Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


11.4. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishdagi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

200


11.4. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishdagi
zamonaviy yondashuvlar
Psixika rivojlanishini yoshga oid davrlashtirish masalalari 
A.N.Leontev, L.I.Bojovich, W.Davidov, М.I.Lisina, A.V.Petrov- 
skiy, D.I.Feldshteyn va boshqalarning ishlarida batafsil ko‘rib 
chiqilgan. V.I.Slobodchikov va R.A.Sukermanlar yoshga oid 
davrlashtirishning birmuncha mashhur ikki modelini E.Erik­
son va D.B.Elkonin ta’limotlarini tahlil qilgan. Ularning fikri­
ga ko‘ra, bu ikki ta’limot «muvozanatlashmagan» va «to‘liqsiz»li- 
gi bilan farqlanadi. E.Erikson birinchi o‘ringa rivojlanishning 
ichki manbalarini qo‘ysa, D.B.Elkonin-tashqi muhitni qo‘ydi. 
Mualliflar umumiy psixik rivojlanish va davrlashtirish nazari­
yasi asosiga, bir vaqtning o‘zida rivojlanishning ikki tomonini — 
uning obyekti va manbasini o‘z ichiga oluvchi «mavjudlik birli- 
gi» tushunchasini qo‘yishni taklif qilganlar har qanday insoniy 
birlikni (mavjudlikni) tuzilishida kamida ikki kishi ishtirok etadi 
va birlikning mazmuni va shaklini almashinuvi hamkorning al- 
mashinuvi bilan kuzatiladi. Psixik rivojlanishning integral davr- 
lashuvini umumiy ko'rinishi o‘zida bazis (asos) birlikning har xil 
turlarida shaxs rivojlanishining subyekti sifatida inson rivojlanish 
bosqichlarini aks ettiradi. Har bir bosqich murakkab tuzilishiga 
ega: mavjudlikning shakllanish bosqichi va mustaqillikning 
shakllanish bosqichi, tug‘ilish inqirozi (yangi birlikka o‘tish) va 
rivojlanish inqirozi (yangi birlikni o‘zlashtirish) farqlanadi. Yon- 
dashuvni keng batafsil yoritmasdan ajratilgan bosqichlarga qisqa- 
cha to‘xtalib o‘tamiz: I. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oylikkacha, 
katta yoshdagi qondoshi bilan umumiylik. Bola o‘zining jis­
moniy psixosomatik individualligini egallaydi. II. Ruhlanish (11 
oylik—6,5 yosh) — katta yoshdagi yaqinlari bilan umumiylik (bir- 
lik). Bola o‘zi uchun ilk bora o‘zining o‘zligini (mashhur bolgan 
«Mening o‘zim!») kashf etadi, o‘zining shaxsiy xohish va qobili­
yatini subyekti deb biladi. III. Shaxsiylashuv (5,5—18 yosh) qo‘li- 
ga qalam tutgan insonning hamkori bo‘lib, madaniyat sohasida-
201


gi ijtimoiy kattalar hisoblanadi; o‘qituvchi, murabbiy, ustoz va 
boshqalar. Inson birinchi marotaba o‘zini shaxsiy tarjimayi ho- 
lining muallifi ekanini anglaydi, kelajagi uchun shaxsiy javob- 
garligini his qiladi, boshqa odamlar bilan birgalikdagi turmush 
ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi. IV. 
Individuallashuv (17—42 yosh) — insonning hamkori bolib, ijti­
moiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan, faoliyat mu- 
nosabatlariga u bilan kirishuvchi insoniyat hisoblanadi. Subyekt 
rivojlanishining ushbu bosqichini mohiyati — insonning shax­
siy mavqeyini olchashiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlarni individu- 
allashuvidir. Inson o‘z mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi. 
V. Universallashuv (39 yoshdan yuqori) har qancha rivojlangan 
individuallik chegaralaridan tashqariga chiqish va bir vaqtning 
o‘zida umumiy-yuqori insoniy, ekzistensial qadriyatlar doirasiga 
«o‘zining boshqasiga» kirish. Ilohiy insoniyat universal voqelikni 
anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir. Slo- 
bodchikov va Sukermenlar kimyodagi Mendeleyev jadvali yoki 
biologiyadagi evolutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining 
ahamiyatini taqqoslab, davrlashtirish chizmasini katta amaliy 
ahamiyatiga ishonch hosil qildilar: «Agar rivojlanishning umu­
miy xaritasi tuzilsa, psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odam­
lar uchun rivojlanishning maqbul yollarini (ma’lum bir qad­
riyatlar nuqtayi nazaridan) ta’minlash uchun, ular yaratadigan 
madaniy-ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq doglarni ko‘rishlari 
mumkin. So‘nggi yillarda psixik rivojlanishda inqirozlar g‘oya- 
sini nazariy va eksperimental o'rganish keng avj oldi. Inqiroz 
davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomonidan yosh­
ga bogliq rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga psixologik 
tayyorlik shaklida tahlil qilingan. K.N.Polivanova ishlarida 
og‘ir «inqirozli» yosh davrlarida ontogenetik rivojlanishda real 
va ideal shakllarni o‘zaro o‘tishi sodir bolib, bu o‘zaro ta’sir- 
ning murakkab ichki mexanizmi ochiladi. Bu mantiqda inqiroz 
(og‘ir) yoshi zaruriyat yuzasidan bir qator keyingi keluvchi bos- 
qichlarni o‘z ichiga oladi. Psixologlar diqqat markaziga nafaqat
202


yoshdagi yangi tuzilmalar balki, «yo‘qotishlar», (me’yoriy yosh­
ga doir involutsiya belgilari) ham kiritilishiga e’tibor qaratiladi. 
Yoshga oid dinamika nafaqat kattalar nuqtayi nazaridan (yeti- 
lishning psixofiziologik me’yori va yoshning madaniy me’yori- 
ga muvofiqlikni bola tomonidan egallanishi nuqtayi nazaridan) 
balki «o‘zini his qilish» bolalik me’zonlarini hisobga olgan hol­
da ko‘rib chiqilishi kerak. Zamonaviy psixologlar postindustri­
al axborotli davrda ijtimoiy hayotning yangi yondashuvlariga 
ahamiyat qaratmoqdalar. XX asrning oxiri XXI asrning boshi 
hayotning odatiy davrlarini chegarasi va yoshga oid barqaror ori- 
yentatsiyalarning yemirilishi bilan xarakterlanadi. Davr hodisa- 
lari tobora vaqt va kenglikda individuallashadi va keng o‘lcham- 
da turlanadi (o‘zgaradi): maktabga chiqish vaqti, talabalik davri, 
mutaxassisligi bo‘yicha ish boshlash, shuningdek nikohga kirish, 
erta va kech farzand tug‘ilishi. K.N.Polivanova «yosh g‘oyasi», 
«madaniy yosh» (tushunchalari) kategoriyalari insonga muno- 
sabat vositasi sifatida (o‘zining ahamiyatini) uning jamiyatda- 
gi o‘rnini aniqlab, unga ma’lum bir talab va kutuvlarni qo‘yib, 
o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Biroq, zamonaviy holat yagona 
«yosh pog‘onalardan» individual rivojlanishning noaniqligiga 
o‘tishni aks ettiradi. Ayrim tadqiqotlar davrlashtirish yondashu- 
viga muqobil sifatida hayotiy hodisalar psixologiyasini rivojlan- 
tirishni taklif qiladilar. Bu muammoda ko‘p jihatlar o‘rganilmay 
qolmoqda, lekin uning o‘rganish usullari nazariy jihatdan yetar- 
li darajada aniq yoritilgan.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin