Anamnez (kasallardan so‘rab ma’lumotlar yig’ish) ma'lumotlari, biopsiya, immunologik, allergologik tekshirishlar asosida tashhis qo‘yiladi.
Anamnez (kasallardan so‘rab ma’lumotlar yig’ish) ma'lumotlari, biopsiya, immunologik, allergologik tekshirishlar asosida tashhis qo‘yiladi.
Egri boshli gijja (Ancylostoma duodenale) - ankilostomoz qo‘zg‘atuvchisi
Parazitning odamda yashash joyi. Odamning 12 barmoqli ichagida parazitlik qiladi. Ankilostomoz - antroponozlar guruhiga kiradi. Geografik tarqalishi. Ankilostoma geogelmint bo‘lib, tropik va subtropik mamlakatlarda, Markaziy Osiyoda, Kavkaz ortida tarqalgan. Ko‘pincha shaxtalarda va boshqa yer osti inshootlarida uchraydi.
Morfologiyasi. Hayot sikli
Parazitning o‘lchami 10-15 mm dan oshmaydi. Oldingi qismi dorzal tomonga qiyshaygan (shuning uchun ham egri boshli gijja deyiladi). Og‘iz kapsulasida 4 ta xitinli tishlari bo‘lib, ular yordamida parazit ichak devoriga yopishadi va qon bilan oziqlanadi.
Faqat odamda parazitlik qiladi. Tuxumlar axlat orqali tuproqqa tushadi, qulay sharoit mavjud bo‘lsa 1-2 kundan keyin tuxumdan noinvazion rabditsimon lichinka chiqadi (1 faza). 2-3 kundan keyin tullab, filyariyasimon 313 lichinkaga aylanadi (2-faza), 1-2- kundan keyin filyariyasimon lichinka yana tullab, invazion holatga aylanadi (3 - faza). Lichinkalar organizmga teri orqali (faol invaziya), yoki og‘iz orqali, ovqat va suv bilan yuqadi (nofaol, passiv invaziya). Faol invaziyalangan lichinkalar organizmda migratsiyalanadi (yurak, o‘pka, halqum, orqali qayta yutilib, ichakka tushadi). Passiv invaziyalangan lichinkalar migratsiyalanmaydi.
Profilaktikasi.
Shaxsiy profilaktikasida - oyoq yalang yurmaslikka, ishchilarning maxsus kiyimlar bilan ta’minlanishiga katta e'tibor berilishi lozim. Jamoat profilaktikasi - kasal odamlarni aniqlash va davolash, aholining yashash va ishlash joylarini obodonlashtirish, shaxtalar, yer osti inshootlari ishchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turishga asoslangan. Shaxtalarda parazitlarga qarshi biologik kurash usullari (yirtqich zamburug‘lar yordamida) qo‘llanilishi yaxhshi natija beradi.