Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

7.2. Asardagi asosiy g‘oya
Darxaqiqat, Abdulla Avloniy tarbiyadagi asosiy g‘oya, bu bizlar 
uchun: “Yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo 
falokat masalasidir” deya mushohada qilishi, uning tarbiya sohasida 
juda katta va keng bilimga ega ekanligi, komil insonni tarbiyalashda 
ta’lim-tarbiyaning har bir yo‘nalishiga e’tibor berish kerakligini
ong va tafakkurni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda tarbiya 
katta rol o‘ynashini mohirona ifodalai bilishi, tahsinga loyiqdir. Bu 
g‘oya o‘z navbatida yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, 
insonparvarlik, odamiylik, olijanoblilik, mehnatsevarlik, iffatli, mehr-
oqibatli, intizomli, adolatparvar, millat g‘ururini e’zozlovchi, ulug‘ 
ajdodlarimiz an’analari va ilmiy meroslarini ko‘z-qorachig‘iday asrash, 


106
axloqi pok inson bo‘lib etishish borasidagi asosiy mezon hisoblanadi.
Birinchi prezident Islom Karimovning “Men Abdulla Avloniyning 
“Tarbiya biz uchun “Yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, saodat 
- yo falokat masalasidir” - degan fikrini ko‘p mushohoda qilaman. 
Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun 
qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun 
ham shunchalik, balki undan xam ko‘ra muhim va dolzarbdir. Chunki 
ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaktda ong darajasi va uning 
rivojini xam belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini 
o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni 
o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad - ozod va obod 
jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.
Ko‘rib turganimizdek bularning barchasi bir-biri bilan zanjir kabi 
chambarchas bog‘lik masalalardir”
1
, - deya ilgari surgan fikr va 
muloxazalari Abdulla Avloniy ijodiga berilgan katta bahodir. Tarbiya 
xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy 
qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p 
jihatdan bog‘liq, shu bois A.Avloniy bola tarbiyasiga katta e’tibor bilan 
qarab, o‘zbek ziyolilar orasida birinchi bo‘lib, ta’lim-tarbiya haqidagi 
ta’limotni, tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etdi. 

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin