«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015


Din sosiomadaniy institut sifatida



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə45/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Din sosiomadaniy institut sifatida. Ijtimoiy hayotning muhim jabhasi bo’lgan din va diniy etiqod masalasi Sosiologiya fanining muhim obyektlaridan biri hisoblanadi. Sosiologiya jamiyat hayotini o’rganar ekan, shu hayotning muhim tarkibiy qismi bo’lgan va ayni paytda unga kuchli tasir o’tkazuvchi omil - din doimo uning diqqat markazida bo’lgan. Kont jamiyat taraqqiyotini davrlarga bo’lar ekan, asosiy mezonlardan biri sifatida dinga murojaat qiladi. Uning fikricha, insoniyat o’z rivojida uch bosqichni bosib o’tadi. Bular quyidagilar: teologik, metofizik va ilmiy bosqichlar. Har uch bosqichda ham din muayyan rol o’ynaydi. Din quyidagi o’ziga xos belgilarga ega:
1. Muayyan etiqod va talimotning mavjudligi. Har bir din dunyoni o’z nazaricha izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan etiqod shakllantiradi;
2. Marosim va rasm-rusumlar. Har bir din o’ziga xos marosim va rasm rusumlarga ega;
3. Diniy marosim va rasm-rusumlarning muayyan qismi faqat belgilangan joylarda jamoa bo’lib bajarilishi. Masalan, yahudiy va xristian dinida ibodatning asosiy qismi sinagogda va cherkovda bajariladi. Islom dinida erkaklar tomonidan o’qiladigan namoz asosan jomye masjidlarida o’qiladi. Din sehrgarlikdan avvalo mana shu belgi bilan, yani muayyan marosimlarni muayyan davrlarda bajarish bilan farqlanadi. Sehrgar va shomonlar g’ayritabiiy harakatlarni individual holatda bajarsalar, dindorlar diniy marosim va ibodatlarni asosiy qismini jamoa bo’lib bajaradilar. Sanab o’tilgan belgilarning uchtasi ham dunyoviy dinlarning barchasida mavjud. Bu dinlar quyidagilar: iudaizm, xristianlik, islom.
Iudaizm ular ichida eng qadimiysi bo’lib, miloddan taxminan ming yil oldin shakllangan. Bu din o’sha davrdagi dinlardan farqli o’laroq, yakka xudoni tan olardi.
Milodning dastlabki asrlarida yahudiylar dunyoning ko’p mamlakatlariga tarqalib ketdilar, lekin biror mamlakatda iudaizm rasmiy din sifatida tan olinmadi. Ko’p mamlakatlarda bu din vakillari taqib ostiga olindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida nasistlar tomonidan ko’plab yahudiylar qirib yuborildi. Urush tugagach, Isroil davlati tashkil topdi va unda iudaizm rasmiy din sifatida etirof etildi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin