"Buyruq №____. Vaqti: soat, minut".
"№ _____ poezdning mashinisti. Men, _______ stansiyasining navbatchisi _________ yo’l bo’ylab kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida harakatlanishga ruxsat beraman. qabul qilish marshruti tayyor. DSP __________ (familiya)".
Poezd noto’g’ri yo’ldan harakatlanib, ushbu yo’lda kirish svetofori bo’lmaganda qayd etiluvchi buyruq quyidagi shaklda uzatiladi:
"Buyruq №____. Vaqti: soat, minut".
"№ _____ poezdning mashinisti. Men, _______ stansiyasining navbatchisi ___________ noto’g’ri yo’ldan _____ yo’l bo’ylab harakatlanishga ruxsat beraman. qabul qilish marshruti tayyor. DSP ________ (familiya)".
Buyruqni takrorlab va uni to’g’ri tushunilgani xususida stansiya navbatchisidan tasdiq olganidan so’ng, mashinist poezdni stansiyaga kiritadi.
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga harakatlanishi to’g’risidagi stansiya navbatchisining mashinistga buyrug’i kirish svetofori ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) yonida o’rnatilgan maxsus telefon orqali ham xuddi shu kabi shakllarda uzatiladi. Bunday telefonlardan faqat lokomotiv brigadalari foydalanishi mumkin.
Odatda, radio aloqa orqali buyruq mashinistga oldindan, poezd stansiyaga yaqinlashganda uzatiladi. Maxsus telefon orqali buyruq mashinistga poezd kirish svetofori ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) oldida to’xtaganidan so’ng uzatiladi.
268. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezd stansiyaga ushbu Yo’riqnomaning 66-bandida ko’zda tutilgan tartib bo’yicha qabul qilinadi.
269. Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida stansiya navbatchisining yozma ruxsatnomasi bo’yicha poezd stansiyaga faqat favqulodda holatlarda, bu maqsad uchun ushbu Yo’riqnomaning 265-bandida ko’zda tutilgan ruxsatnomalarning boshqa shakllaridan foydalanish imkoni bo’lmaganda qabul qilinadi. Yozma ruxsatnoma quyidagi shaklda to’ldiriladi:
Dostları ilə paylaş: |