«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə48/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Nazorat uchun savollar:



  1. Institusional Sosiologiyaga tarif bering.

  2. Sosial institutlarning qanday turlarini bilasiz?

  3. Sosial institutlarning vazifalari nimalardan iborat?

  4. Sosial institutlarning qanday ko’rinishlarini bilasiz?

  5. Talim va tarbiyaning uzviyligini izohlang.

  6. Talim - Sosial institut sifatida amal qilishi.

  7. O’zbekiston mustaqilligi sharoitida talim tizimidagi o’zgarishlarlarga baho bering.

  8. Iqtisodiy talim nima uchun zarurligini izohlang?

  9. Oila tushunchasiga izohlab bering.

  10. Oila jamiyatining bir bo’g’ini sifatida qanday vazifani bajaradi?

  11. Oilani mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi tadbirlarni aytib bering.

  12. O’zbekistonda bu masalalarga qanday ahamiyat berilmoqda?

  13. Oilaviy mojarolarning asosiy sabablari nimalarda deb bilasiz?

  14. Ijtimoiy guruh deb nimaga aytiladi?

  15. Iqtisodiyotni ijtimoiy tuzilmalarini tahlil etishning asosiy yo’-nalishlari nimalardan iborat?

  16. Ananaviy va yangi guruhlar deb nimaga aytiladi?

  17. Dinning o’ziga xos belgilarini ko’rsating.

  18. Dunyo dinlari haqida nimalar bilasiz?



4 – MAVZU. DEVIANT XULQ-ATVOR VA SOSIAL NAZORAT


Reja:

    1. Deviant xulq-atvor tushunchasi

    2. Deviant xulq-atvor belgilari, ularning strukturasi.

    3. Sosial nazorat



Deviant so’zi - lotincha “deviatio” so’zidan olingan bo’lib, chekinish, buzilish degan manoni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o’rnatilgan axloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir.
Malumki, zamonaviy G’arb Sosiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko’p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo’lish turi jinoyatchilik bo’lib, ijtimoiy meyorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o’rganilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o’rganuvchi talimotlar paydo bo’la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch. Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug’ma bo’lishadi” degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik Sosiologiyasi asarida ushbu omilga qo’shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko’rsatadi. Keyinchalik ushbu talimotlar turli tanqidlarga uchragan bo’lsada, hozirgi kungacha ham G’arb Sosiologiyasining bazi namoyondalari ushbu talimotning u yoki bu yo’nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning talimotlariga ko’ra ichki sekresiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug’ma yoki biologik omillarni shakllanishiga tasir qiladi
Ushbu talimotlarga qarama-qarshi o’laroq, Sosiologiyada ijtimoiy meyor buzish jarayonlarini to’la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki talimot e.Dyurkgeymning anomiya g’oyasi edi. Bunga ko’ra eski meyorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o’rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qatiy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin