Uz Sugurta Umid doc


qilishda Davlat sug‘urta nazorati organlarining o‘rni



Yüklə 2 Mb.
səhifə55/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

qilishda Davlat sug‘urta nazorati organlarining o‘rni


Sug‘urta bozori murakkab integratsiyalashgan shaklda rivojlanuvchi tizim bo‘lib, sug‘urtalovchilar, sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urta xizmatlari, sug‘urta vositachilari, sug‘urtalovchilar uyushmalari va iste’molchilar hamda sug‘urta infratuzilmasi, ularni davlat tomonidan tartibga solish institutlari tizimini tashkil etuvchi komponentlar bo‘lib hisoblanadi. Bir tomondan, sug‘urta bozori – bu sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi, ya’ni sug‘urta bozorining subyektlari o‘rtasida oldi-sotdi obyekti bo‘lgan sug‘urta himoyasi, sug‘urta qoplamasi, sug‘urta mahsulotini sotish va sotib olish jarayonida vujudga keladigan munosabatdir. Boshqa tomondan, sug‘urtani xizmatlar sohasiga kiritish mumkin, chunki sug‘urta birinchidan, qiymatga (sug‘urta mukofoti) va iste’mol qiymati (sug‘urta himoyasi) ga ega. Sug‘urta tegishli foydali samara keltiradi, ya’ni davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlari himoyasini ta’minlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, sug‘urtalash jarayonida moddiy buyum shaklidagi mahsulot yaratilmaydi. Bayon etilganlarni hisobga olib xulosa qilish mumkinki, sug‘urta to‘la-to‘kis xizmatlar ko‘rsatish sohasiga taalluqlidir. Ayni chog‘da, sug‘urtada moliyaviy xizmatlarga xos bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni ajratish mumkin. Bu xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • aksariyat hollarda xizmatning moddiy emasligi;

  • xizmatning vaqt birligida o‘lchanishi;

  • ayrim hollatlarda xizmatning moddiylashishi;

  • xizmatning mulk sifatida sotish imkoniyatining yo‘qligi.

Bizning nazarimizda, bozorga xos sug‘urta munosabatlarining predmeti bo‘lib, qonun asosida aniqlanadigan moliyaviy xizmat hisoblanadi.
Hayotni jamg‘arib borish yo‘li bilan sug‘urta qilishning klassik turlarida sug‘urtani moliyaviy xizmatlar bozoriga to‘liq kiritish uchun asoslar yetarli. Ammo sug‘urtaning riskli turlarida sug‘urta hodisasi ro‘y bermagan taqdirda, xizmat ko‘rsatilgan yoki xizmat ko‘rsatilmaganligini baholash ancha murakkab hisoblanadi. Ya’ni boshqacha so‘z bilan ifodalanganda, sug‘urta qildiruvchi tomonidan xizmat haqi to‘langan, ya’ni bir tomon, shartnoma bo‘yicha olgan majburiyatini bajargan, ikkinchi tomonning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarilganligini faqat sug‘urta qoplamalarining o‘z vaqtida to‘langanligi bilan tekshirish mumkin. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta kompaniyasidan ishonchni sotib oladi.
Ayrim ekspertiza xulosalariga ko‘ra, sug‘urta sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun quyidagi sabablar mavjud:

  1. Majburiy sug‘urta turlarining mavjudligi. Bunda sug‘urta shartnomalari ommaviy ravishda tuziladi. Bu, o‘z navbatida, sug‘urta shartnomasini tuzgan fuqarolarda sug‘urta qonunchiligi bo‘yicha yetarli miqdorda tasavvurga ega bo‘lmaslik holatlarini keltirib chiqaradi.

  2. Sug‘urta juda murakkab tovar hisoblanadi, iste’molchi bu tovar haqida, uning sifati va tovar unga qanchalik zarurligini aniqlashi boshqa tovarlarga nisbatan anchayin qiyin kechadi.

  3. Sug‘urtalovchilarning o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajara olmaslik riskidan sug‘urta mahsuloti iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishning obyektiv zarurligi.

  4. Iste’molchining sug‘urta sohasidagi dunyoqarashlarini kengaytirish imkoniyatlarini ta’minlash, ya’ni sug‘urta bozori subyektlarining ochiq-oydinligini va shaffofligini ta’minlash. Sug‘urta mahsuloti iste’molchilarning manfaatlarini yetarli darajada himoya qila oladigan qonunchilik bazasi hozircha Rossiya Federatsiyasida ham mavjud emas. Rossiya Federatsiyasining sug‘urta nazorati davlat organi, sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq normativlarni ishlab chiqish yordamida sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni o‘zining asosiy vazifasi deb biladi.

O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy xizmat iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishning mutlaq zarurligi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 28-moddasida o‘z aksini topgan. Bu moddada moliyaviy xizmatlar ijrochisi o‘zining bankrot bo‘lish yoki tugatilish holati bo‘yicha iste’molchi oldidagi javobgarligini sug‘urta qildirishlari shart ekanligi ko‘rsatilgan.
Mamlakatimizda mavjud iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi qonunchilik, iste’molchi – fuqaro va tovarlarini unga sotgan yoki xizmat ko‘rsatgan tashkilotlar va korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Fuqaroning iste’molchi toifasiga kiritishdagi asosiy belgilardan biri iste’molchining tovar va xizmatlarni foyda olish maqsadida emas, balki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun sotib olishi hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda ta’kidlash kerakki, ushbu qonunda xizmat, shu jumladan, «moliyaviy xizmat» tushunchalari bo‘yicha yagona yondashuv mavjud emas. Bundan tashqari moliyaviy xizmat to‘g‘risida ham bu qonunda aniq tushuncha berilmagan.
Ammo moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishning asosida fuqarolik – huquqiy munosabatlarga xos o‘xshashliklarni ko‘rish mumkin. Masalan, moliyaviy xizmatlar bozori ishtirokchilari bozorda xizmatlar ko‘rsatishda tegishli shartnomalardan foydalanadilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalari bilan tartibga solinadigan pullik xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma doirasidan tashqariga chiqmaydilar.
Shu bilan bir qatorda qayd etish lozimki, sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish quyidagi xususiyatlarga ega.
Quyida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari to‘liq maromiga yetmagan. O‘z huquqlarini himoyalash mexanizmidagi noaniqliklar sug‘urta mahsuloti iste’molchilarning sug‘urtalovchilarga nisbatan ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lishlariga sabab bo‘lmoqda.
Sug‘urta sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tor tushuncha bo‘lib, uning ortida amaldagi qonunchilikka asosan normalarga muvofiq sug‘urta xizmatlarini xarid qilishda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq huquqiy me’yor tizimi turibdi.
Bunday himoya ijtimoiy-huquqiy munosabatlar doirasida (qonunchilik hujjatlari, sug‘urta faoliyati ustidan nazorat, monopoliyaga qarshi qonunchilik) va fuqarolik-huquqiy munosabatlari hamda nizolarni sudgacha va sudlarda ko‘rib chiqish doirasida qonuniy tartibga solish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimida iste’molchilar huquqlarini qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish, davlat tomonidan iste’molchini zaif tomon sifatida tan olgandagina amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchilar bilan shartnoma munosabatlariga kirishganda, davlat shartnoma shakllari shakllanishining boshqa usul va imkoniyatlariga hamda uni ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq vakolatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Aynan shu sababli sug‘urta qildiruvchining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashda, unga ya’ni iste’molchiga shartnoma munosabatlarida qatnashuvchi zaif tomon sifatida qarab, unga qo‘shimcha huquqlar berish, aksincha sug‘urtalovchilarga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin