Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalaridan
foydalanishning roli va ahamiyati
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladi va bu davlatlar o‘rtasida o‘zining sezilarli nufuziga ega bo‘lmoqda. Har bir soha bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish uchun o‘zaro shartnomalar tasdiqlanmoqda. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Ayniqsa, axborot-kutubxona muassasalar faoliyatida multimedia vositalaridan foydalanish, zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Chunki O‘zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 4- moddasida axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarga keng imkoniyat yaratib berish aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu Qonunning 19- moddasida foydalanuvchilarning huquqlari va 20- moddasida foydalanuvchilarning majburiyatlari aniq ko‘rsatib berilgan. Axborot-kutubxona muassasalarida 2011–2015- yillarga mo‘ljallangan davlatimiz tomonidan belgilab berilgan aniq dastur asosida axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalaridan foydalanish foydalanuvchilarning so‘roqlariga aniq javob berish, olinayotgan axborotlarni eslab qolish yoki maxsus fayllar tashkil etib, matnlarning nusxasini ko‘chirish imkonini yaratadi.
Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia vositalari orqali axborot olishning quyidagi afzalliklari mavjud:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish
ishtiyoqi yanada ortadi;
ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash im-
koniyatiga erishish;
olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak
bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari foydalanuvchilarga axborot berish, axborotni tahlil qilish, ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptirishda katta yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
I. A. Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekison, 2011.
I. A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisining Axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ–381- sonli Qarori. 20- iyun 2006- yil.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015- yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ № 1487- sonli Qarori. 2011- yil 23- fevral.
«O‘zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi
2011- yil 13- apereldagi O‘RQ № 280- sonli Qonuni
Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini tashkil qilish. Hujjatlar to‘plami. – T.: A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubx onasi nashriyoti, 2007.
B. O. Mannonov, Y. O. Mannonov. Madaniy-ma’rifiy ishda texnika vositalaridan foydalanish. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: TuronIqbol, 2006.
B. O. Mannonov. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda texnika vositalaridan foydalanish. O‘quv qo‘llanma. – T., 2002.
X. Akbarov. Kino-tele rejissura, montaj. O‘quv qo‘llanma. – T.: Ilm-Ziyo, 2007.
V. L. Braydo. Ofis texnikasi – boshqarish va ish yuritish uchun. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma – T.: Mehnat, 2001.
S. I. Rahmonqulova, F. Z. Roziyev. Vertual kutubxona. – T., 2000.
Dostları ilə paylaş: |