ma’noni bildirmaydi. Ta’limni individuallashtirishning ma’nosi
shuki, u o‘quvchining individual-psixologik
xususiyatlariga taya-
nadi, ana shu xususiyatlami hisobga olgan holda quriladi. Sinf
rivojlanishi va tayyorgarlik darajasi bir xil bo‘lmagan, o‘zlash-
tirishi turlicha va o'qishga munosabati har xil bo‘lgan o‘quvchi-
lardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an’anaviy tashkil etilgan ta’lim
jarayonida hammaga bir xil holda baravar e’tibor qarata olmay-
di. Shuning uchun u ta’limni o‘rtacha darajaga - o‘rtacha rivoj-
lanishga, o‘rtacha tayyorgarlikka, o‘rtacha o‘zlashtirishga tatbiq
qilgan holda olib borishga majbur boladi. Boshqacha aytganda, u
ta’limni qandaydir afsonaviy «o‘rta» o‘quvchini ko‘zda tutgan hol
da tashkil etadi.
Bu narsa shunga olib keladiki, «kuchli»
0
‘quvchi-
lar sun’iy ravishda o‘z rivojlanishida ushlab turiladi. Bunday holda
0
‘quvchilarning o‘qishga qiziqishlari qolmaydi, chunki o‘qish ular-
da ko‘p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi. «Kuchsiz»
0
‘quvchi-
lar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo bolganlar, ular ham
o‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, chunki o‘qish ulardan ko‘proq aqliy
kuch sarflashni talab qiladi. « 0 ‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham
juda har xil boladilar,
qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xoti
ra, xayol va tafakkur xususiyatlari xilma-xil boladi. Bir o‘quvchi
ko‘rgazmali obrazlar va tasavvurlarga asosli ravishda tayanmogl
zarur, ikkinchisi bunga kamroq ehtiyoj sezadi; biri sekin fikrlaydi,
ikkinchisining aqliy moljali nisbatan tezligi bilan ajralib turadi; bi
ri tez esda olib qolsa-da, mustahkam emas; ikkinchisi — sekin es
da olib qolsa-da, ko‘p narsani yodida saqlaydi; biri uyushgan hol
da ishlashga o‘rgangan,
boshqasi kayfiyatiga qarab, asabiylashib va
notekis ishlaydi; biri astoydil, ikkinchisi majburan shug‘ullanadi.
Ta’limni individuallashtirish tamoyili o‘qitishda
0
‘quvchi-
larning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Bu tamo-
yilni programmalashtirilgan ta’lim juda yaxshi amalga oshira-
di. 0 ‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari ta’limning
ayrim metodlari va usullarini tanlash hamda qollanish vaqtida,
uyga berilgan topshiriqlarni qismlarga bolishda,
sinf va nazorat
ishlarining variantlarini aniqlashda hisobga olinadi.
467
Sinf bilan olib boriladigan ishni ayrim o‘quvchilar bilan olib
boriladigan individual ish bilan birga qo‘shish mumkin. Shu bi
lan birga dasturning xuddi shu masalalarini o‘quvchilar qanday
tayyorgarlik ko‘rganliklari, individual moyilliklari, qiziqish va qo-
biliyatlari hamda individual ish sur’atlariga qarab turlicha tolalik
va teranlik bilan, har kim darsda optimal darajada band boladi-
gan qilib o‘rganadilar.
Ta’lim metodlari turlicha bo‘lishi, o‘quvchining individual
xususiyatlariga qarab o'zgartirilishi kerak. Lekin bu 40 o‘quvchi
bor bolgan sinfda 40 xil individual yondashishni, ta’lim meto-
dikasining 40 xil individual variantini amalga oshirish zarur de
gan ma’noni anglatmaydi. Odatdagi maktab ta’lim
sharoitida
bunday haddan tashqari individuallashtirish mumkin ham emas,
kerak ham emas. 0 ‘quvchilarning fikrlash faoliyatining asosiy
tiplarini hisobga olish kifoya.
Ta’limda individual yondashish kamchiliklarga barham berish-
nigina emas, balki o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, o‘qishga
to‘g‘ri mimosabatda bo‘lishni, bilishga oid qiziqishlarni tarkib top-
tirish ishlarini olib borishni ham anglatadi. 0 ‘qishga salbiy muno
sabatda bolish hollarida bunday munosabatni keltirib chiqargan
sabablarga qarab, tarbiyaviy chora-tadbirlar ko‘rish kerak boladi.
Bunday sabablar orasida o'qituvchi bilan bolgan kelishmovchi-
lik, o‘quvchi
duch kelgan qiyinchiliklar, bilimdagi nuqsonlar, o‘z
kuchiga ishonmaslik va hokazolar bolishi mumkin.
Rus psixologlari yakdillik bilan: barcha bolalar o‘qishga qo-
biliyatlidirlar, har bir normal va psixik jihatdan soglom o‘quvchi
o‘rta ma’lumot olishga qodirdir. Maktab o‘quvchilari davlat
ta’lim standartlari doirasida o‘quv materialini ma’lum darajada
muvaffaqiyatli egallashga qodirdir, binobarin o‘qituvchi hamma
o‘quvchilarning ham shunday bolishiga erishmogl lozim,
degan
nuqtayi nazarda turadilar. Lekin bundan hamma o'quvchilarga
ham ta’lim berish bir xilda oson, deb aslo o‘ylab bolmaydi. Har
qanday ta’lim metodikasi sharoitida, bu ta’lim juda yaxshi tashkil
etilgan sharoitda bir xil o‘quvchilar yaxshiroq harakat qilib, bosh-
468
qalardan ko‘ra yuqori natijalarga erishadilar. Bir o‘quvchi alohi
da ko‘p kuch va mehnat sarf qilmasdan nisbatan qisqa muddat
ichida yuksak natijalarni, katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritadi,
boshqa o£quvchi bolsa qanchalik intilmasin va harakat qilmasin,
o‘sha darajaga shunchalik tez va osonlikcha kolarila olmaydi.
Bugungi kunda hech kim: «Yomon o‘quvchilar yo‘q, yomon
o‘qituvchilar bor» degan formulani hech so‘zsiz qabul qilavermay-
di, o‘quvchilarning o‘zlashtirmasligida hech kim o‘qituvchilarni
yoppasiga ayblab o‘tirmaydi. Albatta, ta’limning
muvaffaqiyatli
bolishi bilimlar, ko‘nikma va malakalarning juda yuqori darajasi
asosan ta’limning mazmuni bilan, ta’lim metodikasining takomil-
lashuvi, o‘qituvchining mahorati bilan ta’min etiladi, lekin ham-
ma narsa faqat ana shunga bogliq deb o‘ylab bolmaydi. Muvaffa-
qiyat ichki shart-sharoitlarga —
0
‘quvchining individual-psixologik
xususiyatlariga ham bogliqdir. Har gal teng sharoitlarda bir xil
mashqlar, bir xil ta’lim metodikasi g‘oyat
har xil natijalar beradi,
bunda
0
‘quvchilarning turli xususiyatlari haqida gapirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: