Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O’zbekistonning turistik resurslari fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

1.3.O’zbekistonning turistik resurslari fanining maqsadi va vazifalari.
Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy 
ahvolini yaxshilashda yangi ish o’rinlarini ochish katta ahamiyatga ega. Shuning 
uchun qaysi tarmoqlarda yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati bo’lsa, undan samarali 
foydalanish lozim. Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi 
biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi 
bo’lib, danyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan 
tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, 
qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat 
tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega 
bo’lmoqda. Iqtisodiyotimizda turistik resurslardan samarali foydalanishda sohada 
yangi ish o’rinlari ochish katta ahamiyatga ega.
Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida 
foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil 
etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning 
miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. Shu sababli turistik resurslarni har jihatdan 
o’rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini, 
tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini belgilaydi. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib bu fanning maqsadi mamlkatimizning 
turizm salohiyatini belgilash nuqtai nazaridan turistik resurslarimizni har taraflama 
o’rganib chiqishdir. Shu jihatdan kelib chiqib turizm faoliyatida turistik resurslardan 
samarali foydalanish, uni iqtisodiy asoslarini yaratish bu fanning asosiy vazifasidir. 
Undan tashqari, Vatanimizning kelajagi hisoblangan yoshlar ongida milliy 
merosimizga, jumladan, madaniy-tarixiy, tabiiy yodgorliklar va milliy 
an’analarimizga bo’lgan munosabatni shakllantirish fanning asosiy maqsadidir. 
Xalqimiz milliy boyligimiz hisoblangan turistik obyektlarimizni, tabiatimizni 
qanchalik asrab-avaylasa, shunchalik mamlakatimizda turizmni rivojlantirish 
10


imkoniyatlari oshib boradi. Fanning vazifasi - turistik resurslar haqida tushuncha 
berish, turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o’rganish, 
O’zbekistonning turistik resurslarini mintaqalar bo’yicha joylanishi, turistik 
rayonlashtirish hamda, mamlakatimiz turistik resurslarini muhofaza qilish tadbirlari 
to’g’risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin