Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O’zbekistonning turistik salohiyati



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

O’zbekistonning turistik salohiyati
Noyob madaniy-tarixiy meros
Xilma xil noyob tabiiy - iqlimiy 
ko’rkam joylar
Jahon sivilizasiya markazlaridan 
hisoblangan, «Buyuk ipak yo’li»ning 
markazida joylashganligi sababli buyuk 
tarixiy merosga ega ekanligi. 
Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy 
shaharlarning mavjudligi va boshqalar.
Mintaqada
tabiatning
turli 
ko’rinishlari – cho’llar, dashtlar, 
vohalar, tog’ va muzliklarning 
mavjudligi. Undan tashqari noyob 
o’simlik va hayvonat olami muhofaza 
etiladigan milliy bog’, qo’riqxona va 
buyurtmalarning
faoliyat 
ko’rsatayotgani turizmni rivojlantirish 
resurslari hisoblanadi. 
Rekreasion-gidromineral resurslar
Diniy – tarixiy diqqatga sazovar 
joylar
Mamlakatimiz bir qancha mineral suv 
manbalariga ega. Bu o’z navbatida 
sog’lomlashtirishga imkon beradi. 
Jumladan, Janubiy Olamushuk 
shaharchasi va Polvontoshda (Andijon 
viloyati), Buxorodagi “Sitorai Mohi 
Xossa” Jizzax viloyatidagi Gagarin va 
G’allaorol shaharlarida, Muborak 
shaharchasida (Qashqadaryo viloyati), 
Kattaqo’rg’on shahri Nagorney 
temiryo’l stansiyasida (Samarqand 
viloyati) sanatoriya-kurort, profilaktika 
muassasalarida bu resurs turidan keng 
foydanilmoqda.
Diyorimiz ulug’ Islom dini 
rivojlanishiga hissa qo’shgan 
ulamonlar vatani hisoblanadi. Imom 
Al-Buxoriy,
Al-Motrudiy, 
(Samarqand), At-Termeziy (Sur-
xondaryo), Naqshbandiy (Buxoro) 
kabi ulug’ qadamjolarning mavjudligi 
diniy turizmni rivojlanishi uchun asos 
hisoblanadi
Noyob xalq urf-odatlari, marosimlari
Boy o’tmishga ega xalqimizning takrorlanmas urf-odat, an’analarga ega. Xalq 
ijodiyoti namunalari, hunarmandchilik mahsulotlari hech kimni befarq 
qoldirmaydi. Undan tashqari folkrolshunoslikni rivojlanganligi sayyohlarni 
o’ziga jalb qiladi.
Ko’pgina xorijiy ekspertlarning fikriga ko’ra, Markaziy Osiyo mintaqasi, 
ayniqsa, O’zbekiston kuchli turistik potensialga ega, bu esa ko’pgina sayohatchilarni 
oqimini o’ziga jalb etadi. Bu esa o’z navbvtida, bizning respublikaga keladigan 
xorijiy turistlar sonini ko’paytirish, ularga yuqori malakali servis xizmatlarini tashkil 
qilishgina emas, balki vatandoshlarimizning boshqa davlatlarga turistik yo’nalishlar 
bo’yicha chiqishlari uchun qulay sharoitlarni ham yaratadi. Bizning davlatimizda 
turizm faqatgina tarixiy obidalari borligi uchungina emas, balki hukumatimiz 
tomonidan e’tiborni kuchaytirilganligi, turistik biznes sohasiga oid bir qator me’yoriy 
– xuquqiy hujjatlarning qabul qilinaytgani sababli ham rivojlanib borishi lozim. 
8


Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turizmni iqtisodiyotning muhim tarmog’i 
sifatida shakllantirish uchun hozirgi kundagi qilinadigan xarajatlar albatta kelajakda 
o’z samarasini beradi. Albatta, bunda O’zbekistonga keladigan sayyohlarning qancha 
vaqt turishi yoki davomiyligi ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun turistik 
resurslarni aniqlash va undan samarali foydalanish turistik infratuzilmani 
shaklantirish va turistik marshrutlarni kengaytirish, turistik xizmatlarni yaxshilash 
kabi ko’plab muammolarni hal etishimiz kerak. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin