri bilan tez almashinadigan ikki boplinish sodir bopladi. profazada ham xromosomalar hosil boplishi kuzatiladi, lekin uzun xromosoma iplari avval tartibsiz joylashadi, keyin juft xromosomalar yaqinlashadi, ular yopgponlashib, kalta tortadi va bir-biriga parallel holda zich tutashadi. Ular bir-biri bilan shunchalik zich joylashadiki, gopyo yadroda qopsh xromosoma emas, faqat bitta xromosoma bordek tuyuladi va ular bivalent deb yuritiladi.

Keyingi faza – metafazada yadro popsti yo`qolib, bivalent hujayraning ekvatorial qismida joylashadi va boplinishning axromatik duki hosil bopladi. Juft xromosomalar tarqaladi.

Anafazada gomologik xromosomalarning o`zaro bogpliqligi buzilib, ular hujayralarning qutblariga tarqaladi. Bunda har bir xromosoma ikkita xromatindan tuzilgan bopladi. Mitozda esa qutbdagi bitta xromatidli xromosomalar tarqaladi.

Telofaza esa juda qisqa bo`lib, bu fazada birinchi boplinish prosessi tugaydi va ikkinchi boplinish metafazasi boshlanadi. Bunda har bir xromosoma yana qaytadan ikkita va yakka xromatidga boplinadi, ular yana qaytadan qutblarga tarqaladi. Ikkinchi telofazada yadro popsti va yadrochasi bo`lgan toprtta yangi yadro vujudga keladi. Xullas, meyozda bitta ona hujayradan toprtta qiz hujayra hosil bopladi.

Yadro boplinganda hosil bopladigan xromosomalar soni opsimlikning har qaysi turida doimiy bopladi. Masalan, qattiq bugpdoyda xromosomalar 28 ta, gpopzada 26 ta, makkajopxorida 20 ta, nopxatda 14 ta bopladi. Hujayra boplinayotganda hosil bopladigan bu xromosomalar soni diploid son deyiladi va 2n bilan ifodalanadi.

Xromosomalar soni ikki marta kamayadigan reduksion boplinishdan keyin yadro gaploid bopladi, yapni xromosomalar topplami ikki marta kam bopladi va n bilan ifodalanadi. Reduksion boplinishning biologik mapnosi ham ana shundan iborat, chunki bunday boplinishsiz xromosomalar soni diploid bo`lgan jinsiy hujayralar qopshilganda toprtta, keyingi boplinishda sakkizta xromosomalar topplami hosil boplar edi.

Reduksion boplinish har xil opsimliklarda ular hayotining turli davrlarida sodir bopladi. Gulli opsimliklarda bu jarayon ular urugplanishidan bir oz ilgari, jinsiy hujayralar shakllanayotganda kuzatiladi. paporotnik va qirqbopgpimlarda esa reduksion boplinish bilan urugplanish orasida uzoq vaqt optadi va opsimlik hayotida xuddi ikki davr bordek tuyuladi: biri reduksion boplinishdan urugplanishgacha, ikkinchisi urugplanishdan yangi reduksion boplinishigacha bo`lgan davr. Keyingi holda opsimlik hayotida ikkita bir xil bopgpin: biri jinsiy, yapni gametofit, ikkinchisi jinssiz, yapni sporofit paydo bopladi va ular doim bir-biri bilan topgpri almashib turadi.

Gametofit hujayralar doim gaploid bopladi, ular hosil qiladigan jinsiy hujayralar ham gaploid. Jinsiy prosessda ikkita jinsiy hujayraning qopshilishidan zigota deb ataladigan diploid hujayra hosil bopladi. Zigota kopp marta boplinishi natijasida jinssiz bopgpin, yapni sporofit rivojlanadi. Sporofit hayotining oxirida reduksion boplinish sodir bo`lib, spora deb ataladigan gaploid hujayralar hosil bopladi. Sporalar ona hujayralardan ajralgan alohida hujayralardir: ulardan keyingi jinsiy bopgpin, yapni gametofit rivojlaiadi. Bapzan tabiatda yadrodagi xromosomalarning soni kopp marta ortishi kuzatiladi. Bu hodisa poliploidiya deb ataladi. Agarda xromosomalar soni gaploid yadrodagiga nisbatan 3 marta oshsa – triploid, 4 marta oshsa – tetraploid yadro deyiladi va hokazo.

Opsimliklarning poliploid formalari, koppincha opzida qimmatli xopjalik belgilarini tutib, ular keyingi tanlash va koppaytirish uchun xizmat qiladi.

Maplumki organizmlar irsiy belgilarining nasldan-naslga optishida xromosomadagi DNK molekulalari topplami va ularning tarkibi asosiy rol opynaydi. Irsiyatni belgilaydigan barcha irsiy omillar yigpindisi genotip, organizm va uning belgilarining rivojlanishida bu omillarning amaliy namoyon boplishi fenotip deyiladi.

Irsiy belgi – xususiyatlarning ota-ona organizmidan naslga optishi quyidagicha ifodalanadi: yadrodagi DNK molekulalari alohida axborot RNK molekulalarini hosil qiladi, bular keyinchalik sitoplazmaga optib, ribosomalarga qopshiladi va shu organizm uchun xos bo`lgan matrisa (asos) bo`lib xizmat qiladi. Xullas, DNK molekulalarida boplgpusi organizmning genotipik xususiyatlari kodlangandir va genotip fenotipning keyingi rivojlanishini nazorat qiladi. SHuningdek, organizm shakllanayotgan muhit sharoiti ham bunga tapsir qiladi.


Mustahkamlash uchun savollar.

  1. Hujayraning kashf etilishi. Sitologiya fanining rivojlanish tarixi.

  2. Hujayraning tuzilishi, organoidlari, ularning strukturasi va vazifasi.

  3. plastidalar: xloroplast, xromoplast, leykoplast. Ularning tuzilishi va vazifasi.

  4. Yadroning tuzilishi, vazifasi, koppayishi.

  5. Yadro va hujayraning boplinishi. Amitoz, mitoz va meyoz boplinishning mohiyati.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin