Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


-mavzu: Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə45/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

9-mavzu: Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish.
Reja:

  1. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini va o’quv jarayonini tashkil etish.

  2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashning asosiy yo’nalishi. Ilmiy-tadqiqot ishlari shakllari.

3. Kafedra, laboratoriya ilmiy- tadqiqot ishlarining mukammal olib borilishi
zamon talabi.
Tayanch so’z va iboralar. 1. Elektron darslik ,2. labaratotiya 3. Kafedra, ilmiy- tadqiqot ishlari, ilmiy pedagogic kadrlar va iqtidorli yoshlar
9.1. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini va o’quv jarayonini tashkil etish.
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishi, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik xuquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson har tomonlama
uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning
sharoitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy
xulq--atvorning andovalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida, vamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va taxnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston tarraqqiyotining muhim shartidir. Buning uchun har bir talaba o’zining ilmiy ishlarini bajarish uchun harakat qilmog’i kerak. Shundagina talaba o’quv fanlarini mukammal o’zlashtirishga qodir bo’ladi. Bu esa mutaxassis kadrlar tayyorlashda muxim rol o’ynaydi. Iqtidorli talabalar O’zbekiston Reepublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati xisoblanadi. Shuning uchun iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini va o’quv jarayonini tashkil etish ko’zda tutiladi. Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat: iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga aloxida e’tibor qaratish; malakali professor-o’qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish; ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yunalishlari bo’yicha ilmiytadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish; iqtidorli talabalar bo’yicha respublika banki va monitoringini shakllantirish; maxsus o’quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish; buyurtmachilar talabini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash.
Oliy ta’lim muassasalariga kiruvchi yoshlarga kasbiy yo’naltirish bo’yicha ishlarni amalga oshirish va natijasi bo’yicha xisobot taqdim etish, qabo’l komissiyasida ishlash, materiallar tayyorlash vakafedra majlislarida oliy ta’lim muassasasida (fakultet) kengashida, ilmiy-uslubiykengashlarda ishtirok etish, oliy maktab va malaka oshirish tizimi boshqaruv organlari toshpiriqlari bo’yicha tashkiliy ishlarni bajarish, darsdan tashqari vaqtlarda sport tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish (sport sog’lomlashtirish lagerlari va uquv mashq yig’inlari talaba va magistrantlar bilan jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar, sport bayramlari, kechalar va musobaqalarni o’tkazish.). Shu bilan birgalikda iqtidorli talabalarni ilmiy konferensiyalarga qatnashishiga imkon yaratib berish, ularnivg bilim saviyasini
yanada oshirish, talabga javob beradigan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida ishlarini
olib borishga sharoit yaratib berish, oliy o’quv yurtlaridagi kafedra o’z ishini
qiziqarli olib borish maqsadida ularni ilmiyish qilishlariga harakat qildirish ijobiy
natijalarga olib keladi. Oliy o’quv yurtlarida o’tilayotgan ma’ruva soatlarini imkoniyat darajasida muayyan kurs talabalari va talaba-magistrantlarni to’la qamrab oladigan potoklarda o’qitishni rejalashtirish tavsiya etiladi. Kursni potoklarga bo’lib o’qitish, faqat o’quv darslari har xil tillarda olibborilganda hamda katta sig’imli auditoriyalar mavjud bo’lmagan xollardagina ruxsat etiladi. O’ta murakkab fanlardan (rektorat tomonidan belgilangan) ma’ruvalar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’tkazuvchi o’qituvchilarning yillik o’quv yuklamasi, qayd etilgan mashg’ulotlarning xajmiga qarab, 30%gacha qisqartirilishi mumkin. Amaliy mashg’ulotlar soatlarini xisoblash jarayonida asosiy o’quv birligi bo’lib, akademik gurux xisoblanadi.
Bakalavriatda 15-20 kishi;
Magistraturada 3-4 kishi;
Bakalavriatura bosqichida chet tillarni,muxandislik grafikasi chizmalari,
chizmachilik chizma geometriya bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni hamda laboratoriya ishlari, kompyuter sinflarida mashg’ulotlar o’tqazish jarayonida guruxlar 8 -10 talabadan iborat guruhchalarga bo’linishi mumkin. Har bir talabaga ajratiladigan umumiy soatlar sonini ayrim kafedralar o’rtasida taqsimlanishini, mutaxassis chiqaruvchi kafedralarning taqdimoti bo’yicha rektorat (dekanat)ning qarori bilan amalga oshiriladi. Xuddi shunday tartib magistrlik dissertasiyasini bajaruvchi har bir magistrantga ajratiladigan umumiy soatlar soniniayrim kafedralar o’rtasida taqsimlanishida qo’llaniladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin