Mundarija: Kirish 4


-rasm. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish obyektlari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix16.10.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#118331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Shaxzoda Kurs ishi (2)

 
3-rasm. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish obyektlari 
 
Davlat ta’sir etadigan va tartiblaydigan obyektlarga ularning darajalari 
nuqtayi nazaridan quyidagilar kiradi: 
- umumxo‘jalik jarayonlari, ya’ni iqtisodiy sikl, pul muomalasi, ish bilan
bandlik, investitsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba, konstruktorlik ishlari (ITTKI), 
narxlar; 
- iqtisodiyotning yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish,
infrastmkturalar, moliya sohasi; 
- yirik xo‘jalik komplekslari sifatidagi hududlar.
Bulardan tashqari, davlat tartibga soladigan obyektga tashqi iqtisodiy
faoliyatni tartibga solish ham kiradi. Davlattashqi savdo sharoitlari, kapital
va ishchi kuchi harakati, valuta munosabatlari, xalqaro tashkilotlarda ishtirok


23 
etishni tartibga soladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish obyektiga
ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, ish beruvchilar bilan yollanma
ishlovchilar oVrtasidagi munosabatlar, kichik va o‘rta tadbirkorlik,
shuningdek, sotsial ta’minot sohalari ham kiradi. Iqtisodiyotga davlatning
aralashuvi va ta’sir etish predmeti uzoq muddatli istiqbolda milliy boylik va 
milliy mulkning o‘sishi, o£rta muddatda iqtisodiy sikl, qisqa muddatli davrda 
— xo‘jalik konyunkturasi hisoblanadi.
4-rasm. Iqtisodiyotga davlat aralashuvining predmetlari 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim unsurlaridan
biri kapital jamg‘arish hisoblanadi. Ma’lumki, foyda olishga intilish, uni 
o‘zlashtirish hamda kapitalga aylantirish bozor iqtisodiyotida xo‘jalik
yuritishning bosh maqsadi hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning
iqtisodiy siyosati jamg‘arishni rag‘batlantirishga qaratiladi. Bu esa xo‘jalik 
subyektlarining manfaatlariga mos keladi. Davlat boshqaruv organlari iqtisodiy 
sikl va iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalariga ta’sir etish uchun barcha investorlar va
ularning ayrim guruhlari uchun turli davrlarda qo‘shimcha imtiyozlar hamda
imko niyatlar yaratadi. Aholining ish bilan bandligini tartibga solish ishchi 
kuchiga bo‘lgan talab va taklif o'rtasida bozor iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan
normal nisbat va ularning muvozanatini qo'llab-quvvatlashni anglatadi. Bu
nisbat iqtisodiyotning malakali va intizomli ishlovchilarga bo‘lgan ehtiyojini


24 
qondirishi lozim. Ularning ish haqlari yetarli mehnat motivatsiyasini vujudga 
keltirishi kerak. Ammo ishchi kuchiga bo‘lgan talab bilan uning taklifi
o'rtasidagi nisbat ish haqining haddan tashqari о‘sib ketishiga olib kelmasligi 
kerak. Aks holda, bu hoi milliy raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir etadi.
Shuningdek, aholining ish bilan bandlik darajasi ham keskin pasayib ketishiga
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki buning oqibatida ishsizlar soni o‘sib, iste’mol
talabi va soliq tushumlari kamayib ketadi, davlat tomonidan nafaqalar uchun
xarajatlar o‘sadi. Eng yomoni, bu hoi ijtimoiy larzalaiga, xavfli ijtimoiy
oqibatlarga olib keladi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim obyektlaridan 
biri pul muomalasidir. Pul muomalasini tartibga solishning asosiy yo‘nalishi
inilatsiyaga qarshi kurash hisoblanadi. Pul muomalasini tartibga solish orqali 
davlat bilvosita jamg‘aiish sharoitlariga, narxlar va ijtimoiy munosabatlarga 
ta’sir etadi. 
To‘lov balansining holati va uning ijobiy saldosiga erishish ham davlatning
iqtisodiyotni tartibga solishiga bog‘liq. Shu boisdan bozor iqtisodiyotiga ega
bo‘lgan barcha mamlakatlarda davlat to‘lov balansini operativ va strategik
tartibga solish bilan shug'ullanadi. Bunda davlat eksport va importga, kapital
harakatiga, milliy valuta kursining ko‘tarilishi va tushishiga ta’sir etish hamda
savdo-shartnoma siyosati va xalqaro iqtisodiy integratsiyalar, tashkilotlarda
ishtirok etish orqali mamlakat to‘lov balansini tartibga soladi. Davlat narxlami
to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita tartibga soladi. Narxlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri
tartibga solishda u yoki bu tarmoq mahsulotlariga, ayniqsa, tabiiy monopoliya
mahsulotlariga yuqori narx chegarasini belgilaydi. Narxlami bilvosita tartibga 
solishda davlat ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar
hamda aksiz yig‘imlari orqali tartiblaydi. Bulardan tashqari, davlat xususiy
korxonalami ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga va ularning natijalarini
ishlab chiqarishga joriy etishga, tovarlami, kapitalni, to'plangan bilim va 


25 
tajribalarni chetga eksport qilishga rag'batlantiradi. Iqtisodiy jarayonlami tartibga 
solishda davlat jahon amaliyotida to‘plangan chora-tadbirlar, ya’ni quyidagi
dastaklardan foydalanadi: 
- iqtisodiy prognozlashtirish, ya’ni iqtisodiyot va uning tarkibiy sohalarining
istiqboldagi ahvolini, holatini oldindan ko‘ra bilish, ularning istiqbolini 
belgilash; 
- mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining indikativ rejasini tuzish
- davlat organlari bo‘yicha manzilli rejalami ishlab chiqish va amalga oshirish; 
- xo‘jalik obyektlariga bilvosita, ya’ni iqtisodiy dastaklar orqali ta’sir etish 
dastak(richag)larini qo'llash; 
- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etish 
bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish
.Davlat
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda ma’lum
hujjatlar ishlab chiqadi. Ularning asosini iqtisodiy prognozlar tashkil etadi.
Iqtisodiy prognozlar mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish maqsadlarini belgilash,
uni amalga oshirish strategiyasini va taktikasini ishlab chiqish hamda indikativ
rejalar tuzishning asosi hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartiblashning muhim
hujjatlaridan biri iqtisodiy rivojlanishni dasturlashdir.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin