7. Ikkinchi darajali oʻrinda boʻlgan firmalar strategiyasi
Ikkinchi darajali oʻrinda boʻlgan firmalar bozorda tarmoqning ilgʻorlariga
nisbatan ancha zaif pozitsiyasiga ega boʻladilar. Ularning ba’zilari tirishqoq,
sergʻayratlikga da’vogar boʻladilar
va
sozlangan
strategiyalardan
oʻz
pozitsiyalarini mustahkamlashda, bozordagi ulushini kengaytirishda foydalanadilar.
Ular ancha chapdast boʻladilar va quyidagi yondoshuvlardan har qanaqasini qoʻllay
oladilar.
1. Vakant uya strategiyasi.
2. Mutaxassis strategiyasi.
3. Firmaning «bizda ulardagidan yaxshi» strategiyasi.
4. «Itoatguy izdosh» strategiya.
5. «Ega boʻlish (yoki orttirish) hisobiga oʻsish» strategiyasi.
6. Obroʻga mos strategiya.
7. Muvaffaqiyatli ishbop strategiya ishlab chiqish uchun tavsiyalar
Raqobat mavqei yomonlashayotgan firma oʻz siyosatini toʻrtta asosiy strategik
imkoniyatlardan kelib chiqib koʻradi. Firmada moliya mablaglari mavjud boʻlsa, u
quyidagi strategiyani amalga oshirishi mumkin.
• Aylanma hujum strategiyasi.
• Himoya va mustahkamlash strategiyasi.
• Tezlik bilan chekinish strategiyasi.
• «Hosil yigʻish» strategiyasi.
Bunday firmalar jozibasiz tarmoqlarda «hosil yigish» dan pul mablagʻlarini
daromadli sohalarga yoʻnaltiradilar.
Muvaffaqiyatli
ishbop
strategiya
ishlab
chiqish
uchun
tavsiyalar
55
quyidagilardan iborat:
1) Strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishda firmaning raqobat
mavqeini uzoq muddatga kuchaytirish imkonini beradigan harakatlarga alohida
e’tibor bering.
2) Shuni bilingki, izchillik bilan aniq ishlab chiqarilgan va keskirlik bilan
amalga oshirilgan raqobat strategiyasi firmaga obroʻ keltiradi va kning tarmoqdagi
mavqeini tan oldiradi. Bir lahzalik bozor imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan
oʻzgaruvchan strategiya esa yuzaki natijalar beradi.
3) Pastroq xarajatlar va kengroq tabaqalashtirish oʻrtasidagi murosasozlikka
asoslangan, «yoʻlning yarmisida toʻxtab qolgan» strategiyalardan uzoqroq boʻling.
4) Mablagʻlarni mustahkam bozor ustunliklari yaratishga sarflang.
5) Raqobat ustunliklari yaratish uchun agressiv hujum taktikasini va ularni
himoya qilish uchun qat’iy himoya taktikasini qoʻllang.
6) Eng qulay sharoitlardagina muvoffaqiyat keltirishi mumkin boʻlgan
strategiyalardan qoching.
7) Firmaga
manevr
imkoniyatlari
qoldirmaydigan
qattiq
strategiya
qoʻllayotganda extiyot boʻling, chunki tez oʻzgaruvchan bozor sharoiti barcha
harakatlaringizni yoʻqqa chiqarishi mumkin.
8) Raqiblar harakatiga yetarli baho bermaslikka yoʻl qoʻymang.
9) Salobatli raqobat ustunligi va yetarli moliyaviy ta’minot boʻlmasa kuchli
raqiblarga hujum qilmang.
10)
Kuchli raqibdan koʻra kuchsiz raqibga hujum qilish foydaliroq
ekanligini biling.
11)
Xarajatlar boʻyicha yetarli ustunlikka ega boʻlmay turib baholarni
pasaytirmang.
12)
Raqiblarning bozordagi oʻrnini bisib olishga qaratilgan agressiv siyosat
ularni urush ochishga va «marketingcha» qurollanish poygasini boshlashga turtki
boʻlishi mumkin.
13) Tabaqalashtirish strategiyasini amalga oshirishda sifat, tovarlardan
foydalanish va xizmat koʻrsatishda muhimroq tafovvutlar topishga harakat qiling.
Nazorat savollari:
1. Firma ishlayotgan tarmoqni qanday ta’riflash mumkin?
2. Firmaning tarmoqdagi ahvoli qanday baholanadi?
3. Firmaning tarmoqdagi mavqei va strategik imkoniyatlari oʻrtasida qanday
bogʻlanish bor?
4. Hujumkorlik strategiyasini qachon qoʻllash lozim?
5. Tarmoqdagi harakatlantiruvchi kuchlarga nimalar kiradi?
6. Firmaning strategik harakatlari deganda nimani tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: |