Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


A.Gezzelning yetilish nazariyasi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

A.Gezzelning yetilish nazariyasi
Tadqiqotning 
asosiy
predmeti
Bola tug‘Ugandan butun yetilishigacha bo‘lgan
davrda psixik rivojlanishning tempi va tarkibi
Tadqiqot metodlari
Kuzatuv maxsus jihozlangan kino va fo-
toregistratsiyalar 
bilan, 
testlar, 
ota-onalar
so‘rovnomalari, longityud, egizaklarni rivoj­
lanishini taqqoslash soglom va kasallarni
Asosiy tushunchalar
Yetilish, rivojlanish, xulq-atvor o‘sishi, rivoj­
lanishning ketma-ketligi, o ‘sish (rivojlanish­
ning) tezligi
Asosiy g‘oyalar
Nerv tizimini yetilishiga psixik rivojlanishning
bogliqligi, (uning barcha tarkibiy qismlari moto-
rikadan shaxsgacha) psixik rivojlanishning tem-
pini barqarorligi, bolalik mobaynida tempni pa-
sayishi, rivojlanishni nazorat qilib borish zarurati
Rivojlanish omillari
Biologik omillar, genetik etilish
Qiymati
Psixologik tadqiqotlarni olkazish uchun yangi
metodlar, metodikalar va jihozlarning kiritil-
ganligi. Mustahkam empirik baza. Bolalik ri­
vojlanishini fenomenologiyasini asosli va keng
doirada tushuntirilishi, yetilish jarayonlarini
muhimligiga diqqatni qaratish, motorika rivoj­
lanishining m e’yoriyligini yaratish
Tadqiqotning
yo‘nalganligi
Rivojlanishning biologik asosini aksentirlashti-
rish «empirik evolutsionizm» (L.S.Vigotskiy)
normativlarni absolutlashtirish o‘rta sinf bo-
lalaridan olingan ma’lumotlarni qolgan bar-
chasiga olkazish
81


Gezellning pozitsiyasini tanqid qilib, L.S.Vigotskiy uni «ul- 
trabiologizm» va «empirik evolutsionizm» deb atagan, ijtimoiy 
butunlay biologikka singib ketganda bolalikdagi rivojlanishning 
butun jarayoni tabiat qonunlariga bo‘ysunadi.
Ko‘zga ko‘ringan avstriyalik psixolog K.Byuler bir muddat 
Vyursburg maktabi doirasida ishlagan bolib, o‘zining bolani psi­
xik rivojlanish konsepsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yolini 
maymundan to katta yoshli madaniyatli odamgacha kolsatishga 
harakat qilgan. Byuler bo‘yicha tadqiqot vazifasi rivojlanishda doi- 
miy asosiy tashqi ta’sirlarga bogliq bolmagan qonuniyatlarni sof 
holda topish edi. Byulerning fikricha, bolalik rivojlanishining bi­
rinchi yillarini o‘rganish uchun eksperimentning mos shakli zo- 
opsixologiya sohasidan olinishi mumkin. K.Byuler bola rivojla- 
nishidagi uch bosqich nazariyasi muallifi sifatida mashhur. Har 
bir bola o‘z rivojlanishida hayvonlar harakatlari shakli evolutsiya- 
si bosqichlariga mos bosqichlarni bosib oladi, instinkt, o‘rgatish, 
intellekt. U biologik omillarni asosiy deb kolsatib oladi. Byuler 
bolalikdagi rivojlanishni biologik jihatdan asoslanganligini qobili- 
yatlarni nasliyligini ta’kidlagan, lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyat- 
lar toliq ochilmaganligini aytib olgan.
Instinkt rivojlanishning quyi darajasi xulq usullarini nasliy 
fondi qollanilishga tayyor bolgan va faqatgina ma’lum stimul- 
larga muhtoj bolgan. Odamda instinktlar noaniq-sust katta in­
dividual farqlarga ega bolgan. Bolada tayyor instinktlar to‘plami 
baqirish, so‘rish, yutish, himoya refleksi kabilar mavjud boladi.
0
‘rgatish turli hayotiy vaziyatlarga moslashish imkonini bera­
di, maqtov va jazolashlarga yoki omad va omadsizliklarga taya- 
nadi. Byuler bo'yicha bolalar o‘yini hayvonlardagi o‘yinning ta­
biiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi.
Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga olishda emot- 
siyalar ham rivojlanadi. Shunga kola, faoliyatning yakunidan 
boshigacha rohatlanishning almashinishi sodir boladi. Ha­
rakat va emotsiyani evolutsion erta taqqoslanishi quyidagicha av­
val harakat, so‘ng uning natijasida rohatlanish. So‘ngra harakat-
82


dan funksional qoniqish bilan kechadi, ya’ni jarayonni o‘zidan 
qoniqish va nihoyat qoniqish tasavvuri harakatning o‘ziga o‘tadi. 
Byuler uchun asosiysi tafakkurning psixik rivojlanishda ijodkor- 
lik rolini o‘rganish edi. Shunday qilib, u bolada nutqni uni yara- 
tish kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan o‘ylab to- 
pishi sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin