Tibbiy biologiya



Yüklə 227,7 Kb.
səhifə7/7
tarix14.12.2023
ölçüsü227,7 Kb.
#140841
1   2   3   4   5   6   7
tibbiy biologiya 10-stom Tulaev S

Ovogelmintoskopiya

  • Ovogel'mintoskopik usullarning quyidagi uch turi amaliy tibbiyotda keng qo‘llaniladi:
  • Ovogelmintoskopiya — parazit gijjalarning (gelm intlarning) tuxumlarini aniqlash. Gelmintoskopiya deyilganda gelmintlarning tana qismlarini yoki o ‘zlarini aniqlash tushuniladi. Gelmintoskopiya va ovogemintoskopiya gelm intozlarga tashxis qo‘yish uchun zarur. Bundan birinchi maqsad — davolash, ikkinchisi - gelmintozlarni oldini olishdir (profilaktikasi). D unyoda birinchi bo‘lib K .l. Skryabin gelm intozlarni davolash va kasallikning oldini olish choralarini ishlab chiqqan. Buni Skryabin devastatsiya deb atadi.

Devastatsiya — bu

  • Devastatsiya — bu gelmintlardan saqlanish emas, balki ularga qarshi faol holda kurash, shuningdek gelm intlar bilan kurashibgina qolmay, balki ularning hamma taraqqiyot davrlarida bu kasallikni qo‘zg‘atuvchilariga qarshi kurash olib borishdir.

GELMINT TUXUMLARINING TUZILISHI

  • Jigar qurtining tuxumlari. Uzunligi 130-150 mkm, eni 70 -90 mkm. Ular oval shaklida, sariq, jigar rangli yupqa parda bilan qoplangan. Bir qutbida qopqoqchasi bo’lib, ikkinchi qutbida esa ba’zan yassi do‘ngchasi bo’ladi. Lansetsimon so‘rg‘ich tuxumlari uzunligi 38—45 mkm , eni 22— 25 mkm. Uning bir tomoni do‘ng bo’lib, ikkinchi tomoni ancha yassidir (assim etriyalik). Rangi to ‘q jigarrang, pardasi qalinroq va bir qutbida qopqoqchasi bo’ladi. Mushuk (sibir) so‘rg‘ichi tuxumlari. Uzunligi 2 6 -3 2 m km , eni 1 1 -1 5 m km . Tuxumning bir qutbi kengaygan, ikkinchisi tor bo‘lib qopqogi aniq ko‘rinadi. Pardasi yupqa, tekis va och sariq rangda. Keng tasmasimon chuvalchang tuxumlari. Ularning uzunligi 6 8 - 71 m km, eni 45 m km , rangi - kulrang yoki to‘q jigarrang. Qutblarini birida qopqoqchasi, ikkinchisida esa do‘ngi bo’lishi mum kin. Ichida bir qancha blastom erlar ko ‘rinadi. Cho‘chqa solityorining tuxumlari. Tuxumi yumaloq yoki biroz oval shaklida bo’lib, pardasi nozik. Uzunligi 3 1 -3 6 m km, eni esa 20 m km . Tuxum ichida sharsimon onkosfera ko‘rinib turadi. Uning pardasi tashqi sharoitda tez yem irilgani uchun ahlatda onkosferaning qalin va radial chiziqli pardasi ko‘rinadi. Qoramol solityori tuxumlari. Ular yumaloq shaklda, yonida 1— 2 ta o‘simtalari bo’lib, uzunligi 3 0 -4 0 m km, eni 2 0 -3 0 m km bo’ladi. Onkosferani o‘rab turgan parda radial chiziqli. Mikroskop ostida tekshirganda cho‘chqa solityorining tuxumidan ajratish qiyin bo’ladi. Odam askaridasi tuxumlari. Oval shakldagi tuxumlar to‘q kul rangda bo’lib, uning uzunligi 5 0 -7 5 m km, eni 4 0 -5 0 m km. Ular uch qavat parda bilan o‘ralgan, ustidagi oqsil moddasidan tuzilgan g‘ad ir-budur qavat, o‘rtasidagi qavat yaltiroq va ichki qavati tolali bo’lib, lipoid moddasidan tashkil topgan. Ayrim holatlarda otalanmagan tuxumlar odam ahlatida uchraydi. Ular kattaroq bo’lib, uzunligi 8 0 -9 0 m km , eni 45 m km. Parda ostidagi barcha joylar tuxum hujayrasi bilan to’lgan bo’ladi. Otalangan tuxum larining qutblarida bo ‘sh joylar bo’ladi. Ostritsa tuxumlari. Tuxumning shakli uzunchoq, bir tom oni biroz yassi. Uzunligi 5 0 -6 0 mkm , eni 2 0 -3 0 mkm . Ustidagi pardasi tekis va rangsiz, ko‘pincha ichida lichinkasi ko‘rinib turadi. Qilboshli gijja tuxumlari. Ular bochkasimon shaklda, tilla sariq rangli bo’lib, uzunligi 5 0 -5 4 m km , eni 22—33 m km . Tuxumi qalin pardaga o‘ralgan, qutblarida ancha pufaksimon moddalar ko ‘rinadi.

Etiboringiz uchun raxmat


Yüklə 227,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin