Uz Sugurta Umid doc


-modda. Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari



Yüklə 2 Mb.
səhifə72/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

924-modda. Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari


Qonun bo‘yicha foydasiga majburiy sug‘urta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxs, agar sug‘urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Agar sug‘urta qildiruvchi sifatida sug‘urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo‘lsa yoki sug‘urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘lishi kerak bo‘lgan shartlarda javobgar bo‘ladi.

925-modda. Sug‘urtalovchi


Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sug‘urtalovchilar sifatida sug‘urta shartnomalarini tuzishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar, ularga litsenziya berish va ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.

926-modda. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi


Naf oluvchi foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzish, shu jumladan, u sug‘urtalangan shaxs bo‘lganda ham, sug‘urta qildiruvchini, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoxud sug‘urta qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan shaxs tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Naf oluvchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini yoxud shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lashni talab qilganida sug‘urtalovchi undan, shu jumladan, sug‘urtalangan shaxs naf oluvchi bo‘lgan taqdirda ham, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni, shu bilan birga sug‘urta qildiruvchining zimmasida bo‘lgan, lekin u bajarmagan majburiyatlarni bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi naf oluvchining zimmasida bo‘ladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin