Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………….. 5
1-Mavzu.
O’zbekistonning turistik resurslari fanining predmeti, maqsadi 
va vazifalari……………………………………………………
6
2-Mavzu.
Turistik resurslarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, ularning 
turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati………………………….
12
3 -Mavzu. Turistik resurslarning mohiyati va tasnifi.................................. 16
4 -Mavzu. Turistik resurslardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillar........ 27
5 -Mavzu. Turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini baholash….. 36
6 -Mavzu. Ekologik turizmni rivojlantirish resurslari……………………. 41
7 -Mavzu. Diniy turizmni rivojlantirish resurslari……………………….. 51
8 -Mavzu. Agroturizmni rivojlantirish resurslari………………………… 56
9-Mavzu.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda turistik resurslardan 
samarali foydalanish…………………………………………..
62
10-Mavzu.
Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqtisodiy 
xususiyatlari……………………………………………………
71
11-Mavzu.
O’zbekistonning madaniy-tarixiy merosi, ulardan foydalanish 
va muhofaza qilish…………………………………………….
77
12-Mavzu. O’zbekistonni turistik rayonlashtirish xususiyatlari………….. 82
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….. 97
Ilovalar………………………………………………………… 100
4


Kirish
Turizm bugungi kunda jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi sohaga aylandi. 
So’nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to’g’ri 
kelmoqda. Shuning uchun ko’pgina mamlakatlarda bu sohaga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat 
ko’rsatuvchi sohalarning o’rni va roli g’oyat sezilarli bo’lib, bunda turizmning 
ahamiyati boshqa xizmat ko’rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar bilan 
rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda 
O’zbekistonda turizmni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarga juda ham katta 
e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo’llari 
shakllanmoqda va qaror topmoqda. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishning barcha 
imkoniyatlariga ega. Birinchi navbatda, boy tarixiy merosi, an’analari, o’ziga xos 
tabiati, ya’ni turistik resurslarga boyligi buning tasdig’idir.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasiga Davlat 
tashrifi arafasida shu mamlakatning markaziy nashrlaidan biri “TODAY” (“Bugun”) 
gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida O’zbekiston turizmning katta 
salohiyatga ega ekanligini ta’kidlab, qo’yidagi fikrlarni bildirdi: “Go’zal geografik va 
tabiiy sharoitlar Respublika hududida ekologik turizmni rivojlatirish uchun g’oyat 
qulaydir. Bu borada mamlakatning tog’li hududlarida joylashgan, zamonaviy 
jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil 
etilgan. Sayyohlikning yangi yo’nalishi – yirik qo’riqxonalar va bog’lar hududida 
tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda...”
1
Albatta turizmni 
shakllanishi va rivojlanishi turistik resurslarning salohiyatiga bog’liqdir. Mamlakat 
qanchalik turli – tuman turistik resurslarga ega bo’lsa, turizmni rivojlanishi shuncha 
oson kechadi. Turizm respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport 
va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishiga 
erishishimiz hozirgi kunning asosiy vazifasidir. 
Hozirgi kunda turizm bo’yicha mutaxasislarni talab darajasida tayyorlash 
muhim masaladir. Shunga ko’ra turizm ta’lim yo’nalishlaridagi o’quv rejalariga 
«O’zbekistonning turistik resurslari» fani kiritilgan bo’lib, mazkur fanda turizmni 
tashkil etishga asos bo’luvchi mamlakatimizning turistik resurslari o’rgatiladi.
Mazkur yaratilgan ma’ruzalar kursi birinchi galda turizm yo’nalishlarida tahsil 
olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, bu fan bo’yicha yaratilgan birinchi 
adabiyot hisoblanadi. Albatta ma’ruzalar kursi sifatli yaratilishiga harakat qilindi. 
Shunday bo’lsada ayrim nuqsonlar ega bo’lishi mumkin, shu sababdan oldindan 
kitobxonlardan uzr so’raymiz. 
1
“Xalq so’zi” gazetasi, 2007 yil 26 yanvar, №19
5



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin