Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


Ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashning asosiy yo’nalishi. Ilmiy-tadqiqot ishlari shakllari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə46/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

9.2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashning asosiy yo’nalishi. Ilmiy-tadqiqot ishlari shakllari.
Xozirgi kunda, xozirgi sharoitda Respublikamiz ta’lim tizimini isloh qilishga Prezident Islom Karimov katta e’tibor qaratmoqda. Mintaqalarda oliy va o’rta maxsus ta’lim o’quv yurtlari bavalarini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, xalq xo’jaligi uchun varur mutaxassis kadrlarni jahon
talablari darajasida tarbiyalab etishtirish ishlari bo’yichategishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan aytib o’tish lozimki, har bir davlatda mataxassis kadrlarni tayyorlashga bo’lgan e’tibor bo’lar ekan, shu davlat kelajagi uchun jonini berishga tayyor bo’lgan mutaxassis kadrlar ham bo’ladi. Bunday kadrlarni etishtirishda avvalo mamlakat oliy o’quv yurtlaridagitalabalarga ilmiytadqiqot ishlarini bajarish uchun sharoitlar yaratib berish kerak. Shundagina ko’zlangan maqsadga erishiladi.
O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida" va "Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur to’g’risida"gi qonunlarni bevosita bajarilishini hamda Respublika va mintaqalarning istiqboliy rivojlanishini navarda tutgan xolda, kadrlar tayyorlashning aniq va ravshan dasturlarini tuzish va ularni bosqichma-bosqich
amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni barcha oliy o’quv yurtlari faoliyatida bir tarzda tatbiq etish va ta’lim, fan, ishlab chiqarishning va ilmiy-tadqiqot ishlarni o’varo uzviy bog’liqligini yanada takomillashtirish va shu tariqa oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalardan yuqori malakali, raqobatbardosh atroflicha kamol topgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 2004 yilda ham barcha soxalar kabi ilmiy-tadqiqot ishlari borasida ham qator katta tadbirlar amalga oshirildi. Joriy yilning birinchi choragida oliy o’quv yurtining professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalarni ilmiy ishlarga jalb etish olib borildi, jumladan quyidagilar amalga oshirild:
2004 yilning yozida Samarqandda o’tkaziladigan "Universiada--2004" sport
musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichida oliy o’quv yurtlari talabalari ham faol ishtirok etmoqda.Bugungi kunda ushbu sport musobaqalari
davom etmoqda;
2004 yilning I-choragi davomida "Iste’dod" jamg’armasi orqali o’qishga
ketgan oliy o’quv yurt talabalari o’z o’qishini davom ettirdi. Bundan tashqari
boshqa yo’llar orqali xorijga ketgan oliy o’quv yurt talabalari xozirda horijda
o’qimoqda;
Davlatimizdagi oliy o’quv yurtlari xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Bular jumlasiga AQShning Texas universiteti, Germaniyaning Kyoln universiteti, Rossiyaning Moskva Davlat Universiteti hamda Plexanov nomidagi Moskva Davlat Iqtisodiyot Akademiyasi kabi xorijning nufuzli oliy o’quv yurtlarini kiritish mumkin;
Oliy o’quv yurtlarda iqtidorli talabalar bilan ishlash ham yaxshi yo’lga
qo’yilgan. Xozirgi kunda oliy o’quv yurtlarda ko’plab iqtidorli talabalar ilmiy
ishlarga jalb etilgan bo’lib, I-chorakda-ularning ilmiy maqolalar chop etilgan,
boshqalari esa turli ilmiy anjumanlarda ishtirok etishdi va o’zlarining ilmiy
ma’ruvalarini anjumai to’plamida chop ettirdi;
Oliy o’quv yurtlarda 2004 yilning 1--choragida doktorlik va nomzodlik ishlari
ximoyasi kuvatilmagan bo’lsa-da, aspirant va ilmiy tadqiqotchilarimizga avtoreferat chiqarishiga ruxsat berilgan va himoya kunlari belgilangan ;
2004 yil 1 –choragida oily o’quv yurtlarda monografiyalar chop etildi;
2004 yil 1 – choragida ham ixtirolar bo’yicha patentlar olinmagan bo’lsa-da,
ammo davlat grantlari ustida ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda;
2004 yil 1 - choragida o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining ko’plab ilmiy
maqolalari xorijiy hamda respublikamiz gazeta va jurnallarida chop ettirildi;
2004 yilning 11 fevral kuni O’zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy Zobitlari uyida oliy o’quv yurtlaridagi kafedralarning tashabbusi bilan "Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliq tizimi va sug’urta faoliyatini takomillashtirish
yo’llari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Anjumanda
O’zbekiston Respublikasivazirliklari va idoralari, ishlab chiqarish korxonalari,
sug’urta tashkilotlari rahbar xodimlari, xorijiy va mamlakatimizdagi oliy o’quv
yurtlari professor-o’qituvchilari qatnashdilar. Anjuman televidenie kanallari orqali
namoyish etildi. Anjuman materiallari to’plam shaklida nashr ettirildi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin