Uz Sugurta Umid doc


Istisno qiluvchi shartlar



Yüklə 2 Mb.
səhifə108/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Istisno qiluvchi shartlar – mazkur shartlar sug‘urta shartnomalarida ko‘rsatilgan bo‘ladi va ayrim risklar sodir bo‘lishi oqibatida yetkazilgan zararlar sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydi.
Kargo-sug‘urta – tashqi savdo operatsiyalarida transport vositalari orqali tashilayotgan yuklarni sug‘urtalash. Bunda transport vositasi yoki uning haydovchisiga yetkazilgan zararlar sug‘urta himoyasi bilan qoplanmaydi.
Kasko-sug‘urta – transport vositalarini sug‘urta qilish. Bunda transport vositasidagi yuklar va uning haydovchisiga yetkazilgan zararlar sug‘urta himoyasiga olinmaydi.
Obligatorli qayta sug‘urtalash – 1) qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini majburiy ravishda qayta sug‘urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora kayta sug‘urtalash orqali chet elga valutani chiqib ketishini oldini oladi; 2) sug‘urta kompaniyasi (tsedent) ma’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha riskni qayta sug‘urtalovchiga berishini va o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug‘urtalash shartnomasi.
Majburiy sug‘urta - sug‘urta munosabatlarining qonun kuchiga ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug‘urtaga tortiladigan obyektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin.
Keptiv sug‘urta kompaniyasi – yirik sanoat, savdo va moliya guruhlari tomonidan tashkil etiladigan sho‘ba sug‘urta kompaniyasi bo‘lib, asosan guruh tarkibiga kiruvchi korxona va kompaniyalarning mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi.
Netto-mukofot – sug‘urtada brutto-mukofotning sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qismi bo‘lib, sug‘urtalovchining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi.
Netto-stavka – brutto-stavkaning asosiy qismi. U brutto-stavkaning 90 foizigacha qismini tashkil etadi va sug‘urtalovchi resurslarini shakllanishiga xizmat qiladi. Sug‘urtalovchining ish yuritishi bilan bog‘liq xarajatlar netto-stavkada hisobga olinmaydi. Netto-stavka sug‘urtalovchining sug‘urta shartnomasi bo‘yicha riski darajasini aks ettiradi.
SLIP – fakultativ qayta sug‘urtalashga xos hujjat. Unda riskni uzatuvchi tsedentning nomi, riskning xususiyatlari, sug‘urta summasi, sug‘urta va qayta sug‘urtalashning shartlari, sug‘urta mukofoti stavkasi, tsedentning o‘z javobgarligida qoldirilgan ulush va boshqa tegishli ma’lumotlar yozilgan bo‘ladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin